Mavzu yuzasidan savollar
1.Tanqidiy tafakkur qachon va qayerda rivojlangan
2. Tanqidiy tafakkur elementlarini aytib bering
3. Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish bosqichlari
4. Tanqidiy tafakkurni rivojlantirishnig interfaol metodlari.
19-mavzu. Pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismlari.
Reja
1. Pedagogik motivlar
2. O`qituvchi va o`quvchi faoliyati
3. Pedagogik jarayonga tayyorgarlik
4. Pedagogik texnologiya natijalari
Malumki, inson hamma sohada biror maqsadga erishish maqsadida o`zi uchun maqul bo`lgan yo`l, usul, vositalardan foydalanib, zarur faoliyatni amalga oshiradi. Demak, avval maqsad paydo bo`lsa, keyin shunga muvofiq, mavjud imkoniyatlarga suyangan holldagi faoliyat kelib chiqadi.
Bundan ko`rinadiki, maqsad har bir ishning sababi va so`nggi natijasini belgilaydi. Lekin aytish kerakki, maqsadning o`zi malum sabablar asosida shakllanadi. Bunday sabablar ehtiyoj deyiladi. Agar ehtiyoj paydo bo`lsa, maqsad kelib chiqadi va shu maqsad faoliyatga sabab bo`ladi.
Etiyoj va maqsadni umumiy nom bilan motivlar deb ataladi. Bundan esa har bir faoliyat motivlar asosida kelib chiqishi va shu motivlarga muvofiq, davom etishi hamda so`nggi natijaga erishish ko`zda tutiladi.
Pedagogik texnologiyada motivlar jarayonni keltirib chiqaradi va shu jarayonning natijasiga olib keladi. Bundan esa pedagogik texnologiyani motivlar, jarayon va natijadan iborat uchta tarkibiy qismlarga ajratib tahlil qilish imkoniyati hosil bo`ladi.
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaNING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa
|
|
|
|
|
MOTIV
|
JARAYoN
|
NATIJA
|
|
|
|
|
EHTIYoJ, MANFAAT, MAQSAD, QIZIQISh, HAAS
|
VOSITA, Yo`L, USUL, FAOLTYaT
|
TALIM, TARBIYa
|
Bu sxemadan yuqorida aytilgan uchta tarkibiy qismning har birini yana ham aniqroq tahlil qilish maqsadga muvofiqligi ko`rinib turibdi. Shu nuqai nazardan pedagogik motivlar kimlar tomonidan va qanday mazmunda ilgari surilishini ko`riь chiqishimiz mumkin.
PEDAGOGIK MOTIVLAR
Pedagogik texnologiya o`z vazifasi bo`lgan ijtimoiy buyurtmani bajarib, jamiyat, ota-ona, o`qituvchi, o`quvchining eqtiyoj, manfaat, maqsadlariga muvofiq, bo`lgan motivlarni qondirishga xizmat qiladi. Bu motivlar o`ziga xos bog`liqliklarga ega bo`lib, ular quyidagi sxemada ko`rsatilgan.
PEDAGOGIK MOTIVLARNING O`ZARO BOG`LIQLIKLARI
O`QITUVChI VA O`QUVChI FAOLIYaTI
Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni o`quv-tarbiya mashg`ulotlari, yani o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasidagi pedagogik muloqot ko`rinishida amalga oshiriladi. Bu muloqot davomida ularning har biri malum faoliyat turlarini amalga oshiradilar. Ularning ushbu faoliyatlari bevosita pedagogik texnologiyaning asosiy jarayonini hosil qiladi. Buni sxema ko`rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin.
3- sxema
Pedagogik texnologiya asosiy jarayoni ishtirokchilarining faoliyat
turlari
Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni o`qituvchi uchun so`zlash, krsatish, topshiriqlar berish, nazorat qilish (tushuntirish, rahbarlik qilish) orqali mustaqil bilim olish va fikrlashga o`rgatishdan, o`quvchi uchun esa diqqatni jamlagan holda tinglash, kuzatish, topshiriqlar bajarish (tushunish, o`zlashtirish) orqali mustaqil bilim olish va fikrlashga o`rganishdan iborat.
Bu sxemadan ko`rinib turibdiki, o`qituvchi rahbarligida o`quvchi o`zi bilim oladi, o`rganadi, o`zlashtiradi, mustaqil fikrlash ko`nikmalarini egallaydi.
PEDAGOGIK JARAYoNGA TAYYoRGARLIK
Pedagogik texnologiya jarayoni serqirra bo`lib, unga tayyorgarlik ham o`ziga xos bosqichlardan iborat. Ularni qisqacha ifodalash uchun quyidagi sxemadan foydalanish mumkin.
Pedagogik texnologiya jarayoniga tayyorgarlik bosqichlari
|
a
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
maqsadlar
|
Mazmun, standart
|
Rejalar, dasturlar
|
Vositalarning tayyorligi
|
O`quvchilarning tayyorligi
|
O`qituvchining tayyorligi
|
Metod, yo`l, usllarni tanlash
|
Boshqaruv
|
nazorat
|
Pedagogik texnologiya jarayoniga tayyorgarlik ishlarining asosiy bosqichlari
Ushbu sxemadagi har bir tushuncha o`z tarkibiga tegishli keng mazmunga ega ekanligi malum. Ularning har biri alohida mavzularni tashkil qiladi.
Bu masala yuzasidan ayrim fikrlarni bayon qilamiz. Bular pedagogik texnolagiyaning asosiy jarayoni ishtirokchilari tarkibi, bu jarayonga xizmat ko`rsatuvchilar tarkibi hamda qo`llanadigan vositalarning asosiy turlariga tegishli bo`lib, ularni quyidagi sxema ko`rinishida ifodapash mumkin:
5-sxema
Pedagogik texnologiya asosiy jarayoni ishtirokchilarining faoloiyat
turlari
Pedagogik texnologiya asosiy jarayoni ishtirokchilari
|
|
|
|
|
O`qituvchi
|
o`quvchi
|
Metodist - texnolog
|
Bu sxemada metodist-texnolog degan atamaning qo`llanishi pedagogik texnologiya atamasini qo`llash munosabati bilan mantiqan kelib chiqadi deb, hisoblash mumkin. Chunki xususiy metodikalar asosida o`qitish davrida metodist faoliyati makqsadga muvofiq bo`lgan edi. Hozirda esa pedagogik texnologiyalar joriy etilishi munosabati bilan ularni aniqlash, o`rganish, tahlil qilish, baholash, rivojlantirish, umumlashtirish, ommalashtirish, yangilarini yaratish faoliyatlari bilan shug`ullanuvchi mutaxassisni shu texnologiya mutaxassisi sifatida texnolog deb atash mantiqan to`g`ri bo`ladi.
Quyidagi sxemada esa pedagogik texnologiya jarayonini tashkil qilish va olib borishni taminlovchi asosiy xizmat turlari ko`rsatilgan:
Pedagogik texnologiya jarayoniga xizmat ko`rsatuvchilar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Metodik va malaka oshirish xizmati
|
Talim menejmenti
|
taminot
|
marketing
|
diagnostika
|
monitoring
|
nazorat
|
Pedagogik texnologiya jarayonining asosiy xususiyatlarini qisqacha bayon kilish shu jarayonda qshllanadigan vositalarni ham eslatib o`tishni talab qiladi. Bu vositalarning asosiy turlarini umumlashtirgan holda quyidagicha nomlash mumkin:
7 - sxema
Pedagogik texnologiyani qo`llash vositalari
|
|
|
|
|
|
og`zaki
|
yozma
|
ko`rgazmali
|
texnikaviy
|
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa NATIJALARI
Pedagogik texnologiya natijalari uning barcha ishtirokchilariga tegishli bo`lib, quyidagi sxemada eng asosiy ishtirokchilar bo`lgan o`qituvchi va o`quvchi uchun tegishli jihatlari qisqacha ko`rsatilgan:
8 - sxema
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa NATIJALARI
|
|
|
|
o`qituvchi
|
|
o`quvchi
|
|
|
|
Davlat talim standartlarini bajarish, pedagogik malaka, ko`nikma, mahoratning ortishi, ijodiy o`sish
|
|
Bilimlilik, tarbiyalanganlik, mustaqil fikrlash, mustaqil hayotga tayyorgarlik
|
|
|
|
raqobatbardoshlik
|
Bu sxemadan pedagogik texnologiya natijasining eng asosiy ko`rsatkichi o`quvchi hamda o`qituvchi uchun rakrbatbardoshlikni taminlash ekanligi ko`rinib turibdi. Ularning raqobatbardoshligiga erishish orqali esa maktabning, pedagogik jamoaning raqobatbardoshligi taminlanadi.
Pedagogik texnologiya natijalarini nomlashda boshqa texnologiyalarga taqlidan bazan mahsulot deb atash hollari uchraydi. Bizningcha, bunday natijani ijtimoiy sohadagi pedagogik mahsulot yoki pedagogik natija deb nomlash mumkin.
Shu bilan birga, aytish kerakki, oliy talim bosqichida bu masala hal bo`lganligi, yani bu talim bosqichlarining yakuniy mahsuloti bakalavr hamda magistr deb nomlanishi malum. Lekin talim sohasidagi qolgan quyi bosqichlarning yakuniy mahsulotlari uchun hozirda tegishli nomlar belgilanmagan bo`lib, bu masala o`z yechimini kutmoqda.
Agar o`qituvchining tayyorgarligi, yani uning bilimdonligi hamda pedagogik mahorati doimo talab darajasida hamda o`quvchining qiziqishi, diqqatini jamlashi va eslab krlishi doimo yuqori darajada bo`lganda edi, talim-tarbiya jarayonida istalgan usuldan foydalanganda ham yuqori natijaga erishish mumkin edi. Lekin bu ko`rsatkichlar tez o`zgaruvchan bo`lib, pedagogik jarayonni ana shu o`zgarishlarni hisobga olgan holda olib borish eng zarur shartlardan hisoblanadi. Aks hoda talim- tarbiya jarayonidan ko`zlangan maqsadga erishib bo`lmaydi.
Shuning uchun talim-tarbiya jarayonining turli shakl va usullari qadimdan paydo bo`lgan va hozirgacha takomillashtirib kelinmoqda. Bu shakl va usullarning har biri yuqorida aytilgan yagona asosiy maqsadga intilgani holda, aslida esa uni ko`zda tutilganga nisbatan kamroq darajada, yani malum biror yunalishda hamda mavjud imkoniyatlarga muvofiq darajada bajarishga erishilmokda.
Bundan ko`rinadiki, har bir shakl va usuldagi pedagogik jarayon malum afzalliklar bilan bir qatorda yetishmovchiliklarga ham ega.
Shu munosabat bilan ilg`or pedagogik texnologiyalarga hamma davrlarda ham jiddiy eqtiyoj mavjud bo`lgan. Ular orasida turli maqsadlar uchun qulay, noqulay, samarali, kam samarali yoki samarasiz talim-tarbiya texnologiyalari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |