16. Geografiya darslari qanday qismlardan tuzilgan?
17. Geografiya darslarini rejalashtirishni qanday turlarini bilasiz?
18. O’qituvchi darsga tayyorlanishida nimalarga e’tibor berishi lozim?
15-BOB. GEOGRAFIYA DARSI TURLARI
Geografiya darslari ta’limni tashkil qilishning eng asosiy turlardan
hisoblanadi. Geografiya darslari didaktik maqsadlarga ko’ra quyidagi
turlarga bo’linadi:
kirish darsi; yangi mavzuni o’rganish darsi; aralash
dars; ma’ruza darsi; takrarlash darsi.
15.1. Kirish darsi.
Kirish darsi umumta’lim maktablarida geografiya predmetlarini va
yirik mavzularni o’rganishda yo’llanma vazifasini o’taydi.
Kirish darsining asosiy maqsadi ma’lum bir kurs va mavzu bo’yicha
bilim va ko’nikmalar berishdir. Kirish darsi quyidagi qismlardan iborat:
o’quv yilini boshida o’tkaziladigan kirish darslari; yirik mavzularni o’rga-
nishdan olidin tashkil
qilinadigan kirish darslari; chorak boshlanishida
o’tkaziladigan kirish darslari.
O’quv yilining boshida birinchi darsda o’qituvchi quyidagi ishlarni
bajaradi:
- darslik va uning mualliflari bilan tanishtirish;
- darslikni tuzilishi bilan tanishtirish (qismlar, boblar, ilovalar, rasmlar,
jadvallar);
- darslikdan foydalanish tartibi bilan tanishtirish.
Toza tutish
yirtmaslik, chizmaslik, yozmaslik va h.k.
Yirik bo’limlarni o’rganishda ham kirish darslaridan foydalanish
mumkin. ‚Boshlang’ich tabiiy geografiya‛ (5-sinf) kursida Yer qobiqlari
bo’limini o’rganishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin. Unda
quyidagii xolatlarga e’tibor bermoq lozim:
- geografik qobiqni qatlamsimon bo’lib
tuzilganligi, ya’ni litosfera,
gidrosfera, atmosfera va biosferalardan iborat ekanligi;
- har bir qobiq alohida moddalardan tuzilganligi, ya’ni litosfera qattiq
moddalardan, gidrosfera suyuq modalardan (suv), atmosfera gazsimon
moddalardan, biosfera esa tirik moddalardan
iborat ekanligi xaqida
bilimlar shakllantiriladi. Shundan so’ng o’quvchilar ongida Yer qobiqlari
haqida tushunchalar shakllanadi va umumiy tasavvurlar xosil bo’ladi.
Iqtisodiy geografiya darslarida xam xuddi shunday kirish darslarini
tashkil qilish mumkin. Masalan, ‚Jaxon iqtisodiy va ijtimoiy georafiyasi‛
kursida jaxon xo’jaligini o’tishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin:
unda quyidagi holatlarga o’quvchilar diqqati qaratiladi:
- jahon xo’jaligi haqida tushuncha beriladi;
- jahon xo’jaligining tarkibiy qismlari chizib ko’rsatiladi (4-rasm);
Sanoat
Qishloq
xo’jaligi
Transporti
Xalqaro
iqtisodiy
aloqalar
4-rasm.
Jaxon xo’jaligi tarkibiy qismlari.
- shundan so’ng sonoat, qishloq xo’jaligi, transport va xalqaro iqtisodiy
aloqalarni tuzilishi alohida tushuntriladi. Masalan, transport tarmog’i
quyidagi qismlarga bo’linadi: quruqlik, suv, havo, quvur, elektron.
Bundan tashqri kirish darslarida quyidagi
maqsadlar ham amalga
oshiriladi; bo’lajak o’quv ishlari uchun o’quvchilar pisixalogik jixatdan
tayyorlanadi; o’quvchilarga geografiya fani va geografik bilimlariga
nisbatan qiziqish uyg’otiladi.
Kirish darsida bitta mavzu o’rganilganligi
uchun unda darsni barcha
elementlari mavjud emas. Unda tashkiliy qism, yangi bilimlarni o’rganish,
ayrim xollarda vaqt yetarli bo’lsa bilimlarni mustahkamlash va uyga vazifa
berish amalga oshiriladi. Ko’p hollarda kirish darsida asosan yangi
material o’tiladi, uyga vazifa berilmasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: