7.4. Litsenziatga ta’qiqlanadi:
7.4.1. Litsenziar ruxsatisiz boshqa Litsenziatlarning hisob ma’lumotlarini va/yoki Ijtimoiy tarmoqdagi boshqa ma’lumotlarni to‘plashi;
7.4.2. Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan ma’lumotlarni to‘plash uchun avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanishi;
7.4.3. ijtimoiy, irqiy, milliy yoki diniy parokandalik va kelishmovchilikni keltirib chiqaruvchi targ‘ibot yoki tashviqotni, urush, ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy yoki til ustunlikni targ‘ibot qilishi, qonunda tarqatish ta’qiqlab qo‘yilgan boshqa ma’lumotlarni tarqatishi;
7.4.4. agar Litsenziat amaldagi qonunga ko‘ra yetarli huquqqa yoki bu ma’lumotni oshkor qilish uchun kelishuvga ega bo‘lmasa, kirish imkoniyati cheklab qo‘yilgan (maxfiy) ma’lumotlarni Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishi yoki Shaxsiy xabarlar orqali uchinchi tomonga yetkazishi;
7.4.5. Litsenziar, Litsenziat va mualliflik hamda boshqa huquqlar obyekti hisoblangan boshqa uchinchi tomon Kontentini ularning roziligisiz to‘liq yoki qisman Ijtimoiy tarmoqda joylashtirish, yaratish, qayta ishlash, tarqatish, e’lon qilish, ommaga namoyish qilish, uzatish, sotish yoki boshqa usulda foydalanish, ushbu Shartnoma, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida (amaldagi qonun) belgilangan holatlar, shuningdek, mualliflik huquqi egasi o‘z Kontentining istalgan foydalanuvchi tomonidan ishlatilishiga aniq tarzda ruxsat bergan holatlar bundan mustasno. Ijtimoiy tarmoqqa musiqa, video yoki boshqa Kontentni yuklash, shuningdek, Ijtimoiy tarmoqqa Kontentni boshqa usulda joylashtirish orqali Litsenziat buning uchun zarur bo‘lgan barcha huquqlarga, jumladan, ommaga namoyish qilish huquqiga, ya’ni bunday joylashtirish mualliflik huquqi egalari va uchinchi tomonning huquqlarini buzmasligini va buning uchun mualliflik huquqi egalaridan hamda uchinchi tomondan tegishli rozilik olinganligini tasdiqlaydi. Agar Litsenziat Ijtimoiy tarmoqda Kontentni joylashtirish uchun zarur bo‘lgan huquq va/yoki mualliflik huquqi egasi roziligiga ega bo‘lmasa, unga kontentni joylashtirish ta’qiqlanadi;
7.4.6. boshqa Litsenziatlar yoki shaxslar uchun haqoratli hisoblangan yoki shunday baholanishi mumkin bo‘lgan materiallar, shuningdek, qo‘rqitish, zo‘ravonlikka undash, noqonuniy harakatlarni bajarish, jamiyatga qarshi, ahloqsiz ishlarni bajarishga, shuningdek, odob-ahloq qoidalariga zid bo‘lgan harakatlarni bajarishga undovchi hamda Litsenziat va boshqa shaxslarni kamsitishi mumkin bo‘lgan tasvir va boshqa materiallarni Ijtimoiy tarmoqqa ochiq tarzda joylashtirish (forumda, sharhlar va/yoki statuslarda) yoki Shaxsiy xabarlar orqali matnli xabarda, grafik tasvirda uzatish;
7.4.7. joylashtirilishi fuqaro yoki tashkilot obro‘-e’tiboriga zarar yetkazadigan yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan xabarlar, grafik tasvirlar yoki boshqa materiallarni (shuningdek, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan) Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish;
7.4.8. haqoratli so‘z va jumlalarga ega bo‘lgan xabarlarni Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish;
7.4.9. Ijtimoiy tarmoqqa erotik va pornografik xarakterdagi materiallarni yoki shunday materiallarga ega bo‘lgan Internet saytiga gipermatnli havolalarni joylashtirish;
7.4.10. Ijtimoiy tarmoqqa o‘z joniga qasd qilishga undovchi, o‘z joniga qasd qilish usullari va uni amalga oshirishga yordam beruvchi maslahatlarga ega ma’lumotlarni joylashtirish;
7.4.11. Ijtimoiy tarmoqda okkultizm tematikasidagi va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish (jodu, fol ochish, satanizm, issiq-sovuq qilish, afsun, sehrgarlik, marosimlar, astrologiya, munajjimlar bashorati va boshqalar);
7.4.12. Ijtimoiy tarmoqqa narkotik va psixotropik moddalar haqidagi reklama va boshqa ma’lumotlarni, jumladan, narkotik moddalarini tarqatish, ularni tayyorlash usuli va iste’mol qilish bo‘yicha maslahatlarni, shuningdek, esktremistik yo‘nalishdagi ma’lumotlarni joylashtirish;
7.4.13. Ijtimoiy tarmoqqa voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini cheklovchi ma’lumotlarni joylashtirish;
7.4.14. Ijtimoiy tarmoqqa noqonuniy xarakterdagi har qanday ma’lumotlarni joylashtirish;
7.4.15. Ijtimoiy tarmoqqa boshqa Litsenziat yoki shaxslarning roziligisiz ularning shaxsiy ma’lumotlarini, shuningdek, kontakt ma’lumotlarini joylashtirish;
7.4.16. Akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida yoki keyinroq yolg‘on ma’lumotlarni yoki boshqalarning ma’lumotlarini kiritish;
7.4.17. Ijtimoiy tarmoqqa boshqalarning roziligisiz ularning yoki o‘ylab topilgan personajlarning fotosuratlarini, shuningdek, mualliflik huquqi egalari (mualliflar) roziligisiz hayvon, predmet tasvirlarini, abstrakt tasvirlarni, shuningdek, Litsenziat tasviri hisoblanmagan boshqa grafik tasvirlarni joylashtirish;
7.4.18. Litsenziat Akkauntini bir guruh shaxslar yoki tashkilot tomonidan foydalanish maqsadida ro‘yxatdan o‘tkazish, Akkaunt Ijtimoiy tarmoq guruhlarida, Litsenziar bilan kelishilgan holda, target.mail.ru yoki shunga o‘xshash reklama tizimlari yordamida faqat reklama materiallari va boshqa matnli xabarlarni joylashtirish maqsadida ro‘yxatdan o‘tkazilgan holatlar bundan mustasno;
7.4.19. bitta shaxs uchun bittadan ortiq Litsenziat Akkauntini ro‘yxatdan o‘tkazish;
7.4.20. Ijtimoiy tarmoq faoliyatini nostabillashtirishga yo‘naltirilgan harakatlarni bajarish, Ijtimoiy tarmoq yoki uning yopiq bo‘limlari (shuningdek, kirish huquqi faqat Litsenziarga berilgan bo‘limlar) boshqaruvini ruxsatsiz qo‘lga kiritishga urinishni amalga oshirish, shuningdek, boshqa shunga o‘xshash harakatlarni amalga oshirish;
7.4.21. parolni o‘g‘irlash yoki topishga urinish orqali boshqa Litsenziatlarning Akkauntlariga ruxsat kirishni amalga oshirish, shuningdek, shunday kirishga urinishni bajarish;
7.4.22. spam tarqatishni amalga oshirish — Shaxsiy xabarlarda, sharhlarda, forumdagi xabarlarda, Litsenziatning Shaxsiy sahifalarida tijoratga oid, siyosiy, reklama va boshqa ma’lumotlarni (shuningdek, shunday ma’lumotga va/yoki zararli dasturlarga ega Internet saytlariga olib boruvchi giperhavolalarni) ommaviy tarqatish yoki oluvchi Litsenziat tomonidan bunday ma’lumotlarni olish uchun o‘z roziligini bermagan holatlarda bunday turdagi ma’lumotni tarqatish uchun boshqa harakatlarni amalga oshirish;
7.4.23. Ijtimoiy tarmoqdan qarzdorlarni qidirish yoki boshqa shunga o‘xshash maqsadlarda foydalanish;
7.4.24. Ijtimoiy tarmoqda, shuningdek, uning guruhlarida tamaki va tamaki mahsulotlarini, dori-darmonlarni, narkotik moddalarni, kuchli va kuchsiz alkogol ichimliklarini ommalashtirish, reklama qilish va yuritish imkonini beruvchi ma’lumotlarni tarqatish;
7.4.25. Ijtimoiy tarmoqqa Litsenziar fikriga ko‘rsa Ijtimoiy tarmoq siyosati va yaratilish maqsadiga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa ma’lumotlarni joylashtirish.
7.4.26. Ijtimoiy tarmoq funksiyasidan Ijtimoiy tarmoq buyruq, ssenariy va/yoki ilovalariga o‘zgartirish kiritadigan dasturiy vositalarni qo‘llash yo‘li bilan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |