7. Litsenziatning huquq va majburiyatlari
7.1. Litsenziat huquqlari:
7.1. Akkaunt va Shaxsiy sahifadagi sozlamalarni ishlab chiqish, Akkauntga kirish uchun ishlatiladigan login va parolni almashtirish;
7.1.2. Litsenziat Akkauntida o‘zi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish, fotosurat, statusni qo‘shish, boshqa Litsenziatlar fotosuratlari va statuslarini baholash va ularga sharh qoldirish;
7.1.3. Litsenziatlar uyushmalarida, shuningdek, Litsenziatga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar va qidiriladigan Litsenziat Shaxsiy sahifasiga joylashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra boshqa Litsenziatlar qidiruvlarini amalga oshirish;
7.1.4. yangi uyushma, guruhlar yaratish va mavjudlariga qo‘shilish, Ijtimoiy tarmoq va Ilova funksiyasidan foydalanish va ularga Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limida berilgan materiallarni joylashtirish talablari asosida materiallarni joylashtirish;
7.1.5. Shaxsiy xabarlarni yuborish va olish, forumga xabarlar qo‘shish;
7.1.6. boshqa Litsenziatlarning Shaxsiy sahifalariga joylashtirilgan fotosuratlarni moderatsiyalash. Mazkur huquqqa Akkauntning tegishli sozlamalarini o‘zgartirish orqali moderatsiyaga obuna bo‘lgan Litsenziat egalik qilishi mumkin;
7.1.7. faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini olish hamda bu huquqlardan amaldagi Shartnoma shartlari asosida foydalanish;
7.1.8. Rossiya Federatsiyasi qonunlarida (amaldagi qonunda) yoki Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish bilan bog‘liq mazkur Shartnomada ta’qiqlanmagan.
7.2. Litsenziat majburiyatlari:
7.2.1. mazkur Shartnoma shartlariga hech qanday cheklovlarsiz amal qilish;
7.2.2. Ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatda o‘tayotganda va Akkauntni yaratayotganda, ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish;
7.2.3. joriy Shartnomaning 4-bo‘limida berilgan Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish cheklovlaridan oshib ketmaslik;
7.2.4. Ijtimoiy tarmoq yoki uning biron-bir elementiga nisbatan Litsenziar mualliflik huquqini buzmaslik, jumladan, Litsenziat Litsenziarning yozma roziligisiz Litsenziar tomonidan Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan materiallardan (matnli, grafik, audi-video) nusxa ko‘chirish, ularni efirga uzatish, arqatish, e’lon qilish va boshqa qandaydir usulda tarqatish va qayta yaratish huquqiga ega emas;
7.2.5. uning o‘z Akkaunti va Shaxsiy sahifasi xavfsizligini ta’minlovchi va ularga uchinchi tomonning ruxsat kirishining oldini oluvchi (jumladan, cookie-fayllar texnologiyasidan foydalanganda, Litsenziat qurilmasidan uchinchi tomon foydalanishi mumkin bo‘lganda, parol brauzerda saqlanmaganligini nazorat qilish) kerakli chora-tadbirlarni mustaqil ravishda qo‘llash;
7.2.6. Litsenziarning Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishga oid ko‘rsatmalarini bajarish, jumladan, Litsenziar tomonidan Litsenziat yoki Ijtimoiy tarmoqdagi Litsenziatlar guruhiga foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash markazida (Litsenziatlarning), Ijtimoiy tarmoqning yangiliklar bo‘limida, Litsenziar forumida berilgan ko‘rsatmalarni bajarish. Litsenziat tomonidan bunday ko‘rsatmalar bajarilmagan holatlarda, Litsenziar Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqini, jumladan, faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini, to‘xtatib turishi, cheklashi yoki butunlay to‘xtatishi mumkin;
7.2.7. mazkur Shartnomani tuzganligi va unga amal qilishi kerakligi sababli Litsenziar talabiga ko‘rsa, hisob ma’lumotlarini, jumladan, familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa ma’lumotlarni tasdiqlash;
7.2.8. Litsenziatdan boshqa shaxslar tasviri tushirilgan fotosuratlarni ularning roziligisiz joylashtirish, 152.1 moddasiga mos keladigan holatlar bundan mustasno. RF FK yoki amaldagi boshqa qonunga ko‘ra, bunday rozilik talab qilinmaydi;
7.2.9 Litsenziarga Ijtimoiy tarmoqda Litsenziatga nisbatan haqoratli, kamsituvchi, va boshq. sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan barcha holatlar bo‘yicha xabar berish;
7.2.10. oldindan mavjud bo‘lgan uyushmalar o‘rniga yangi uyushmalarni (maktab, kollej, oliy o‘quv yurti, harbiy qism, ish joyi, dam olish joyi) yaratmaslik;
7.2.11. Internetdagi https://ok.ru/regulations manzilida mazkur Shartnoma mazmuni bilan doimiy ravishda tanishib borish va unga kiritilgan o‘zgartirishlarni kuzatib borish.
7.2.12. mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan va/yoki Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limlariga joylashtirilgan boshqa talablarga rioa qilish va boshqa majburiyatlarni bajarish.
7.3. Litseziat ushbu Shartnomani imzolash uchun zarur bo‘lgan barcha vakolatlarga va qobiliyatlarga ega ekanligini kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |