2-variant
1– topshiriq. Gimnastikada atamalarning zarurati.
Reja
Kirish
Gimnastikada atamalarning ahamityai.
Keltirilgan atamalarga talablar.
Atamalarni o’rgatish uslublari va ularni qo’llash qoidalari.
Yakuniy qism
Xulosa
Kirish
Atamalarning ahamiyati
Bilim sohalarida, turli ishlab chiqarish, harakat faoliyatlarida
buyum, hodisa, tushuncha, jarayonlarni qisqacha ifodalash maqsadida
maxsus atamalardan foydalaniladi. Jismoniy tarbiyada,
jumladan, behad ko'p mashqlar qo'llaniladigan gimnastikada atama
juda muhim rol o'ynaydi. Atamalar mashg'ulotlar vaqtida o'qituvchilar
bilan o'quvchilarning o'zaro munosabatlarini yengillashtiradi,
gimnastikaga oid adabiyot nashr qilishda gimnastika mashqlari
ta’rifini soddalashtirishda yordam beradi. Gimnastika atamasi
gimnastikadan boshqa sport turlarida ham keng qo'llaniladi.
Gimnastika mashqlarining aniq nomini bilmasdan turib, uni
o'rganish qiyin. Shu sababli ularni o ‘rgatish jarayonida atamaning
ahamiyati, ayniqsa, kattadir. Qisqacha atama so'zlar harakat
ko'nikmalarini shakllantirishga katta ta’sir ko'rsatadi. Tadqiqotlarning
tasdiqlashicha, shug'ullanuvchilar mashqni bajarish uchun
o'zini o'zi tayyorlashiga yordam beradi, o'quv jaravonini esa yanada
ixcham va maqsadga muvofiq olib borishga vosita bo'ladi.
Gimnastika atamalari — bu gimnastika mashqlari, umurniy
tushunchalari, gimnastika jihozlari, jihozlarining nomlarini qisqacha
ifoda etish uchun qo'llaniladigan maxsus nomlar (atamalar) tarkibi,
shuningdek, atamalar shartli (belgilab qo'yilgan) qisqartirishlarning,
mashqlarni yozish shakllarining tuzilishi hamda ishlatilishi qoidalaridir.
Atama leksikaning bo'limi sifatida shu fanning mazmuni,
nazariyasi va anialiyoti bilan yrqindan bog'liqdir. Gimnastikada
atama deganda, biror harakat yoki tushunchaning qisqacha shartli
nomi tushuniladi. Boshqa sohalardagi kabi, gimnastika atamasi ham
jismoniy tarbiya taraqqiyoti bilan bir qatorda, takomillasha boradi,
chunki amaliyot va fanda qanaqa yangilik paydo bo‘lsa, u tilda
muqarrar aks etib, uni boyita boradi.
Gimnastika atamalogiyasi fttifoqda 1938-yilda joriy etiigan
bo'lib, ms adabiy tili lug‘at fondi asosida qurilgan edi. Shuning
uchun u gimnastika bilan shug‘ullanuvchilarning turli tabaqalariga
anchagina tushunarli va yaqin, shuningdek, ms tilining boshqa tillarga
to‘g‘ri (mashqlar mazmuniga qarab) tarjima qilish imkonini beradi.
Yangi atamaning afzalligi shundan Iborat ediki, atamalar tuzish
va ulami qo‘llashga yangicha yondashildi. Mualliflar atamalar tuzish
tizimini har bir harakatning eng ifodali xususiyatlarini ko‘rsatish
bilangina cheklanib, ayni vaqtda shu harakatni aniq va qisqa ta’riflash
imkonini beradigan qilib belgilashdi.
Sobiq sho‘rolar gimnastika tizimining rivojlana borishi, nazariya
va amaliyotda erishilgan yangi-yangi yutuqlari gimnastika atamasini
yanada takomillashtirishni taqozo qildi. Gimnastika bo‘yicha 1957-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |