saqlashdan, boshda tik turish yoki qo'llarda tik turishdan va
boshqalardan.
3. Sportchining u yoki bu belgidan (harakatdan) keyingi holati
navbatdagi elementning bajarilish usulini belgilaydi. Masalan,
tizzalarda tik turishdan oldinga dumalab, bir yelkada tik turish
yoki cho'qqayib tayanishdan orqaga dumalab, ko'krakdatik turish
va shu kabilar.
4. Oxirgi holat faqat harakat davomida aniq aytilmasa, yoziladi.
Badiiy gimnastika mashqlarini yozish. Bacliiy gimnastika mashqlarini
yozganda, erkin mashqlar uchun belgilangan qoidalardan foydalaniladi.
Undan tashqari, badiiy gimnastikaga oid xususiyatlarni hisobga
olgan holda quyidagilarni: chunonchi, harakat xarakteri, uning ba’zi
nozik jihatlari dinamikasi va ta'sirli tomonlarini ko‘rsatish lozim bo'ladi.
Umumlashtiruvchi yozuv: bu usuldan harakat aniqligi talab
etilrnaganda, shuningdek. darslik va boshqa dasturlarda faqat
gimnastika mashqlarining mazmunini ifodalash (sanab chiqish)
zarur bo'lgan hollardagina foydalaniladi. Masalan, dasturlarda
quyidagilarni ko'rsatish kifoya, ya’ni tayanish aa orqaga tayanishdan
bir tomonga va qarama-qarshi tomonga tebranib o'tishlarni (ularning
barcha xillarini ifodalamasdan).
Chizmali tartibda yozib borish mustaqil va yordamehi ahainivatga
ega bo'lishi mumkin. Chiziq bilan (chiziqchalar) yozish. yarimkonturli
va konturli yozuv qo'llaniladi. Birinchisi eng qulayidir. U
ko'rgazmali va tejamli. Bunday yozuvning qulayligi gimnastikaning
kundalik amaliy ishida qo'l keladi.
Aniq atamali yozuv. Atama qoidalariga amal qilib, har bir
mashqni aniq ifodalashni nazarda tutadi.
Qisqartirilgan yozuv. Ma ’ruza matnlar tuzayotganda sinov va
boshqa mashqlarni yozayotganda qo'llaniladi. Bunday paytlarda
atamala r qisqartirilib yoziladi (ya’ni shartli qisqartmalar qo'l laniladi).
Masalan, be—belgi; Z>/V/A—birikma; ifo—ifodalash; ush—
ushlab turish; yu/p—yuqoridagi poya va boshqalar.
Mashqiarning soni va hisoblar yaqqol ko‘zga tashlanishi uchun
birinchilarini rim raqami, ikkinchilarini esa arab raqamlari bilan
ifodalash afzalroq.
Hozirgi vaqtda gimnastikada kino-videodan foydalanilmoqda.
Plyonkaga tasnifiy dastur, Jahon birinchiligi va Olimpiada o ‘yinlari
suratga tushi r ib ol inadi . 0 ‘q u v -ma s h g ‘ulot ja ra y o n id a video
yordamida yetakchi sportchilarning mashql arni bajarish tasviri
suratga olinadi, soLngra tasvirga qarab, uning bajarilganlik sifati
tahlil qilinadi.
Hoz i r foydalanilayotgan gimnastik a atamala rini u yoki bu
mashq xususiyatini yorqin ifodalaydigan aniq qisqa so‘zlar — a tamalar
bilan boyitish zarur. Bunday oson esda qoladigan atamala r
yordamida sport ishlarini yaxshiroq y o ‘lga q o ‘yish mumkin.
Turishlar: asosiy turish (a.t.)lar saf turishiga mos keladi {11-a rasm).
Turishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib turish (77-b rasm),
oyoqlarni keng kerib turish, o ‘ng oyoqni kerib turish (77-d rasm),
chalishtirib turish, bunda oyoq kaftlari juftlanadi, o ‘ng (chap)
oyoqda erkin turish.
Oyoqlar uchida turishda oyoq uchida (uchlarida) so‘zlari
Do'stlaringiz bilan baham: |