Brend nomlari. Reklama ko`proq firmalarning brend savdo markalari bilan bog`liq yangi Brend maxsulotlarini reklama qilish uchun yordam beradi. Ko`p bozorlarda, firmalarning ikkta turi shakllangan. Ba’zi firmalar o`zining umumiy tan olingan maxsulotlarini sotishadi, boshqa firmalar esa oddiy yo`l orqali sotishadi. Misol uchun, odatiy aptekada siz Bayer firmasining aspirini va oddiy taniqli bo`lmagan aspirinni peshtaxtadan topa olasiz. Oziq-ovqat do`konidan, siz Pepsi ichimigi va oilalarga yetarli miqdordagi boshqa ichimliklarini topa olasiz. Odatda firma o`zining belgilangan maxsulotlarini reklama qilishga ko`p pul sarflaydi va o`zining maxsulotlarini baland narxda baholaydi.
Brend savdo markalariga nisbatan tanqidchilarimizning fikrlari bir hil emas.Tanqidchi va tarafdorlarning savdo markalariga nisbatan qarashlarini ko`rib chiqaylik.
Tanqidchilar uqtiradilarki, tovarda taniqli savdo markasi mavjudligi iste’moichilarda bu tovarni boshqasiga qaraganda farqi mavjud degan hisni uyg`otadi. Aslida esa farqi katta emas. Ko`pincha holatlarda oddiy tovar brend tovardan farq qilmaydi.Brend maxsulot uchun xaridorning ko`proq to`lashga roziligi – reklamaning ta’siridir deb uqtiradilar tanqidchilar. Iqtisodchi Edvard Chemberlin, Monopolistic raqobat nazariyasi asoschilaridan biri xukumat savdo markasini yoq qilish va ularning egalaridan brend xuquqini olish lozim deb hisoblaydi. Qator iqtisodchilar savdo markasi iste’molchini sotib olayotgan tovarlarini sifati yuqori darajada ekanligiga kafolat beradi deb hisoblashadi. Bu fikrni asoslashda ikki bir-biriga bog`liq bolgan sabab bor. Birinchidan, brend savdo markalari iste’molchilarni shu tovarni oldindan baxolashga qiynalayotganlarida, ularni tovarsifati haqidagi ma’lumot bilan ta’minlaydi. Ikkinchidan, savdo markalari firmalarni tovar sifatini yuqori darajada ushlab turishga undaydi.
MakDonalds deb nomlangan taniqli savdo belgisini esga olaylik. Faraz qiling begona katta shaxarda biror narsa yeb olmoqchisiz, ro`parangizda MakDonalds restorani va notanish bir restoran turibdi. Siz qaysinisiga kirgan bo`lardingiz?
Balki siz shaxarchaning kichkinagina restoranida arzon narxlarda ovqatlanmoqchidursiz. Lekin buning uchun qarshingizda MakDonaldsning sizga tanish bolgan maxsulotlari. Shunday qilib, savdo belgisi iste’molchilarga tanlovning sifati xaqida ma’lumot berib turadi.
MakDonalds savdo markalari kompaniyaning maxsulotlari sifatini doimo oshirib borishiga maanfaatdorligiga kafolat beradi. Maxsulot va taom sifati to`g`risidagi salbiy ma’lumot kompaniya uchun o`lim bilan barobar. Chunki bu narsa kompaniyani bir necha yillardan beri orttirgan obro`siga putur yetkazishi mumkin. Bunda nafaqat kamchiligi topilgafi bo`limda, balki mamlakat bo`ylab barcha korxonalarida ishlab chiqarish hajmi kamayadi.
Shunday qilib,savdo markalari haqidagi tortishuvlarda brend maxsulotlariga ko`proq avzallik berilishi aniqlandi. Tanqid qiluvchilarning fikrlariga ko`ra savdo markalari iste’molchilarning reklamaga bo`lgan munosabatlari natijasidir. Savdo markalari tarafdorlari uqtiradilarki, iste’molchilar brend maxsulotlariga yuqori narxlarda haq tolashi uchun barcha asoslar bor,chunki ular barcha sifat talablariga javob beradi.