Va inregrasiy



Download 5,83 Mb.
bet68/90
Sana01.05.2022
Hajmi5,83 Mb.
#601183
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90
Bog'liq
Pedagogika maruza

Mavzu yuzasidan savollar
1.Tanqidiy tafakkur qachon va qayerda rivojlangan
2. Tanqidiy tafakkur elementlarini aytib bering
3. Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish bosqichlari
4. Tanqidiy tafakkurni rivojlantirishnig interfaol metodlari.


19-mavzu. Pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismlari.
Reja
1. Pedagogik motivlar
2. O`qituvchi va o`quvchi faoliyati
3. Pedagogik jarayonga tayyorgarlik
4. Pedagogik texnologiya natijalari

Ma’lumki, inson hamma sohada biror maqsadga erishish maqsadida o`zi uchun ma’qul bo`lgan yo`l, usul, vositalardan foydalanib, zarur faoliyatni amalga oshiradi. Demak, avval maqsad paydo bo`lsa, keyin shunga muvofiq, mavjud imkoniyatlarga suyangan holldagi faoliyat kelib chiqadi.
Bundan ko`rinadiki, maqsad har bir ishning sababi va so`nggi natijasini belgilaydi. Lekin aytish kerakki, maqsadning o`zi ma’lum sabablar asosida shakllanadi. Bunday sabablar ehtiyoj deyiladi. Agar ehtiyoj paydo bo`lsa, maqsad kelib chiqadi va shu maqsad faoliyatga sabab bo`ladi.
Etiyoj va maqsadni umumiy nom bilan motivlar deb ataladi. Bundan esa har bir faoliyat motivlar asosida kelib chiqishi va shu motivlarga muvofiq, davom etishi hamda so`nggi natijaga erishish ko`zda tutiladi.
Pedagogik texnologiyada motivlar jarayonni keltirib chiqaradi va shu jarayonning natijasiga olib keladi. Bundan esa pedagogik texnologiyani motivlar, jarayon va natijadan iborat uchta tarkibiy qismlarga ajratib tahlil qilish imkoniyati hosil bo`ladi.


PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaNING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa













MOTIV

JARAYoN

NATIJA













EHTIYoJ, MANFAAT, MAQSAD, QIZIQISh, HAAS

VOSITA, Yo`L, USUL, FAOLTYaT

TA’LIM, TARBIYa

Bu sxemadan yuqorida aytilgan uchta tarkibiy qismning har birini yana ham aniqroq tahlil qilish maqsadga muvofiqligi ko`rinib turibdi. Shu nuqai nazardan pedagogik motivlar kimlar tomonidan va qanday mazmunda ilgari surilishini ko`riь chiqishimiz mumkin.


PEDAGOGIK MOTIVLAR
Pedagogik texnologiya o`z vazifasi bo`lgan ijtimoiy buyurtmani bajarib, jamiyat, ota-ona, o`qituvchi, o`quvchining eqtiyoj, manfaat, maqsadlariga muvofiq, bo`lgan motivlarni qondirishga xizmat qiladi. Bu motivlar o`ziga xos bog`liqliklarga ega bo`lib, ular quyidagi sxemada ko`rsatilgan.
PEDAGOGIK MOTIVLARNING O`ZARO BOG`LIQLIKLARI



O`QITUVChI VA O`QUVChI FAOLIYaTI
Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni o`quv-tarbiya mashg`ulotlari, ya’ni o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasidagi peda­gogik muloqot ko`rinishida amalga oshiriladi. Bu muloqot davomida ularning har biri ma’lum faoliyat turlarini amalga oshiradilar. Ularning ushbu faoliyatlari bevosita pedagogik texnologiyaning asosiy jarayonini hosil qiladi. Buni sxema ko`rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin.

3- sxema
Pedagogik texnologiya asosiy jarayoni ishtirokchilarining faoliyat
turlari


Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni o`qituvchi uchun so`zlash, krsatish, topshiriqlar berish, nazorat qilish (tushuntirish, rahbarlik qilish) orqali mustaqil bilim olish va fikrlashga o`rgatishdan, o`quvchi uchun esa diqqatni jamlagan holda tinglash, kuzatish, topshiriqlar bajarish (tushunish, o`zlashtirish) orqali mustaqil bilim olish va fikrlashga o`rganishdan iborat.


Bu sxemadan ko`rinib turibdiki, o`qituvchi rahbarligida o`quvchi o`zi bilim oladi, o`rganadi, o`zlashtiradi, mustaqil fikrlash ko`nikmalarini egallaydi.

PEDAGOGIK JARAYoNGA TAYYoRGARLIK
Pedagogik texnologiya jarayoni serqirra bo`lib, unga tayyorgarlik ham o`ziga xos bosqichlardan iborat. Ularni qisqacha ifodalash uchun quyidagi sxemadan foydalanish mumkin.

Pedagogik texnologiya jarayoniga tayyorgarlik bosqichlari

a




























maqsadlar

Mazmun, standart

Rejalar, dasturlar

Vositalarning tayyorligi

O`quvchilarning tayyorligi

O`qituvchining tayyorligi

Metod, yo`l, usllarni tanlash

Boshqaruv

nazorat


Pedagogik texnologiya jarayoniga tayyorgarlik ishlarining asosiy bosqichlari



Ushbu sxemadagi har bir tushuncha o`z tarkibiga tegishli keng mazmunga ega ekanligi ma’lum. Ularning har biri alohida mavzularni tashkil qiladi.
Bu masala yuzasidan ayrim fikrlarni bayon qilamiz. Bular pedagogik texnolagiyaning asosiy jarayoni ishtirokchilari tarkibi, bu jarayonga xizmat ko`rsatuvchilar tarkibi hamda qo`llanadigan vositalarning asosiy turlariga tegishli bo`lib, ularni quyidagi sxema ko`rinishida ifodapash mumkin:
5-sxema
Pedagogik texnologiya asosiy jarayoni ishtirokchilarining faoloiyat
turlari

Pedagogik texnologiya asosiy jarayoni ishtirokchilari













O`qituvchi

o`quvchi

Metodist - texnolog



Bu sxemada metodist-texnolog degan atamaning qo`llanishi pedagogik texnologiya atamasini qo`llash munosabati bilan mantiqan kelib chiqadi deb, hisoblash mumkin. Chunki xususiy metodikalar asosida o`qitish davrida metodist faoliyati makqsadga muvofiq bo`lgan edi. Hozirda esa pedagogik texnologiyalar joriy etilishi munosabati bilan ularni aniqlash, o`rganish, tahlil qilish, baholash, rivojlantirish, umumlashtirish, ommalashtirish, yangilarini yaratish faoliyatlari bilan shug`ullanuvchi mutaxassisni shu texnologiya mutaxassisi sifatida texnolog deb atash mantiqan to`g`ri bo`ladi.
Quyidagi sxemada esa pedagogik texnologiya jarayonini tashkil qilish va olib borishni ta’minlovchi asosiy xizmat turlari ko`rsatilgan:

Pedagogik texnologiya jarayoniga xizmat ko`rsatuvchilar

























Metodik va malaka oshirish xizmati

Ta’lim menejmenti

ta’minot

marketing

diagnostika

monitoring

nazorat



Pedagogik texnologiya jarayonining asosiy xususiyatlarini qisqacha bayon kilish shu jarayonda qshllanadigan vositalarni ham eslatib o`tishni talab qiladi. Bu vositalarning asosiy turlarini umumlashtirgan holda quyidagicha nomlash mumkin:
7 - sxema



Pedagogik texnologiyani qo`llash vositalari
















og`zaki

yozma

ko`rgazmali

texnikaviy

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa NATIJALARI
Pedagogik texnologiya natijalari uning barcha ishtirokchilariga tegishli bo`lib, quyidagi sxemada eng asosiy ishtirokchilar bo`lgan o`qituvchi va o`quvchi uchun tegishli jihatlari qisqacha ko`rsatilgan:
8 - sxema



PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa NATIJALARI












o`qituvchi




o`quvchi










Davlat ta’lim standartlarini bajarish, pedagogik malaka, ko`nikma, mahoratning ortishi, ijodiy o`sish




Bilimlilik, tarbiyalanganlik, mustaqil fikrlash, mustaqil hayotga tayyorgarlik










raqobatbardoshlik

Bu sxemadan pedagogik texnologiya natijasining eng asosiy ko`rsatkichi o`quvchi hamda o`qituvchi uchun rakrbatbardoshlikni ta’minlash ekanligi ko`rinib turibdi. Ularning raqobatbardoshligiga erishish orqali esa maktabning, pedagogik jamoaning raqobatbardoshligi ta’minlanadi.
Pedagogik texnologiya natijalarini nomlashda boshqa texnologiyalarga taqlidan ba’zan mahsulot deb atash hollari uchraydi. Bizningcha, bunday natijani ijtimoiy sohadagi pe­dagogik mahsulot yoki pedagogik natija deb nomlash mumkin.
Shu bilan birga, aytish kerakki, oliy ta’lim bosqichida bu masala hal bo`lganligi, ya’ni bu ta’lim bosqichlarining yakuniy mahsuloti bakalavr hamda magistr deb nomlanishi ma’lum. Lekin ta’lim sohasidagi qolgan quyi bosqichlarning yakuniy mahsulotlari uchun hozirda tegishli nomlar belgilanmagan bo`lib, bu masala o`z yechimini kutmoqda.
Agar o`qituvchining tayyorgarligi, ya’ni uning bilimdonligi hamda pedagogik mahorati doimo talab darajasida hamda o`quvchining qiziqishi, diqqatini jamlashi va eslab krlishi doimo yuqori darajada bo`lganda edi, ta’lim-tarbiya jarayonida istalgan usuldan foydalanganda ham yuqori natijaga erishish mumkin edi. Lekin bu ko`rsatkichlar tez o`zgaruvchan bo`lib, pedagogik jarayonni ana shu o`zgarishlarni hisobga olgan holda olib borish eng zarur shartlardan hisoblanadi. Aks hoda ta’lim- tarbiya jarayonidan ko`zlangan maqsadga erishib bo`lmaydi.
Shuning uchun ta’lim-tarbiya jarayonining turli shakl va usullari qadimdan paydo bo`lgan va hozirgacha takomillashtirib kelinmoqda. Bu shakl va usullarning har biri yuqorida aytilgan yagona asosiy maqsadga intilgani holda, aslida esa uni ko`zda tutilganga nisbatan kamroq darajada, ya’ni ma’lum biror yunalishda hamda mavjud imkoniyatlarga muvofiq darajada bajarishga erishilmokda.
Bundan ko`rinadiki, har bir shakl va usuldagi pedagogik jarayon ma’lum afzalliklar bilan bir qatorda yetishmovchiliklarga ham ega.
Shu munosabat bilan ilg`or pedagogik texnologiyalarga hamma davrlarda ham jiddiy eqtiyoj mavjud bo`lgan. Ular orasida turli maqsadlar uchun qulay, noqulay, samarali, kam samarali yoki samarasiz ta’lim-tarbiya texnologiyalari uchraydi.



Download 5,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish