4. Aralash darsning maqsadi nimalardan iborat?
5. Yangi mavzuni o’rganish darsi qanday sharoitda o’tkazidadi?
6. Darsning asosiy turlari chizmasini chizing.
7. Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi
qanday tarkibiy qismlardan
iborat?
8. Qaysi dars turi juda kam qo’llaniladi?
16-BOB. O’QUV SAYOHATLARI
16.1. O’quv sayohatlarini maqsadi va vazifalari.
O’quv sayohatlari umum ta’lim maktablari ta’limiy–tarbiyaviy
ishlarida katta o’rin tutadi.
O’quv sayohatlarida yil davomida olingan bilimlar mustahkamlanadi
va tabiatda va ishlab chiqarishda mustaqil tadqiqotlar olib borish
ko’nikmalari shakllantiriladi.
O’quv sayohatlari maktablarda bahorda va kuzda o’tkaziladi.
Ularning
asosiy qismi tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga
uyushtiriladi.
O’quv sayohatlarining maqsadi maktabda olingan geografik bilim va
ko’nikmalarni yanada mustahkamlash va maktabdan
va sinfdan tashqari
ishlarda kuzatishlar olib borish ko’nikmalarini shakllantirishdir.
Mazkur maqsadlardan kelib chiqqan holda o’quv sayohatlarning
asosiy vazifalari quydagilardan iborat:
1. Joyda reja olish va kartalar bilan ishlash bo’yicha olingan bilimlarni
yanada chuqurlashtirish va dala, ya’ni tabiiy
sharoitda topografik va
kartografik ishlarini olib borish ko’nikmalarini shakllantirish.
2. Astranomik bilimlarni yanada chuqurlashtirish va osmon jismlari
oy, sayyoralar va yulduzlarni (katta va kichik ayiq, qutb yulduzlarini)
aniqlash va ularga qarab mo’ljal olish ko’nikmalarini shakllantirish;
3.Joyning relefini o’rganish va relef to’g’risidagi bilimlar va ko’nik-
malarni yanada chuqurlashtirish xamda
dalada mustaqil ravishda
relefning asosiy turlarini o’rganish ko’nikmalari shakillantirilishi. Bundan
tashqari relef hosil qiluvchi omillarni ham o’rganish usullari bilan
tanishtiradi.
4. Joyning geologik tuzilishini o’rganish metodikasi bilan tanishtirish.
5. Ob-xavoni kuzatish vva suv havzalarini o’rganish ko’nikmalarini
shakillantirish. O’quvchilar ob-havo turlarini aniqlay olishlari lozim.
6. Joyning tuproq qoplamini o’rganish
va asosiy tuproq turlarini
aniqlash ko’nikmalarini shakillantirish
7. Joyning o’simlik qoplamini o’rganish usuli bilan tanishtirish. O’sim-
liklarni qavatlarga (yaruslarga) bo’lib o’rganish ko’nikmasini shakillan-
tirish.
8. Hayvonot dunyosini o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish.
9. Landshaftlarni ajratish ko’nikmalarini shakllantirish.
10. Korxonani o’rganish ko’nikmasini shakllantirish.
Demak, mazkur vazifani bajarish davomida o’quvchilarning olgan
geografik bilimlari va ko’nikmalari
yanada chuqurlashadi, ularda tabiatni
va tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish va kuzatish tajribalariga va
ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Bu esa keyingi
sinflardagi geografik
bilimlarni o’zlashtirishda juda katta zamin yaratadi.
O’quv sayohatlari tabiiy geografiya kurslari (V-VII sinflar) bo’yicha 4-
marta uyushtiriladi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursi bo’yicha 1-marta
ishlab chiqarish korxonasiga uyushtiriladi.
O’quv sayohatlari quyidagi turlarga bo’linadi:
- tabiiy geografik o’quv sayohatlari;
- iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv sayohatlari;
- o’lkashunoslik o’quv sayohatlari;
- maxsus o’quv sayohatlari (geografik, biogeografik, meteorologik va
h.k).
O’quv sayohatlari turi va o’tkazilish joyini geografiya o’qituvchisi
tanlaydi.
Tabiiy geografik o’quv sayohatlarining asosiy maqsadi o’quvchilarni
maktabda olgan bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlashdir.
Iqtisodiy geografik o’quv sayohatlari davomida o’quvchilar
ishlab
chiqarish jarayonini o’rganishadi va sanoat geografiyasi xaqida bilim va
ko’nikmalari kengaytiriladi.
O’lkashunoslik bo’yicha o’quv sayohatlari davomida o’quvchilar
o’lkani tabiati, boyliklari, xo’jaligi, madaniy-tarixiy
yodgorliklarini
o’rganishadi va tegishli ma’lumotlar yig’iladi.
Maxsus geografik sayohatlar o’qituvchini dasturiga binoan olib
boriladi. Ular ko’pincha joyning geologik sharoitini va foydali qazilma-
larini, tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosini yoki ko’nikmalarini
o’rganishga bag’ishlangan bo’ladi.