Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet133/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Tayanch so`z va iboralar: Monopolistik raqobat Oligopoliya

Nazorat savollari


    1. Monopolistik raqobatning 3 ta xarakterli belgisini aytib bering? Monopolistik raqobat nimasi bilan Monopoliyaga o`xshaydi? Mukammal raqobatga o`xshash tomonlarini ko`rsating.

    2. Monopolistik raqobat saharoitida firma foyda olish grafigini chizing. Yangi firmalar tarmoqqa kirayotganida bu firmalarda qanday jarayonlar sodir bo`ladi?

    3. Monopolistik raqobat bozoridagi uzoq muddatli muvozanat grafigini chizing. Tovarning narxi va o`rtaca umumiy harajatlar qanday bog`liklarga ega?

    4. Monopolistik raqobat firmasining ishlab chiqarish darajasi bilan ishlab chiqarishning samarali darajasi o`rtasida qanday mutanosibliklar bor?

    5. Reklama iqtisodiy samaradorlikka qanlay ta’sir qiladi?

    6. Aniq ma’lumotni o`zida mujassamkashtirmgan firma iste’molchi tanloviga qanday ta’sir qiladi?

    7. Brend tovarlarining egasi oladigan qanday afzalliklar bor?
  1. BOB. OLIGOPOLIYA SHAROITIDA FIRMALAR FAOLIYATI


Biz ko`rib chiqayottan bozor tuzilmasining ikkinchi shakli Oligopoliyadir. Oligopol bozorda faqat bir nechta firma o`zaro raqobatlashadi va bu bozorga yangi firmalarning kirib kelishi qiyin bo`ladi. Firmalar chiqaradigan tovar tabaqalashgan bo`li shi ham (masalan, avtomobillar), tabaqalashmagan ham (masalan, po`lat) bo`lishi mumkin. Sanoatning Oligopol tarmoqlari da Monopol hokimiyat va Monopol foyda qisman bo`lsada fir malarning o`zaro munosabatlariga bog`liq bo`ladi. Masalan, agar firmalar munosabati raqobatga emas, balki hamkorlikka mo yil bo`lsa, ular narxlarni chegarali harajatlardan ancha yuqori belgilab katta foyda ko`radilar.
Ayrim Oligopol tarmoqlarda firmalar hamkorlik qilsalar, boshqalarida esa raqobat foydaning pasayishiga olib kelishiga qaramay firmalar o`zaro tajovuzkorona raqobatla shadilar. Nima uchun shunday bo`lishini bilish uchun biz oli goAhmad firmalar ishlab chiqarish hajmini aniqlash va narx belgilashda qanday qarorga kelishlarini ko`rib chiqamiz. Har bir firma bir qarorga kelganda, o`zining raqobatchilari bun ga qanday javob berishi mumkinligini o`ylab ko`rishi lozim. Binobarin biz Oligopol bozorni o`rganish uchun firma stra tegiyasining bir qator asosiy tamoyillarini ko`rib chiqishimiz kerak.
Bozor tuzilmasining uchinchi shakli karteldir. Kartel lashtirilgan bozorda ayrim yoki barcha firmalar ochiqoydin til biriktirishadi, ya’ni ular birgalikda ko`radigan foydasi ni maksimumlashtirish uchun o`zlari belgilagan narxlarni va ishlab chiqarish hajmini o`zaro muvofiqlashtiradilar. Kartellar OPEK va xalqaro boksitlar karteli singari ilgari raqobatli bo`lgan bozorlarda paydo bo`ladilar.
Bir qarashda kartellar sof Monopoliyadek tuyuladi. Kartelga qo`shilgan firmalar bitga kompaniyaning tarkibiy qismlari sifatida amal qilgandek ko`rinadi. Ammo kartel Monopoliyadan o`zining ikki jihati bilan farqlanadi. Birinchidan kartellar bozorni kamdan kam nazorat qiladi, ular o`zi yuritayotgan narx siyosati kartellashmagan korxonalardagi ishlab chiqarish hajmiga qanday ta’sir etishini hisobga olishlari kerak.
Ikkinchidan, kartel a’zolari (ishtirokchilari) bitta katga kompaniyaning tarkibiy qismi hisoblanmaydi, ularda narx larni pasaytirish va bozorni qo`lga olshi yo`li bilan o`z partnyorlarini (sheriklarini) aldab, ularni dog`da qoldirishga qiziqish paydo bo`lishi mumkin. Natijada ko`pchilik kartellar beqarorlikka moyil bo`ladi va muvaqqat bozor tuzilmasini hosil etadi.23
Agar siz mobil aloqa kompaniyalari xizmatlaridan foydalanmoqchi bo`lsangiz, ehtimol siz beshta savdo markasidan: Uzmobile, Ucell, Beeline, UMS yoki Perfectum Mobiledan birining xizmatini tanlaysiz. Bu kompaniyalar O`zbekistonda ko`rsatiladigan deyarli barcha mobil aloqa xizmatlarini aholiga taqdim etadilar. Bu firmalar birgalikda ko`rsatilgan xizmatlar miqdorini aniqlaydi va xizmatlar sotiladigan narxini rasmlantiruvchi bozor talabi egri chizig`ini beradi.
Mobil aloqa xizmatlari uchun bozor Oligopoliyaga bir misol bo`la oladi. Bu Oligopolistik bozorning asosiy mohiyati bunda faqat bir nechta sotuvchilarning bo`lishidadir. Natijada bozordagi istagan sotuvchi boshqa hamma sotuvchilarning foydasiga katta ta’sir ko`rsatishi mumkin. Oligopolistik firmalar o`zaro bir biri bilan bog`lanib turadi, biroq raqobatdosh firmalar bunday emas. Bu bobdagi bizning asosiy maqsadimiz firmalarni qay darajada o`zaro bog`liqligini va davlat siyosati darajasida qanday muammolarni kuchaytirishini ko`rib chiqishdan iboratdir.
Oligopoliyaning tahlili o`yinlar nazariyasini tanishtirishga qulayliklarni va odamlar strategik holatlarda o`zlarini qanday tutishlarini o`rganishni taklif etadi. Biz qachonki harakatlarni muqobil rivojlanishini tanlaganimizda “strategik” jihatidan odamlardagi vaziyatni anglaymiz va u qilgan harakatiga qanday javob berishi kerakligini o`ylashimiz kerak. Strategiya faqatgina shashkada, shaxmatda ahamiyatga ega emas, biroq ko`plab biznes qarorlarida ahamiyatga egadir. Chunki, Oligopolistik bozor faqat kam sonli firmalarga ega, va har bir firma strategiya asosida harakatlanishi kerak. Har bir firma uning foydasi faqat uning qancha ishlab chiqarishiga emas, balki yana boshqa firmalarning ham qanchalik ko`p ishlab chiqarishiga bog`liqligini biladi. Uning ishlab chiqarishga qaror qilishi,


23 N. Gregory Mankiw Principles of Microeconomics, 7e
Oligopoliyadagi har bir firma qarori qanchalik boshqa hamma firmalarning ishlab chiqarish qarorlariga ta’sir qilishi haqida o`ylab ko`rishi kerak.
O`yinlarlar nazariyasi raqobatdosh yoki Monopoliya bozorini tushunish uchun ahamiyatli emas. Bozorda butunlay raqobat yoki Monopolistik raqobat bo`lishi mumkin, har bir firma boshqa ahamiyatli bo`lmagan firmalar bilan taqqoslaganda bozorga kichik o`zaro strategik ta’sirga ega. Monopoliyaga aylantirilgan bozorda strategik jihatdan o`zaro bo`gliqliklar yo`q, sababi bozorda faqat bir firma bor. Biroq biz ko`rganimizdek, o`yinlar nazariyasi Oligopoliyani tushunishga va o`yinlarchilarning boshqa biri bilan ta’sir ko`rsatishining kichik sonidagi ko`p boshqa vaziyatlarni tushunish uchun ancha foydalidir. O`yinlar nazariyasi odamlarni tanlagan strategiyalarini tushunishga yordam beradi.

    1. Download 4,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish