10. Shartnomaning amal qilish hududi va muddati
10.1. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqdan Rossiya Federatsiyasi hududida, shuningdek, undan foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa hududlarda kompyuter vositalari, dastur va qurilmalarda mazkur Shartnomada keltirilgan usullarda foydalanish huquqiga ega.
10.2. Mazkur Shartnoma uning shartlari Litsenziat tomonidan qabul qilingandan keyin amal qilishni boshlaydi va 1 (bir) kalendar yili davomida amal qiladi.
10.3. Mazkur Shartnoma amal qilishi keyingi 1 (bir) yilga avtomatik ravishda uzaytiriladi, agar Shartnomaning ko‘rsatilgan amal qilish muddatigacha:
10.3.1. Litsenziar mazkur Shartnoma shartlarini o‘zgartirishga, Litsenziat bilan yangi shartnoma tuzishga, Ijtimoiy tarmoqni boshqarish va xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishga hamda unga kirish imkoniyatini to‘xtatishga, Litsenziatga nisbatan mazkur Shartnomani tugatilishiga yoki Litsenziatga nisbatan Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish imkoniyatini tugatishga qaror qilmasa.
10.3.2. Litsenziat ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni to‘xtatishga va o‘z Akkauntini o‘chirib tashlashga qaror qilmasa.
10.4. Litsenziar mazkur Shartnomani bir tomonlama tartibda, sud jarayonisiz, Litsenziatni uning to‘xtatilish sabablari haqida ogohlantirmasdan, Ijtimoiy tarmoqqa kirish va undan foydalanish imkoniyatini darhol to‘xtatgan va Shartnoma asosida qilingan xarajatlar va olingan zararlarni qoplamagan holda, shuningdek, Ijtimoiy tarmoq yopilganda, Litsenziat tomonidan mazkur Shartnoma va Litsenziar tomonidan Ijtimoiy tarmoq sahifalarida ko‘rsatilgan shartlarni bir marta buzgan holatlarda istalgan vaqtda to‘xtatish huquqiga ega.
10.5. Litsenziar istalgan vaqtda Litsenziatni to‘xtatilish sabablari haqida ogohlantirmasdan, Ijtimoiy tarmoqqa kirish va undan foydalanish imkoniyatini to‘xtatishi, Litsenziat Akkauntini Shartnoma asosida qilingan xarajatlar va olingan zararlarni qoplamasdan yoki qaytarmasdan, shuningdek, mazkur Shartnoma shartlarining Litsenziat tomonidan bir marta buzilishi holatlarida to‘xtatish huquqiga ega, agar amaldagi qonunlarda boshqa holatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
10.6. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqni tashkil qiluvchi va/yoki uning boshqaruvi va ishlashi uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minot, elementlar, jumladan, ularning tarkibiga kiruvchi audio-vizual tasvirlar, shuningdek, Ijtimoiy tarmoqning grafik dizayni, fotosuratlari, animatsiyalari, video-tasvirlari, video-kliplari, ovoz yozuvlari, ovoz effektlari, musiqasi, Ijtimoiy tarmoq va Ijtimoiy tarmoq Ilovasining matnli to‘ldiruvchilari uchun tegishli huquq yoki zarur litsenziyalar to‘liqligicha Litsenziarga tegishli ekanligiga rozilik beradi, Ijtimoiy tarmoqqa Litsenziat yoki uchinchi shaxslar tomonidan yuklangan Kontent bundan mustasno, agar Shartnomada boshqa holatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
10.7. Mazkur Shartnoma Ijtimoiy tarmoqning hech bir tarkibiy qismiga bo‘lgan huquq yoki litsenziyalarni Litsenziardan Litsenziatga olib berish holatlarida nazarda tutmaydi.
10.8. Agar Litsenziat istiqomat qiluvchi davlat qonunlariga ko‘ra unga Internet tarmog‘idan yoki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ta’qiqlangan bo‘lsa yoki boshqa qonuniy cheklovlar o‘rnatilgan bo‘lsa, jumladan, bunday dasturiy ta’minotdan foydalanish yoshga qarab cheklangan bo‘lsa, Litsenziat Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi. Bunday holatlarda, Litsenziat Ijtimoiy tarmoqdan o‘zi istiqomat qilayotgan mamlakat hududida, amaldagi qonunlarni buzgan holda foydalangani uchun o‘zi javobgar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |