6. Litsenziar huquq va majburiyatlari
6.1. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqning joriy boshqaruvini olib boradi, uning tuzilishi, tashqi ko‘rinishini aniqlashtiradi, mazkur Shartnoma shartlari buzilganda, Litsenziatlarning Ijtimoiy tarmoqqa kirishini cheklaydi yoki ruxsat beradi, o‘ziga tegishli bo‘lgan boshqa huquqlarni amalga oshiradi. Litsenziat Litsenziarning Ijtimoiy tarmoq doirasida joylashtirilgan Kontent ko‘rsatilishini ta’minlovchi, shuningdek, reklamani ko‘rsatish maqsadida dasturiy vositalarning (audio/video-pleyer) funksional va texnik imkoniyatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lishiga rozilik beradi.
6.2. Litsenziatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini taqdim etishda, jumladan, Litsenziatlarga u yoki bu harakatni Ijtimoiy tarmoq doirasida mustaqil ravishda amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishda, Litsenziar Ijtimoiy tarmoq yordamida bunday o‘zaro aloqaning texnologik imkoniyatini tadim etgan tomon sifatida ishtirok etadi. Litsenziatlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumot, grafik tasvirlar va boshqa materiallarni Internet tarmog‘i va Ijtimoiy tarmoq dasturiy ta’minoti orqali uzatish, saqlash va ularga kirish imkoniyatini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zaro aloqa bunday materiallarni o‘zgartirmasdan yoki Litsenziar tomonidan ularning tarkibiga ta’sir ko‘rsatmasdan amalga oshiriladi.
6.3. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqqa reklama joylashtirish tartibi, hamkorlik dasturlarida ishtirok etish va boshqa masalalarni mustaqil ravishda hal qiladi.
6.4. Litsenziar huquqlari:
6.4.1. istalgan vaqtda Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchi interfeysi va bezatilishini, uning tarkibini, Ijtimoiy tarmoqning taqdim etilgan funksiyalari tarkibini istalgan vaqtda o‘zgartirish, ishlatiladigan ssenariy, dasturiy ta’minot, Litsenziar Kontenti va Ijtimoiy tarmoqda ishlatiladigan yoki saqlanadigan boshqa obyektlar, istalgan Ilova va server ilovalarini Litsenziatga bildirishnoma yuborish yoki yubormasdan o‘zgartirish yoki to‘ldirish;
6.4.2. istalgan Kontentni, jumladan, Litsenziar fikriga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi qonunini (amaldagi qonunni), mazkur Shartnoma nizomini, boshqa Litsenziat yoki uchinchi tomon huquqlarini buzayotgan va/yoki buzishi, ularga zarar yetkazishi yoki zarar yetkazish va/yoki xavfsizlik tahdidini yaratishi mumkin bo‘lgan Kontentni sabab va ogohlantirishsiz o‘chirib tashlashi mumkin;
6.4.3. o‘z xohishiga qarab istalgan ma’lumotni (Litsenziatning Shaxsiy xabarlari, Litsenziat fotosuratlari, statusi, boshqa ma’lumot va materiallarni o‘z ichiga olgan holda), shuningdek, Rossiya Federatsiyasi qonunini (amaldagi qonunni) va/yoki mazkur Shartnoma shartlarini buzgan holda Litsenziat tomonidan Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan ma’lumotlarni o‘chirib tashlashi mumkin;
6.4.4. Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqning barcha yoki bir nechta bo‘limiga va/yoki Ijtimoiy tarmoq elementlari, shaxsiy sahifa, Ijtimoiy tarmoq uyushmalari, guruhlari, Ijtimoiy tarmoq funksiyalari, shuningdek, faollashtirilgan va faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlarga kirish imkoniyatini to‘xtatib turish, cheklash yoki to‘xtatish, Litsenziat tomonidan yaratilayotgan uyushma va guruhlarni istalgan vaqtdan sababini ko‘rsatmasdan o‘chirib tashlash, agar amaldagi qonunchilikda boshqa talablar belgilanmagan bo‘lsa;
6.4.5. o‘z xohishiga qarab, Litsenziat tomonidan Rossiya federatsiyasi qonunchiligini (amaldagi qonunni) yoki mazkur Shartnoma shartlari buzilishi holatlarida Litsenziat Akkauntini o‘chirib tashlash;
6.4.6. to‘lov evaziga Litsenziatga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan mazkur Shartnomada va Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limlari va/yoki Ijtimoiy tarmoq elementlari orqali, Jumladan, Ilovalarda ko‘rsatib o‘tilgan shartlar asosida foydalanish imkoniyatini taqdim etish;
6.4.7. Litsenziatlarga Litsenziat roziligi berilganda, Litsenziatlarga Litsenziar va/yoki Litsenziar hamkorlardan kelgan reklama-ma’lumotnoma yoki yangiliklar mazmunidagi kontentni e-pochta, sms-tarqatmalar, Ijtimoiy tarmoq funksiyalaridan foydalangan holda tarqatilishini amalga oshirish;
6.4.8. statistik ma’lumotlarni va Litsenziat shaxsini aniqlash va Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqqa kirishda foydalangan IP-manzili haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, Litsenziatning shaxsiy kompyuteriga joylashtiriladigan texnik ma’lumot fayllaridan (cookie-fayllar) foydalanish maqsadida;
6.4.9. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanayotganda, Litsenziatlarga mazkur Shartnoma shartlariga Litsenziat tomonidan rioya qilinmayotgani haqida tanbeh berish, ularni ogohlantirish, bildirishnoma yuborish, xabar berish. Litsenziatga Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish vaqtida berilgan Litsenziar ko‘rsatmalari Litsenziat tomonidan bajarilishi shart;
6.4.10. Ijtimoiy tarmoqda o‘z intellektual huquqini himoya qilish uchun qonunda ta’qiqlanmagan chora-tadbirlarni qo‘llash;
6.5. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqqa o‘z Ilovasini Litsenziar roziligi bilan joylashtirgan Litsenziat va uchinchi tomon o‘rtasida yuzaga kelgan bahsli va nizoli vaziyatlarni o‘rganib chiqish va hal qilish bilan shug‘ullanmaydi, bunday Ilovalar Litsenziatlar tomonidan ishlatilganda, o‘z xohishiga ko‘ra yuzaga kelgan nizoli vaziyatni bartaraf etishga yordam berishi mumkin. Boshqa Litsenziat(lar)dan ushbu Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqdagi noqonuniy yoki noto‘g‘ri hatti-harakati haqidagi shikoyatlarni olganda, Litsenziar ushbu Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish imkoniyatini (Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqi amallari) to‘xtatib qo‘yish, cheklash yoki butunlay to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladi.
6.6. Litsenziar quyidagi majburiyatlarni o‘z bo‘yniga oladi:
6.6.1. mazkur Shartnomada keltirilgan shartlar asosida Litsenziatga Ijtimoiy tarmoqdan, jumladan, faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan mazkur Shartnoma doirasida foydalanish huquqini taqdim etadi;
6.6.2. ma’lumotlarni Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilish yoki xabarlarni tarqatish orqali Litsenziatga joriy Shartnoma shartlari o‘zgartirilganligi haqida xabar berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |