Mavzu-5. Buxgalteriya hisobining tamoyillari
Reja :
1. Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari
2. BHMS ga asosan buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari
3. Buxgalteriya hisobining tamoyillari to“g“risida tushuncha
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning oltinchi moddasiga binoan buxgalteriya hisobining 11ta, “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” nomli BHMSga ko‘ra 18ta tamoyil (prinsip)lari mavjud.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga binoan buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir:
– buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usuli yuritish;
– uzluksizlik;
– xo‘jalik operasiyalari, aktivlar va passivlarni pulda baholanishi;
– aniqlik;
– hisoblash;
– oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik);
– mazmunning shakldan ustunligi;
– ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;
– moliyaviy hisobotning betarafligi;
– hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;
– aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” nomli BHMSga binoan buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir:
– hisoblash;
– ikki yoqlama yozuv usulida hisob kitobni yuritish;
– uzluksizlik;
– xo‘jalik operasiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baxolash;
– ishonchlilik;
– extiyotkorlik;
– mazmunning shakldan uzunligi;
– ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi;
– moliyaviy hisobotdagi betaraflik;
– hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi;
– aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;
– tushunarlilik;
– ahamiyatlilik;
– jiddiylik;
– haqqoniy va xolis taqdim;
– tugallanganlik;
– izchillik;
– o‘z vaqtida taqdim etish;
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan moliyaviy hisobot barcha foydalanuvchilarning korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyati haqida to‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosa chiqarishni ta’minlaydi
Hisoblash – daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va kelgan davrda tushishi yoki paydo bo‘lishiga qarab (pul mablag‘larini olish yoki to‘lash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish – bitta operasiya bo‘yicha bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita hisobvaraqlarida - bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi.
Uzluksizlik – xo‘jalik yurituvchi sub’yekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan sub’yekt deb hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi.
Xo‘jalik operasiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash – barcha operasiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni umumlashtirish maqsadida pul bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |