Aralash dars quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: tashkiliy qism.
Ushbu qismda yo’qlama qilinadi, o’quvchilarni darsga tayyorgarligi ya’ni
o’quv qurollari bor yo’qligi
aniqlanadi; uyga berilgan vazifa tekshiriladi;
yangi darsni maqsad va vazifalari tushuntiriladi, oldingi dars bilan yangi
mavzu o’rtasida bog’liqlik
aniqlanadi va tushuntiriladi; yangi mavzu
o’rganiladi va umumlashtiriladi; olingan bilimlar mustahkamlanadi va
darsda o’quvchilar
faoliyati tekshiriladi; uyga vazifa beriladi va uni
bajarish bo’yicha ko’rsatmalar beriladi. ( I.V. Dushina, 1985).
Aralash darsning har bir tarkibiy qismidagi maqsadlarini amalga
oshirish uchun alohida o’ziga xos metodlar tanlanadi, o’qituvchi va o’quv-
chilar birgalikda faoliyatini shakillari ishlab chiqiladi. Ammo shuni ham
aytish mumkinki aralash darsni muntazam ravishda bir xil qolipda o’tishi
o’quvchilarni darsga qiziquvchanligini va diqqatini
pasaytirib yuboradi
hamda ularni zeriktirib qo’yadi. Shuning uchun aralash darsni tarkibini,
metodlari va faoliyat shakillarini tez-tez almashtirib turish lozim bo’ladi.
Aralash dars quyidagi hollarda o’tkaziladi: yirik, ko’p soatlarga
mo’ljallangan mavzularni o’rganishda; o’tkaziladigan mavzu oldin o’tilgan
dars mazmuni bilan bog’langan bo’lsa.
Agar aralash dars mavzusi oldingi o’tilgan dars bilan bog’langan
bo’lsa, darsni o’quvchilar o’tgan darsdla o’zlashtirilgan bilimlarni tekshi-
rish va baxolashdan boshlanadi. Bunday hollarda uyga vazifa yangi mav-
zuni o’tishdan oldin yoki o’zlashttirilgan
bilimlarni mustahkamlashdan
oldin beriladi. Uyga vazifa berilganda uni bajarish bo’yicha metodik ko’r-
satmalar aniq va tushunarli bo’lishi lozim.
Aralash darsda berilgan materialni mustahkamlashda o’quvchilar o’z-
lashtirishi lozim bo’lgan eng muhim bilim va ko’nikmalar ajratilmog’i
lozim.
Masalan, 5-sinf darsligidagi Olam va Yer bo’limini o’rganayotganda
koinot, yulduzlar, gallaktika, quyosh, quyosh tizimi, sayyoralar, yo’ldosh-
lar, meteoritlar tushunchalarini yaxshi o’zlashtirilishiga katta e’tibor
beriladi.
Xozirgi paytda geografiya ta’limi mazmunida nazariy bilimlar
miqyosini ortib borishini hisobga olib bilimlarni mustahkamlashni yangi
mavzuni tushuntirayotganda amalga oshirish mumkin. masalan, tog’
jinslari mavzusini o’tishda magmatik, cho’kindi va metmorfik tog’ jinsla-
rini xosil bo’lishi va tarqalishini tushuntirish
davomida mazkur bilim va
ko’nikmalarni birdaniga mustahkamlab va umumlashtirib ketish mumkin.
Bunda o’quv materiali ma’lum bir mantiqiy qismlarga bo’linadi va har
bir mantiqiy qism bo’yicha bilim, ko’nikmalar mustahkamlanadi va
umumlashtiriladi. Masalan, magmatik tog’ jinslarini tushuntirgandan
so’ng olingan bilimlarni birdaniga mustahkamlab ketish mumkin. Bunda
magmatik tog’ jinslarini xosil bo’lishi, turlari (intruziv, effuziv)
va ularni
xosaalariga urg’u beriladi.
Demak, aralash darsni tarkibiy qismlari qotib qolgan narsa emas, uni
doimo o’zgartirib turish lozim bo’ladi. Ba’zi xollarda avval yangi mavzuni
o’tib, so’ngra uyga berilgan vazifani tekshirish mumkin, ayrim hollarda
darsni uyga vazifa berish bilan ham boshlash mumkin.
Aralash darsni 5-sinfda ‚Plan va karta‛, ‚Er qobiqlari‛, 6-sinfda xar bir
materik va okeanni tabiiy sharoitini, 9-sinfda materiklar yoki ayrim minta-
qalar iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o’tishda qo’llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: