9. Faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqi
9.1. Shartnomaning mazkur bo‘limi Litsenziar tomonidan Litsenziatga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini taqdim etish tartibi va shartlarini belgilab beradi.
9.2. Litsenziat xohishiga ko‘ra, Litsenziar Litsenziatga Mukofot evaziga, agar Litsenziar tomonidan boshqa holat nazarda turilmagan bo‘lsa, faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini taqdim etadi, bu esa Ijtimoiy tarmoq imkoniyatlari doirasida ishlatiladigan Ijtimoiy tarmoqdagi virual qiymatga ega bo‘lgan narsalarni ko‘paytirish imkonini beradi. Mukofot miqdori va uni o‘tkazish shartlari Litsenziar tomonidan aniqlanadi va Ijtimoiy tarmoq imkoniyatlari bilan belgilangan, Litsenziatga ma’lum bir natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va buyruqlar hajmidan kelib chiqadi. Belgilangan shartlar mazkur Shartnomada va/yoki Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limlarida berilgan. Faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqi Litsenziar tomonidan «OKlar» ko‘rinishidagi virtual qiymatlarning Litsenziat Akkauntiga tushishi bilan taqdim etiladi. Shu vaqtdan boshlab Litsenziat faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan ushbu Shartnoma shartlari asosida «OKlar» ko‘rinishidagi virtual qiymatga mos keladigan hajmda foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi. Litsenziar uchinchi tomondan (to‘lov tizimi, operator, to‘lovlar agregatori) to‘lov amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotni (tasdig‘i) olgandan so‘ng, «OKlar» ko‘rinishidagi virtual qiymatlar Litsenziat Akkauntida ko‘rsatiladi. Faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlar hamda «OKlar» ko‘rinishidagi virtual qiymatlar mosligi Litsenziar tomonidan belgilanadi. Mukofot miqdori hamda «OKlar» ko‘rinishidagi virtual qiymatlar mosligi Litsenziar tomonidan belgilanadi. Litsenziatga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqi mazkur Shartnomaning amal qilish davri uchun taqdim etiladi, agar Ijtimoiy tarmoq qoidalariga ko‘ra bunday huquq tugatilmagan bo‘lsa Mukofotni o‘tkazish Ijtimoiy tarmoq tomonidan o‘rnatilgan konvertatsiya tartibiga asosan, Litsenziat tomonidan tegishli mintaqada amal qiluvchi valyutadagi pul mablag‘lari orqali amalga oshiriladi. Mukofot miqdori Litsenziar tomonidan belgilanadi va Litsenziatga foydalanish huquqi beriladigan faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlar hajmidan kelib chiqadi. Litsenziat Akkauntida «OKlar» ko‘rinishidagi virtual qiymatlar aks ettirilgan vaqtdan boshlab Litsenziat Litsenziardan ushbu huquq uchun to‘langan Mukofotni qaytarib olish huquqiga ega emas, agar amaldagi qonunchilikda boshqa holatlar berilmagan bo‘lsa.
9.3. Mukofotni o‘tkazish Litsenziat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan to‘lov usullari orqali pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Foydlanish mumkin bo‘lgan to‘lov usullari ro‘yxati Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limlarida berilgan. Mukofot uchun to‘lov tizimlari orqali haq to‘lash usullari va shartlari Litsenziar tomonidan Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilinadi: https://ok.ru/payment.
9.4. Mukofot haqini to‘lash vaqtida Litsenziat to‘lov usullaridan va to‘lov ko‘rsatmalarini belgilangan tartibda, jumladan, xabarlarni hamda qisqa matnli xabarlarni (SMS) kiritish qoidalari, ya’ni bosh harf va kichik harf, raqam va til kiritishlari tartibiga amal qilish majburiyatini oladi. Berilgan to‘lov ko‘rsatmalari va shartlariga amal qilingan holdagina Litsenziatga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqi taqdim etiladi. Litsenziar Litsenziat tomonidan to‘lovni amalga oshirish shartlari to‘g‘ri bajarilgani uchun javobgar hisoblanmaydi. Faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini olish uchun haq to‘lash tartibi va qoidalariga oid savollar bo‘yicha Litsenziat ushbu to‘lov tizimlari egalari yoki operator/to‘lov agregatorlariga murojaat qilishi lozim. Litsenziar Litsenziatga bunday to‘lov tizimlariga bog‘liq qoida va tartiblarga oid savollar bo‘yicha hech qanday tushuntirishlarni taqdim etmaydi, shuningdek, bunday huquqni olish uchun to‘lov tizimlari, operatorlar va to‘lov agregatorlari orqali, ular tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga amal qilmagan holda amalga oshirilgan va natijada pul mablag‘lari Litsenziarga kelib tushmagan holatlarda to‘lovlarni qoplab bermaydi.
9.5. Litsenziatga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini taqdim etish faqat Litsenziat tomonidan mazkur Shartnoma shartlariga muvofiq to‘lov to‘liq amalga oshirilgandan keyin amalga oshiriladi, agar Shartnomada boshqa holat ko‘rsatilmagan yoki Litsenziar tomonidan belgilanmagan bo‘lsa. Bunday holatda, to‘lov amalga oshirilgani haqidagi tasdiq olinmaguniga qadar Litsenziar Litsenziatga bu huquqni taqdim etmasligi, yoki cheklangan hajmda taqdim etishi mumkin.
9.6. Texnik xatolik, Ijtimoiy tarmoqdagi yoki uning elementidagi nosozlik, yoki Litsenziatning bilib turib bajargan harakatlari natijasida, u mazkur Shartnomada belgilangan tartibda faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlaridan foydalanish huquqini sotib olmasdan, Litsenziatga bunday imkoniyat taqdim etilsa, Litsenziat bu haqida Litsenziarga xabar berishi va unga Mukofotni to‘lashi yoki olingan huquqlardan noqonuniy foydalanish oqibatlarini bartaraf etishi lozim. Litsenziar bunday vaziyatlarni Litsenziatga xabar bermasdan bartaraf etish huquqiga ega.
9.7. Litsenziat Mukofotni to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatni, shuningdek, Litsenziat tomonidan bunday to‘lovni amalga oshirish holatlari haqidagi ma’lumotlarni Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish davrida saqlashi va Litsenziar talabiga ko‘ra uni taqdim etishi lozim.
9.8. Faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlarni tarqatish huquqi faqat Litsenziarga tegishli bo‘lib, uchinchi tomondan bunday ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini taqdim etish takliflari Liotsenziat tomonidan Litsenziardan kelayotgan taklif sifatida baholanmasligi lozim. Bahsli, noaniq vaziyatlar yuzaga kelganda yoki Litsenziatga uchinchi tomondan faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqi uchun to‘lov bilan bog‘liq takliflar yuborilganda yoki Internet shunday taklif yoki e’lonlar joylashtirilganda, Saytda Litsenziar tomonidan joylashtirilgan e’lonlar bundan mustasno, Litsenziat darhol bu haqida Litsenziarga xabar berishga majbur. Agar Litsenziat joriy nizomni buzgan holda ko‘rsatilgan e’lon bo‘yicha ushbu e’londa berilgan rekvizitlardan foydalangan holda to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsa, Litsenziatning Litsenziarga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqi berilmaganligi yuzasidan qilgan da’vosi qabul qilinmaydi va Litsenziar Litsenziatga bunday vaziyatda Litsenziat tomonidan sarflagan pul mablag‘larini qoplab bermaydi.
9.9. Litsenziar Litsenziatning faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini uchinchi tomondan olganligini aniqlasa, Litsenziar o‘z xohishiga ko‘ra Litsenziatga nisbatan Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqini to‘xtatib turishi, cheklashi yoki butunlay to‘xtatishi mumkin.
9.10. Litsenziat tomonidan faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqining sotib olinishi uni mazkur Shartnoma shartlariga rioya qilish va unga nisbatan Shartnomada ko‘rsatilgan choralarni qo‘llashdan, jumladan, Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yish yoki butunlay to‘xtatish va/yoki Litsenziar tomonidan Litsenziat Akkauntini o‘chirish tashlashdan ozod qilmaydi, agar amaldagi qonunchilikda boshqa holatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
9.11. Litsenziat Litsenziarga RF qonunlarini va/yoki Litsenziat fuqarosi hisoblangan boshqa mamlakat qonunlarini hamda uchinchi shaxs huquqlarini buzmagan holda, Mukofot uchun to‘lovni amalga oshirishda u tomonidan tanlangan to‘lov vositasidan foydalanish huquqiga ega ekanligiga kafolat beradi. Litsenziar to‘lov operatori tomonidan olingan qo‘shimcha to‘lovlar hamda Litsenziat tomonidan unga tegishli bo‘lmagan to‘lov vositalaridan foydalanish oqibatida Litsenziat va/yoki uchinchi tomonga yetkazilgan zarar uchun javobgar hisoblanmaydi.
9.12. Litsenziar Litsiat tomonidan Mukofot to‘lovini to‘lashda amalga oshirilgan noqoqnuniy harakatlar uchun javobgar hisoblanmaydi. Litsenziar Litsenziat tomonidan noqonuniy harakatlar amalga oshirilganligi haqida gumonga ega bo‘lsa, vaziyatga aniqlik kiritilguniga qadar, Litsenziatga nisbatan bir tomonlama tartibda faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini to‘xtatib turishi yoki umuman to‘xtatishi mumkin, agar amaldagi qonunchilikda boshqa holatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
9.13. Litsenziar Litsenziat Mukofot uchun to‘lovni amalga oshirayotganda, noqonuniy harakatlarni amalga oshirayotganiga dalillari mavjud bo‘lsa, Litsenziar bunday ma’lumotlarni huquqni muofaza qilish organlariga, ushbu vaziyat bo‘yicha tekshiruvni amalga oshirishlari uchun taqdim etish huquqiga ega.
9.14. Litsenziat tomonidan bank kartasi yordamida Mukofot uchun to‘lovni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari:
9.14.1. bank kartasi operatsiyalari karta egasi yoki unga vakolatli bo‘lgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi;
9.14.2. bank kartasi operatsiyalariga bank tomonidan ruxsat beriladi. Agar bank operatsiya firibgarlik xarakteriga ega ekanligi haqida shubha mavjud bo‘lsa, u holda bank bu operatsiyaning amalga oshirilishini rad etish huquqiga ega. Bank kartalarida firibgarlik xarakteridagi operatsiyalarni amalga oshirish jinoyat hisoblanadi.
9.14.3. bank kartasi bilan to‘lovni amalga oshirayotganda, firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida bank kartasi bilan amalga oshirilgan to‘lovlar Litsenziar tomonidan mavjud imkoniyatlar doirasida tekshirilishi mumkin. Litsenziat — shunday to‘lovni amalga oshirgan karta egasi Litsenziardan kelgan so‘rov asosida Litsenziarga bank kartasidan qonun doirasida foydalanilganini isbotlovchi kerakli hujjatlar nusxalarini taqdim etishga majbur. Litsenziat to‘lov amalga oshirilgandan yoki ularning haqiqiy ekanligiga shubha tug‘ilgandan keyin 14 kun ichida so‘ralgan hujjatlarni taqdim etmasa, agar Litsenziar tomonidan boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, vaziyatga aniqlik kiritilguniga qadar, u Litsenziatga Ijtimoiy tarmoq, uning bir qismi/bo‘limi va/yoki faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
9.15. Litsenziat Ijtimoiy tarmoq va Ilova qimor o‘yini, yoki pul tikib o‘ynaladigan o‘yin, tanlov, yoki garov emasligini tushunadi, qabul qiladi va bunga rozilik beradi.
9.16. Faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini olish Litsenziatning o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirilgan jarayon hisoblanib, Ijtimoiy tarmoq va uning asosiy funksiyalaridan foydalanish uchun zarur yoki majburiy shart hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |