Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralarga xarajatlar va to‘lovlarni xarajatlarga bir tekisda qo‘shish uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan zaxiralar kiradi.
Korxona majburiyatlari va ularning turlari.
Korxonaga chetdan jalb qilingan yoki qarzga olingan mablag‘lar manbalariga bank kreditlari(ssudalari), kreditor qarzlar va korxonaning boshqa majburiyatlari kiradi.
Bank kreditlari (ssudalari) – bu korxonalarning qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan talabini qondirish uchun korxonaga ma’lum muddatga berilgan davlat mablag‘laridir. Bank ssudalari qat’iy maqsadli ehtiyoj uchun beriladi va belgilangan muddatida qaytarilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |