Kreditor qarzlar – bu korxonalarning mol yetkazib beruvchilarga olgan material-lari uchun, pudratchilarga ular tomonidan bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar hamda boshqa muomalalar bo‘yicha paydo bo‘ladigan qarzlardir.
Korxona majburiyatlari – bu budjetga va budjetdan tashqari fondlarga o‘tkazila-digan ajratma va soliq summalari, ishchi va xizmatchilarga (jamoa xo‘jaligi a’zolariga) beriladigan ish (mehnat) haqi summasi va boshqalardir.
Mavzu-3. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi
Reja :
1. Buxgalteriya hisobining predmeti
2. Buxgalteriya hisobining metodi to“g“risida tushuncha
3. Buxgalteriya hisobining uslub(Metod)lari
Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini kuzatish, boshqarish hamda nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi.
Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi)ga moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) hamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazib berish bilan band bo‘lgan (savdo va umumiy ovqatlanish) tarmoqlari kiradi.
Buxgalteriya hisobi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda metodlari asosida o‘z oldidagi vazifalarni to‘la–to‘kis yechib berish uchun maxsus usullarni o‘z ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida o‘rganiladi.
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalar kapitallarining mavjudligi va harakatini aks ettirgan holda qayd qilinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida ularning o‘zgarishini ko‘rsatib, buxgalteriya hisobi mulkning rivojlanishini tavsiflaydi va shu bilan ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish haqida zarur ko‘rsatkichlarni beradi.
Buxgalteriya hisobi iqtisodiyotdagi har bir korxona, tashkilot muassasa, uyushmalarda yuritilib, ularning xo‘jalik faoliyatini to‘liq yoritib beradi. jamlanib, butun iqtisodiyot bo‘yicha ma’lumotlar olinadi, natijada ular faoliyati ustidan nazorat va boshqaruv olib boriladi. Korxona, tashkilot muassasa, uyushmalar buxgalteriya hisobini 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga asoslanib olib boriladi. Korxonalar buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini uzluksiz, yoppasiga kuzatib, hujjatlashtirib, olingan ma’lumotlarni baholash orqali schyotlar tizimida ikki yoqlamayozuv yordamida aks ettiradi, hamda hisob ma’lumotlari xaqikiyligini inventarizasiya yordamida tekshirib, aniq va to‘g‘ri hisob ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi.
Buxgalteriya hisobining predmeti – korxonani xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq, to‘g‘ri aks ettirib borishdir.
Yuqoridalardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining predmeti - takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati va ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |