Uzoq muddatli aktivlar xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida uzoq
muddatda qatnashuvchi (12 oydan ortiq) va investitsiyaga yo'naltirish maqsadida
ushlab turilgan hamda hisobot kunidan boshlab 12 oydan ortiq muddatda sotilishi
mumkin bo4lmagan aktivlardir. Ulaming tarkibiga asosiy vositalar, nomoddiy
aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar, kapital qo’yilmalar. o’rnatila-digan asobob-uskunalar, moliyaviy ijara kiradi.
Joriy (aylanma) aktivlar qayta, takroriy sotish maqsadida yoki qisqa
muddatda ushlab turilgan va undan hisobot kunidan keyingi 12 oy mobaynida
foydalanish kutilayotgan aktivlarga aytiladi. Ulaming tarkibiga tovar-moddiy
zaxiralar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, pul mablag'lari,
qisqa muddatli moliyaviy qo'yilmalar hamda joriy debitorlik qarzlari kiritiladL
Do'stlaringiz bilan baham: |