Korxonaning o’z mablag’lari (xususiy kapital) haqida tushuncha.
Korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari xususiy kapital, maqsadli tushumlar xamda kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralardan iborat.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq korxonaning xususiy kapi-tali: ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydadan tarkib
topadi.
Ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasidagi) yig‘indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijrochi organining qaroriga
ko‘ra baholanadi va hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |