Вариант 21 Интеллектуал фаолият тушунчаси ва унинг асосий белгилари. Жамият тараккиётидаги Урни ва ахамияти. Интеллектуал мулк хукуки Лицензия шартномаси, тарафларнинг хукук ва мажбуриятлари. Муаллифлик хукуки Ворислик асослари



Download 49,46 Kb.
bet10/16
Sana16.06.2021
Hajmi49,46 Kb.
#66697
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Вариант 21

8. Kafolat va majburiyatlar.

8.1. Litsenziat u tomonidan Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan yoki Shaxsiy xabar orqali uzatilgan ma’lumotlar, Kontent, qonun bilan himoya qilingan intellektual mulk, ularning qismi yoki nusxasi, shuningdek, boshqa materiallar hech kimning huquq yoki qonuniy manfaatlarini buzmasligiga kafolat beradi. Agar uchinchi tomondan uchinchi tomon ma’lumotlari va/yoki Kontentini joylashtirish bo‘yicha mazkur Shartnoma shartlari buzilganligi haqidagi shikoyat kelib tushsa, Litsenziar yuzaga kelgan kelishmovchilikni bartaraf etish maqsadida, amaldagi qonun doirasida, murojaat qilgan shaxslarga Litsenziatning kontakt ma’lumotlarini taqdim etish huquqiga ega.

8.2. Litsenziat u tomonidan Ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish uchun ishlatilgan hisob ma’lumotlarining (login va parol) xavfsizligini ta’minlash va boshqa shaxslar tomonidan tizimga kirish imkoniyatining oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishini kafolatlaydi.

8.3. Litsenziar Litsenziatlar bilan Shaxsiy xabarlar orqali olib borilgan yozishmani sir saqlaydi.

8.4. Litsenziar Litsenziat bilan aloqa qilish, Litsenziatga bildirishnoma, xabar va sms-xabar yuborishda, shuningdek, Litsenziatga Litsenziat roziligi bilan Ijtimoiy tarmoq funksiyalarini taqdim etishda Litsenziar tomonidan Litsenziat Akkauntida ko‘rsatilgan e-pochta manzili va mobil telefon raqamidan foydalanishiga kafolat beradi, agar mazkur Shartnoma yoki amaldagi qonunchilikda boshqa narsa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu Ijtimoiy tarmoq funksional imkoniyatlari yordamida aks etadi.

8.5. Litsenziar Litsenziat Shaxsiy sahifasi tarkibini hosil qilishda va unga Kontentni yuklashda ishtirok etmaydi, Litsenziat harakatlarini nazorat qilmaydi, Sayt va Ijtimoiy tarmoqning ochiq bo‘limlari, Litsenziatning Shaxsiy sahifalari, Shaxsiy xabarlardagi ma’lumotlarni senzura bo‘yicha avtomatik saralashni amalga oshirmaydi va buni bajarish uchun texnik imkoniyatlarga ega bo‘lmaydi va Litsenziat harakati yoki harakatsizligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.6. Ijtimoiy tarmoqning funksiyalari doirasida Litsenziar Litsenziat tomonidan joylashtirilayotgan ma’lumot va Kontentni dastlabki moderatsiyadan o‘tkazish amalga oshirmaydi va buni amalga oshirish uchun texnik imkoniyatlarga ega bo‘lmaydi va undagi ma’lumotlar uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.7. Litsenziar Ijtimoiy tarmoq ishidagi buzilish va uzilishlar hamda buning oqibatida yuzaga kelgan ma’lumot yo‘qotishlari uchun javobgar hisoblanmaydi. Litsenziar Sayt yoki Saytga joylashtirilgan giperhavolalar yo‘naltiradigan saytlardan foydalanish oqibatida Litsenziat kompyuteri, mobil qurilmasi yoki boshqa qurilma yoki dasturiy ta’minotga yetkazilgan zarar uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.8. Litsenziar Litsenziat Akkaunti parolining uchinchi shaxslar tomonidan o‘g‘itlanishi va ular tomonidan Litsenziat Akkauntidan foydalangan holda bajarilgan harakatlar uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.9. Litsenziar Ijtimoiy tarmoq, unga joylashtirilgan Kontent yoki Litsenziat yoki boshqa shaxslar Ijtimoiy tarmoq orqali kirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa materiallardan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan zarar, jumladan, qo‘ldan chiqarilgan foyda yoki zarar uchun javobgar hisoblanmaydi, hatto agar Litsenziar bunday zarar yetishi mumkinligi haqida ogohlantirgan bo‘lsa ham.

8.10. Litsenziat o‘z Akkaunti yordamida bajarilgan noqonuniy faoliyat, shuningdek, uning Ijtimoiy tarmoqdagi Akkaunti yordamida Litsenziatning yoki boshqa Litsenziatning Shaxsiy sahifasida, forumlarda, sharhlarda va Ijtimoiy tarmoq va/yoki Saytning boshqa bo‘limlarida joylashtirilgan Kontent uchun javobgar hisoblanadi.

8.11. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan yoki boshqa usulda Ijtimoiy tarmoqda yoki uning yordamida ommaga havola qilgan har qanday Kontent yoki ma’lumot uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqda Kontent va ma’lumotlarni noqonuniy joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi tomon da’volarini mustaqil ravishda hal qilishga majburdir.

8.12. Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan, Litsenziatlarning Shaxsiy xabarlari orqali yuborilgan, forumlarda Litsenziatning Shaxsiy sahifasiga joylashtirilgan va boshqa joydagi sayt, mahsulot, xizmat, tijorat yoki notijorat xarakteridagi ma’lumotlar uchun giperhavolalar bu mahsulotlarning (xizmat) Litsenziar tomonidan ma’qullanganligini anglatmaydi. Litsenziar Litsenziatning bunday giperhavolaga o‘tishi oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.13. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishda Litsenziat yoki uchinchi tomonning noqonuniy harakatlari uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.14. Litsenziar Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan so‘zlari uchun javobgar hisoblanmaydi. Litsenziar Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqda boshqa Litsenziatlarga nisbatan qilgan hurmatsizligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.15. Litsenziar Litsenziat tomonidan o‘z Akkauntiga kirish imkoniyatini yo‘qotgani uchun javobgar hisoblanmaydi (Akkaunt yoki Shaxsiy sahifadan foydalanish uchun zarur bo‘lgan login, parol va boshqa ma’lumotlarni yo‘qotish).

8.16. Litsenziar Litsenziat tomonidan Akkaunt va Shaxsiy sahifasini yaratish vaqtida kiritgan ma’lumotlarining to‘liq emasligi, noaniqligi noto‘g‘riligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.17. Litsenziat tomonidan Ijtimoiy tarmoqning o‘yin Ilovalari ishlatilganda, Litsenziar o‘yin vaqtida Litsenziat tomonidan shunday o‘yin Ilovalaridagi ishtiroki uchun olingan o‘yin boyliklarini yo‘qotilishi uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.18. Litsenziar Litsenziatning Internet ulanishi mavjud emasligiga, Litsenziat Internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish haqida shartnoma tuzgan Internet aloqasi ta’minotchilari xizmatining sifatiga javobgar hisoblanmaydi.

8.19. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqda Litsenziat tomonidan undan foydalanish vaqtida olingan naqt, naqtsiz pullarni yoki boshqa qiymatli, shuningdek, virtual qiymatli narsalarni ayriboshlashni amalga oshirmaydi.

8.20. ushbu Shartnoma har qanday asosda to‘xtatilgandan so‘ng, agar boshqa holatlar amaldagi qonunchilikda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Litsenziar Litsenziat tomonidan faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritish uchun sarflangan xarajatlarni qoplab bermaydi.

8.21. Litsenziar foydalanish oqibatida Litsenziat yoki boshqa uchinchi tomonga bevosita yoki bilvosita yetkazilgan zarar yoki olinmagan foyda uchun javobgar hisoblanmaydi:

8.21.1. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish yoki foydalanish imkoniyatining mavjud emasligi;

8.21.2. Litsenziatning shaxsiy ma’lumotlariga, jumladan, Litsenziatning Akkaunti va Shaxsiy sahifasiga uchinchi tomonning ruxsatsiz kirishi;

8.21.3. uchinchi tomonning Ijtimoiy tarmoqdagi arizasi yoki faoliyati;

8.21.4. Akkaunt yoki Kontentni o‘chirib tashlash yoki Ijtimoiy tarmoqning ma’lum bir elementi yoki Ijtimoiy tarmoq faoliyati butunligicha to‘xtatilishi.

8.22. Har qanday vaziyatda Litsenziarning Litsenziat oldidagi majburiyati 3 000 (uch ming) rubldan oshmaydi, shu bilan birga qo‘ldan chiqarilgan foyda qoplab berilmaydi, agar amaldagi qonunchilikda boshqa holatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa.

8.23. Litsenziar Litsenziatga Ijtimoiy tarmoq yoki uning ma’lum bir funksiya/bo‘limi/sahifasidan, shuningdek, faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini taqdim etish rad etilishiga sabab bo‘lgan, Litsenziat tomonidan Shartnoma shartlari buzilganligini isbotlovchi hujjat yoki boshqa dalillarni taqdim etishga majbur emas.

8.24. Litsenziat tomonidan Litsenziarga yuborilgan shikoyatlar Akkaunt ma’lum bir shaxsga tegishli ekanligini aniqlash imkoni mavjud bo‘lgandagina, qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi. O‘xshash hisob ma’lumotlariga ega bo‘lgan Akkauntlar mavjudligini hisobga olgan holda, Litsenziar shikoyat qaysi Akkauntdan kelib tushgani yoki Akkauntning shikoyat bilan murojaat qilgan shaxsga tegishli ekanligini aniqlash mumkin bo‘lgan Litsenziat Akkaunti haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini so‘rash huquqiga ega.

8.25. Litsenziar Litsenziatning uchinchi tomonga tegishli bo‘lgan Ilovalardan foydalanish oqibatida Litsenziyat sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar hisoblanmaydi. Ushbu orqali Litsenziat Ilova ma’lum bir holatlarda, epileptik yoki asab bilan bog‘liq boshqa kasalliklari bo‘lgan shaxslarda kasallikni qo‘zg‘ashi mumkin bo‘lgan turli ovoz va/yoki video effektlar mavjud bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi va Litsenziat undan yuqorida aytib o‘tilgan kasalliklar yo‘qligini tasdiqlaydi yoki Ilovadan foydalanmaslik majburiyatini oladi. Ushbu orqali Litsenziat shaxsiy kompyuter oldida uzoq muddat davomida (uzluksiz) o‘tirish jismoniy holatdagi salbiy o‘zgarishlarga, jumladan, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, turli nevrozlik holatlari vs organizmga boshqa salbiy ta’sirlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi. Litsenziat Ilovadan uzoq bo‘lmagan vaqtda davomida, dam olish yoki jismoniy holat profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar uchun mo‘ljallangan tanaffuslar bilan foydalanishni kafolatlaydi, agar bu Litsenziatga tavsiya etilgan yoki belgilangan bo‘lsa.




Download 49,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish