Вариант 21 Интеллектуал фаолият тушунчаси ва унинг асосий белгилари. Жамият тараккиётидаги Урни ва ахамияти. Интеллектуал мулк хукуки Лицензия шартномаси, тарафларнинг хукук ва мажбуриятлари. Муаллифлик хукуки Ворислик асослари



Download 49,46 Kb.
bet1/16
Sana16.06.2021
Hajmi49,46 Kb.
#66697
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Вариант 21


Вариант 21

1. Интеллектуал фаолият тушунчаси ва унинг асосий белгилари. Жамият тараккиётидаги Урни ва ахамияти. Интеллектуал мулк хукуки

2. Лицензия шартномаси, тарафларнинг хукук ва мажбуриятлари. Муаллифлик хукуки

3. Ворислик асослари. Васиятнома тушунчаси, шакли ва мазмунига куйиладиган талаблар.



Javoblar

Fuqarolik huquqlarining obyekti sifatida intellektual faoliyat natijalari nomoddiy ne’matlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Intellektual faoliyat mahsuli, uning yaralish jarayoni va o‘ziga xos xususiyatlari odatdagi ashyolardan farq qiladi. Shuning uchun ular fuqarolik-huquqiy munosabatlarda o‘ziga xos obyekt sifatida qaraladi. Intellektual faoliyat ijodiy faoliyat hisoblanadi. Bu asosan aqliy mehnat kishilari – yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar, injener-texnik xodim kabilar ijodiy faoliyatining mahsulidir. Bunday faoliyat mahsuli fuqarolik qonun hujjatlari bilan qo‘riqlanishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak:

 haqiqatda ijod mahsuli bo‘lishi, ya’ni original (o‘ziga xos) bo‘lishi;  betakror bo‘lishi;  biror-bir obyektiv shaklda ifoda etilishi. Bu mahsullarning ko‘pchiligi g‘oyaviy-nomoddiy ko‘rinishda bo‘ladi. Shu sababli ham ularga nisbatan odatdagi ashyolarga, moddiy obyektga nisbatan qo‘llaniladigan huquq me’yorlarini qo‘llab bo‘lmaydi. FK intellektual mulk obyektlariga:  intellektual faoliyat natijalari;  fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar;  sohaviy qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarni kiritadi. Insonning ijodiy tafakkuri bu obyektlar doirasini tinmay kengaytirib bormoqda (qog‘oz kashfiyotidan tortib – bugungi elektron ijod namunalari, nanotexnologiyalargacha).

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasida fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasini belgilashga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bunday munosabatlarning asosiy qismini mulkiy munosabatlar tashkil qiladi.

Mulkiy munosabatlarning katta guruhini mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mulkiy huquqlarning vujudga kelish asoslari hamda ularni amalga oshirish tartibi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tashkil etadi. Jumladan, xususiy mulkdor va uning vakolatlari, ommaviy mol-mulkning huquqiy rejimi, Fuqarolik-huquqiy munosabat xususiyati Kirishadigan munosabatda erkirodaning mavjud bo’lishi Fuqarolik-huquqiy munosabatda ishtirokchilar ma’muriy maqomidan qat’i nazar tengligi Mulkiy munosabatlarda ishtirokchilarning mulkiy mustaqilligi18 ixtirolar, fan, adabiyot, san’at asarlarini tijorat muomalasida bo‘lishi bilan bog‘liq munosabatlar shular jumlasidandir. Shartnoma majburiyatlarining ko‘pchiligi ham mulkiy harakterga ega bo‘ladi. Bular jumlasiga oldi-sotdi, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish, turar-joylarni ijaraga berish, qurilish ishlarini amalga oshirish, yuk va yo‘lovchilar tashish bilan bog‘liq shartnomalarini kiritish mumkin. Fuqarolik kodeksining 2-moddasida shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlar bilan bog‘liq majburiyatlar haqida ham so‘z yuritiladi. O‘zga munosabatlar bunday boshqa majburiyatlar zarar yetkazish (delikt) bilan bog‘liq munosabatlar, qonuniy vorislik bilan bog‘liq munosabatlar, asossiz boylik orttirish (kondikt) bilan bog‘liq munosabatlar bo‘lishi mumkin. Fuqarolik huquqiy normalar ta’siri ostida bo‘lgan mulkiy harakterda bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi. Mulkiy munosabatlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxsiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan sof shaxsiy munosabatlar (shaxsiy nomulkiy munosabatlar)ga bo‘linadi. Mulkiy munosabatlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxsiy munosabatlarda mulkiy munosabat shaxsiy munosabatlarni keltirib chiqaradi yoxud aksincha shaxsiy munosabat mulkiy munosabatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, ijodkor ijodiy asarini yozishi natijasida uni o‘z asariga nisbatan mualliflik huquqi ya’ni, muallif sifatida e’tirof etilish shaxsiy huquqi vujudga keladi va ushbu huquq negizida asar tijorat muomalasiga kiritilsa, asardan foydalanganlik uchun haq olish huquqiy vujudga keladi. Bundan tashqari xizmat tartibida berilgan topshiriq natijasida haq olgan xodim tomonidan intellektual mulk obyekti yaratiladi hamda ushbu obyektga nisbatan unda mualliflik huquqi vujudga keladi

Fuqarolik kodeksining 3-moddasida fuqarolik qonun hujjatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o‘zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Shuni ham qayd etish kerakki, FK 2-modda birinchi qismida ko‘rsatilgan belgilarga javob beradigan oilaviy munosabatlarga, mehnat munosabatlariga va tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish munosabatlariga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari bu munosabatlar maxsus qonunlar bilan tartibga solinmaydigan hollarda qo‘llaniladi.

FKda nomoddiy ne’matlarning quyidagi turlari belgilab qo‘yilgan: 1) intellektual faoliyat natijalari (FKning 97-moddasi); 2) xizmat va tijorat siri (FKning 98-moddasi); 3) shaxsiy nomulkiy huquqlar (FKning 99-moddasi); Nomoddiy ne’matlarning bir qismi, ya’ni, intellektual faoliyat natijalari, xizmat, tijorat sirlari iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, tovar shakliga kiradi va mulkiy muomalada mutlaq huquqlar obyektlari sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxsiy nomulkiy huquqlar esa fuqarolik muomalasida o‘ziga xos tarzda, tovar shakliga kirmagan va iqtisodiy mazmunga ega boMmagan holda namoyon boMadi. Ba'zi adabiyotlarda ishlar va xizmatlarni ham moddiy ko‘rinishda boMmagani sababli nomoddiy ne'matlarguruhiga kiritadilar. Nomoddiy ne'matlarning fuqarolik huquqi obyekti sifatidagi xususiyati shundan iboratki, bunda, birinchidan, buzilgan nomoddiy huquq mazmunidan, ikkinchidan, bunday buzilish oqibatlari xarakteridan kelib chiqqan holda fuqarolik huquqlarining himoya qilish usullaridan foydalanadi. Nomoddiy ne’matlarga nisbatan huquqlar buzilgan taqdirda ko‘p hollarda huquq sohibiga moddiy emas, balki ma’naviy zarar etadi. Ma'naviy zarar huquqi buzilganligi shaxsning jismoniy yoki ruhiy iztiroblar, qayg‘u-alam, g'am-tashvish singari ko‘rinishlarda namoyon boMadi. Qonunga asosan, agar fuqaroga tegishli boshqa nomoddiy ne’matlarga tajovuz qiluvchi harakatlar orqali ma’naviy zarar yetkazilsa, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, sud huquqbuzar zimmasiga ko'rsatilgan zararni pul orqali (moddiy ko‘rinishda) tovon toMash bilan qoplashni yuklashi mumkin. Ma’naviy zararni qoplash xarajatlarini belgilashda sud huquqbuzarning aybi darajasini va boshqa e’tiborga molik holatini hisobga oladi. Sud, shuningdek, zarar yetkazilgan shaxsni individual xususiyatlari bilan bogMiq jismoniy va axloqiy qiynoqlari (iztiroblari, ruhiy azoblari) darajasini ham hisobga olmog‘i shart.

Intellektual mulk hukuqi - intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq xuquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obʼyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi b-ngina yoʻl qoʻyiladi (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 1034-modda). Baʼzi obʼyektlarga nisbatan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar (xizmat) belgisi, firma nomi va sh. k.) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat — patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi.

Intellektual mulk obʼyektlari fuqarolik huquqining boshqa obʼyektlari — ashyolar, qimmatbaho qogʻozlardan quyidagi xususiyatlari boʻyicha farq qiladi: a) koʻp hollarda ular moddiykoʻrinishda emas, balki gʻoya, bilim, axborot shaklida namoyon boʻladi; b) gʻoya, bilim shaklidagi intellektual mulk obʼyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; v) shaxslar bunday obʼyektlardan ayni bir vaqtning oʻzida cheksiz doirada foydalana olishi mumkin; g) mulk huquqining muddatsiz ekanligi haqidagi qoida (FK, 164-modda) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) I. m. h.ning amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan boʻladi; d) qonunlarda belgilangan muddatlar utishi bilan I. m. x. egasining maʼlum intellektual mulk obʼyektiga nisbatan huquqlari bekor boʻladi va u umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan maʼlum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquklariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli boʻladi; ye) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsiya daʼvosini qoʻllab (FK, 228-modda) boʻlmaydi; yo) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqiy emas, balki mutlaq huquklar haqidagi qoidalar qoʻllaniladi; j) I. m. h. ning amal qilishi ayni vaqtda maʼlum hudud bilan chegaralangan boʻladi. Mas, ixtiroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro konvensiyalar, u bilan xo-rijiy davlatlar oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan xududlardagina amal qilag di; z) koʻpgina intellektual mulk obʼyektlarining mualliflariga taalluqli shaxsiy huquqlar ham mavjud boʻlib, bu obʼyektlardan foydalanuvchilar mazkur huquqlarga rioya qilishi shart.

Intellektual mulk obʼyektlari kanday faoliyat mahsuli ekanligi, huquqiy rejimi va sh.k. xususiyatlariga qarab, quyidagi turlarga boʻlinadi: a) intellektual faoliyat natijalari: fan, adabiyot, sanʼat asarlari; eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogramma va eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumot bazalari; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; seleksiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau) dan iborat; b) fukarolik muomalasi ishtirokchilarining , tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (firma nomlari; tovar (xizmat) belgilari; tovar chiqarilgan joy nomi; v) FK da va b. qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa na-tijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining , tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalar (FK 1031-modda). Mazkur faoliyatning yangi mahsullariga, firmalar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning yangi nomlari va alomatlariga nisbatan ham FK (4-boʻlim) da va b. qonunlarda intellektual mulkka oid belgilangan qoidalar qoʻllanadi.




Download 49,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish