Qizilo’ngach
ning doimiy mikroflorasi yo’q yoki juda kam miqdorda bo’lib, bular, asosan, og’iz
bo’shlig’idagi mikroblarning vakillari hisoblanadi.
Me’da
ga ovqat bilan birga hamda og’iz bo’shlig’idan ko’p miqdorda har xil mikroorganizmlar
tushadi, lekin uning mikroflorasi nisbatan ko’p emas: 1 ml me’da suyuqligida 103 mikroblar bo’lib,
ular, asosan, kislotaga chidamli turlardir (laktobakteriyalar, Sarcina ventriculus, Bac. subtilis,
achitqi va boshqalar). Bu biotopga tushuvchi ko’pgina mikroblar me’da kislotasi ta’sirida nobud
bo’ladi, ammo me’da suyuqligining nordonligi doim bir xil bo’lmay, o’zgarib turadi, bu, asosan,
fiziologik sabablar va oziq-ovqatlar turiga bog’liq.
XX asrning 80-yillarida me’dada uchraydigan yana bir mikroorganizm ‘eliobacter turkumiga
mansub ‘.pylori (alloxton mikroorganizm) topildi va u gastrit rivojlanishida asosiy sababchilardan
biri ekanligi tasdiqlandi.
Ingichka ichak
ning
yuqori bo’limlarida mikroorganizmlar me’daga nisbatan kam (1 ml da 102–
103 atrofida) bo’ladi, bunga sabab o’n ikki barmoq ichakka tushadigan o’t moddasining bakteritsid
ta’siri hisoblanadi. Bu yerda, asosan, laktobatsilla, bifidumbakteriya, Str. faecalis va kandidalar
(zamburug’lar) topiladi (autoxton mikroflora). Alloxton mikroorganizmlarga ichak tayoqchasi va
N.pylori lar misol bo’la oladi, bu mikroblar o’n ikki barmoq ichakda yara paydo bo’lishiga olib
keladi.
Mikroorganizmlar ingichka ichakning pastki qismida ko’paya boradi va ular sifat jihatidan
yo’g’on ichak mikroflorasiga yaqin turadi.
Yo’g’on ichak
odam organizmi bioptatlari ichida eng ko’p mikrob tutuvchi joy hisoblanadi. 1 g
najasda 109–1011 ta 500 turdan ortiq mikroorganizm uchraydi. Odam kuniga najas bilan 17ґ1012
mikroblarni tashqariga chiqaradi. Obligat mikrofloraning 98–99% anaerob mikroorganizmlar —
bakteroid, bifidobakteriya, laktobakteriya, fuzobakteriya, peptokokk, klostridiya, korinebakteriya,
peptostreptokokk va boshqalar hisoblanadi. Fakulьtativ anaeroblar — E.coli, Str. faecalis,
Enterobacter, Citrobacter va boshqalar.
Alloxton mikroorganizmlarga quyidagilar kiradi: Proteus, Klebsiella, Cl. perfringes, Cl.
sporogenes, Ps. aeruginosa, C. albicans, Ent. coli va boshqalar.
Odam ichak mikroflorasi hayoti davomida o’zgaradi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning ichagiga
asosiy mikroflora, ona suti orqali tushadi (bifidobakteriya, L. acidop’ilus).
Sun’iy boqiladigan, oyiga yetmay tug’ilgan va nimjon chaqaloqlar ichagi mikrobiotsenozida
bifidumbakteriyalar miqdori kamaygani aniqlangan, buning hisobiga ichak tayoqchasi,
enterokokklar, stafilokokklar va laktobakteriyalar ko’payib ketadi. Sigir suti ichadigan
chaqaloqlarda grammanfiy anaeroblar (enterobakteriya, kokklar) ko’payadi.
Sun’iy ovqatlantiriladigan chaqaloqlarda onasini emgan chaqaloqlarga nisbatan ichak kasalliklari
ko’proq kuzatiladi. Bolalarda me’da-ichak mikroflorasining normal shakllanishi uchun bolani
tug’ilganidan boshlab to 1–2 yoshgacha emizish juda katta ahamiyatga ega.
Щunday qilib, yo’g’on ichak mikroflorasini quyidagi 4 guruhga bo’lish mumkin:
1.Mikrofloraning asosiy massasini spora hosil qilmaydigan qat’iy anaeroblar tashkil etadi,
bularga Bifidobacterium turkumining grammusbat bakteriyalari kiradi. Yo’g’on ichak
mikroflorasining 96–98% bifidobakteriyalar va bakteroidlarga to’g’ri keladi.
2.Ikkinchi guruh grammanfiy E.coli va grammusbat enterokokklar, spora hosil qilmaydigan
Lactobacillus turkumining sut achitqi tayoqchalari, ya’ni fakulьtativ anaeroblardan tashkil topgan.
Ular ulushiga barcha mikroblarning 1–4% to’g’ri keladi.
3.Uchinchi guruhga fakulьtativ anaeroblarning qoldiq mikroflorasidan tashkil topgan (yo’g’on
ichak mikroblarining 0,01–0,001%). Bu guruhga Stap’ylococcus, Proteus, Clostridium,
Pseudomonas, Candida lar misol bo’la oladi.
4.To’rtinchi guruhga Enterobacteriaceae oilasining ichak infektsiyalarini qo’zg’atishi mumkin
bo’lgan doimiy va vaqtincha uchraydigan vakillari (Salmonella, SHigella, Enterobacter va boshqa
turkum a’zolari) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |