(tebranish, chayqa 1 ish).
2. Harakat nomi (ko'tarilish, tashlanish, uchib o'tish. Aylanish,
yelkadan aylanish).
3. Bajarish usuli (keskin yozilib, yoysimon oldinga tebranib,
to'ntarilib).
4. Harakat yo‘nalishi (chapga, orqaga).
5. Agar harakatning o'zidan ko'rinib turmasa, oxirgi d.h. (osilish,
orqaga tayanish).
Masalan, past qo'shpoyada. Bilaklarda tayanib tebranish —-
orqaga tebranib ko'tarilish. oldinga tebranib, burchak hosil qilib
sakrab tushish.
Tananing alohida a ’zolari bilan bajariladigan harakatlarni
vozganda, ularni bir-biridan vergul bilan aj rat ish kerak. Masalan.
baland-past qo'shpoyalarni pastki yog'ochiga yotib osilishdan chapga
burilib, chap songa o'tirish, o'ng qo’l yonga, bosh esa o'ngga
buriladi va boshqalar.
Jihozlardagi turli holatlarni tartib bilan yozayotganda asosiy
elementlar (birikmalar) chiziqcha — tire bilan ajratiladi. Masalan,
yakkacho'pda; gavdani keskin yozib ko'tarilish — orqaga aylanish,
yoysimon siltanib chapga orqaga burilib har xil ushlab osilib qolish
va boshqalar.
Majburiy mashqlarni (musobaqa uchun) yozishda har bir
element yoki birikmani yangi qatordan (xat boshidan) yozib boriladi,
ularning o'ng tomonida esa uning nisbiy murakkabligi ko'rsatiladi,
masalan, otda:
— sakrab o'ng oyoq bilan aylanish — 2,5 marta;
— chap oyoq bilan o'ngga aylanish — 2,5 marta va shu kabilar.
Jihozlarga tegib, siltab o'tishlarni tasvirlashda ≪tegib≫ (tekkizib)
so'zi, tekkizmav siltab o'tishda esa ≪ustidan≫ so'zi qo'shiladi. Masalan,
qo'shpoyalarda: keskin yozilib ko'tarilish — orqaga tebranganda o'ng
oyoq, o'ng poyaga tekkizib siltab o'tish — orqaga tebranganda chap
oyoq bilan chap гюуа ustidan siltab o'tish va burchak hosil qilib.
ushlab turish va shu kabilar. Ikki yoki undan ortiq qo'sh elementlarni
va bog'lovchisi bilan, ikki harakat birga bajarilganda esa ≪ib≫ qo'shimchasi
bilan yoziladi. Masalan. yakkacho'pda: o'ng oyoq bilan
ko'tarilish va chapdan orqaga burilib. orqaga aylanish — chap oyoqni
siltab o'tib orqaga tashlanib, bukilib osilish va orqaga burilayotib,
gavdani keskin yozib, orqa bilan tayanish holatiga ko'tarilish.
Fikrni qisqa va ixcham ifodalash maqsadida ayrim aniqlovchilarni
tushirib qoldirish mumkin. Shuningdek. yaxshiroq tushunishning
iloji bo'lmasa, yuqorida ko'rsatilgan izchillikda yozish
shart emas. Masalan, yakkacho'pda: yoysimon tebranib turib,
orqaga ketgan paytda aylanib sakrab tushish. Shu maqsadda bir
qancha sakrab tushishlar va sakrashlarni bir so'z 1 i atamalar bilan
ifodalash qulay. Masalan, salto, to'ntarilish, ≪uchish≫ va boshq.
Akrobatika mashqlarni yozish. Akrobatika mashqlarini yozganda,
ayrim xususivatlarni hisobga olib, quyida ko'rsatilgan qoidalar
qo'llaniladi:
1. To'liq to'ntarilishga yetmaydigan elementlarni (masalan,
umbaloq oshishlar) bajarganda oxirgi holatni ko'rsatish kerak.
Masalan. yotib tayanish holat idan oldinga umbaloq oshib,
ko‘krakda tik turish.
2. Ba’zan bir holatdan ikkinchisiga o‘tishni maxsus atama orqali
ifodalash talab etilmaydi. Masalan, o'ng (chap) oyoqda muvozanat
Do'stlaringiz bilan baham: |