Suvni
sanitar-mikrobiologik
tekshirish. Suvning umumiy mikroblar
sonini
aniqlash.
Usulni
mohiyati
tekshirilayotgan
suvni
ikkitadan
kam
bo’lmagan na’munasi 1,0 ml olinib, oziqli
muhitga ekib, o’sgan koloniyalarni sanab
xisoblashga asoslangan. Tadqiqot usulini
bajarilishi – tekshirilayotgan suv yaxshilab
aralashtirilib 1,0 ml dan olingan suvlar
sterillangan Petri kosachasiga ( diametri 90-
100 mm) quyiladi, ustiga 10—12 ml eritilgan,
45 —49°G gacha sovutilgan oziqli agar
quyiladi va yaxshilab suv bilan aralashtiriladi.
So’ngra
ekilgan
materiallar
37°S da
termostatda 24 soatga qo’yiladi. . So’ng har ikkala kosachadagi agar yuzasida va ichida o’sib
chiqqan koloniyalar soni sanaladi, qo’shilib ikkiga bo’linib, suvning 1 ml dagi umumiy mikroblar
soni aniqlanadi (xisoblab topish tuproqning UMS aniqlashga o’xshash, faqat na’muna 1.0 ml
lingani uchun 10 ko’paytirilmaydi)
Natija 1 ml suvda topilgan bakteriyalarni koloniya hosil qiluvchi birligida (KHQB) beriladi.
Umumiy va termotolerant koliform bakteriyalarni membra filьtrlash usulida aniqlash.
Usulni
mohiyati tekshirilayotgan suvni maxsus membrana filьtridan o’tkazilib, laktoza tutuvchi
differentsial muhitda o’stirib, kulьtural va bioximik xususiyatlari bo’yicha identifikatsiya qilishga
asoslangan. Tadqiqot usulini bajarilishi. 3-nomerli membranali filьtr Bunzep kolbasiga o’rnatilgan
Zeytts voronkasiga joylashtirilib, so’ngra vakuum-nasos bilan birlashtiriladi Membranali filьtrlar
oldindan distillangan suvda qaynatilib, sterillanadi.Ichimlik suvlari uchun na’muna 300 -500 ml,
ochiq suv havzasidan olingan toza suv 5, 10, 40, 100, 150 ml hajmda filьtrlanadi. Agap suv
nihoyatda ifloslapgai bo’lsa, filьtrlashdan oldin steril distillangan suv bilan suyultiriladi.
Ichimlik suvni tekshirishda 3 ob’yom 100 ml dan olinadi, har bir ob’yom suv filьtrdan
o’tkaziladi. Filьtrlar Petri kosachasidagi Endo muhiti yuzasiga qo’yiladi va 37°S da termostatda 24
soat saqlanadi. Agar filьtr yusasida 24 soat maboynida koloniyalar o’smasa yoki koliform
bakteriyalarga xos bo’lmagan mog’ar zamburug’lari koloniyasi topilsa, umumiy koliform bakteriya
(UKB) va termotolerant koliform bakteriya (TKB) topilmadi deb natija beriladi.
Agar membrana filьtrda tipik aloxida yotgan laktozamusbat, qizil metal singari yaltiroq, yoki rangsiz
koloniyalar topilsa, har ikkala tip koloniyalar aloxida sanalib ularning UKB va TKB mansubligi aniqlaniladi.
UKB tasdiqlash uchun filtrda 5 tadan kam, lekin 3-4 tadan har bir tipdagi koloniyalardan, TKB ni tasdiqlash
uchun hamma tipik aloxida koloniyalardan 10 tadan oshmagan holda oksidaza aktivligi, Gram usulida
bo’yalishi va laktozani kisota gaz hosil qilib fermentlashi aniqlanadi. Oksidaza testini qo’yishda oksidaza
disklaridan foydalaniladi (dimetil-p-fenilendiamin shimdirilgan filьtr qog’ozi). Membrana filьtrlarda
koloniyalar qalin o’sgan bo’lsa, oksidaza diski to’g’ridan to’g’ri filьtr ustidagi koloniyalarga distillangan suv
bilan namlab qo’yiladi, ko’k ranga kirsa reaktsiya musbat bo’ladi. Agar filьtr yuzasidagi hamma koloniyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |