Nazorat uchun savollar:
Ixtironing yozuviga qo‘yilgan talablar.
Ixtironing mazmuni va ko‘rinish hollari.
Ratsionalizatorlik talabnomasi tushunchasi va mohiyati.
Ratsionalizatorlik talabnomasini tuzish va uning belgisi.
Ratsionalizatorlik talabnomasi qabul qilinmaydigan holatlar.
Ixtirochilik va ratsionalizatorlik ishlarining moliyalashtirilishi.
Vazirliklar korxona va tashkilotlarning ixtirochilik va ratsionalazitorlik ishlari sarf-harajatlari.
Patent axborotlari asosiy manbalarining tavsifi.
Ilmiy-texnikaviy patent mohiyati.
Patent tushunchasining mohiyati.
Mazvu: Ilmiy mavzudagi kurs ishlari (loyihasi), malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini
bajarilishi va rasmiylashtirilishi
Asosiy savollar:
Ilmiy mavzudagi kurs ishlari (loyihasi)ning bajarilishi va unga qo‘yilgan talablar
Bakalavriaturada bitiruv malakaviy ishlarini bajarish va ularning rasmiylashtirilishi
Magistrlik dissertatsiyalarini bajarilishi
Kurs ishlari (loyihasi), bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish tartibi to‘g‘risida
Tayanch tushuncha va iboralar: kurs ishi (loyihasi); himoya; o‘lchamlar; bitiruv malakaviy ishi; ilmiy rahbar; DAK; reyting tizimi; tushuntirish xati; tarkibiy qism, MD, Nizom, talabalar huquqlari va majburiyatlari, MD ilmiy rahbarlari, ilmiy-tadqiqot, rasmiylashtirish, himoya tartibi.
Ilmiy mavzudagi kurs ishlari (loyihasi)ning bajarilishi va unga qo‘yilgan talablar
Talabalar o‘zlarining tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha shu ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv dasturi asosida tahsil davrida bir nechta kurs ishlari (loyihasi)ni bajaradilar.
Kurs ishini (loyihasini) bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda ishlab chiqarishda ishlashga tayyorlanadi. Shuning uchun ham kurs ishining (loyihasining) vazifalari talabalarning ma’lum kurs bo‘yicha olgan bilimlarini kompleks har xil muammolarini yechishda qo‘llashni hamda hozirgi ilmiy-texnik yutuqlardan foydalangan holda amaliy vazifalarni yechimini o‘rganadi.
Kurs ishi mavzusi berilishidan oldin talabalarga kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan topshiriq blankasi beriladi. Unda talabaning guruhi, familiya ismi-sharifi, kurs ishi mavzusi va shu mavzu asosida rejalari keltirib o‘tiladi. Shu asosda talabalar kurs ishini bajarishda ko‘pgina o‘quv adabiyotlari, statistik ma’lumotlar, kartografik, internet ma’luotlari va boshqa turli-tuman materiallar asosida yoziladi.
Fan yuzasidan bajariladigan kurs ishining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari quyidagilardan iborat:
talabalarning ushbu fan bo‘yicha ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlardan olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish;
talabalarda turli o‘quv adabiyotlari, kartografik materiallar va boshqa xilma-xil manbalar ustida mustaqil hamda erkin ishlash malakasini hosil qilish;
talabalarda paydo bo‘la boshlagan, o‘rganayotgan masalalarni mustaqil ravishda, yozma holda bayon etish, karta-sxemalar, diagrammalar, jadvallar tuzish va hisoblashlar kabi malakalarni rivojlantirish;
talabalarda ilmiy ishlarga bo‘lgan qiziqishlarni uyg‘otish va ilmiy ish bilan shug‘ullanish usullarni o‘rgatish.
Fanlar bo‘yicha kurs ishini bajarish ishlari quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |