Nazorat uchun savollar:
1. Shaxsga yo`naltirilgan talim tushunchasi qanday manoni anglatadi?
2. Shaxsga yo`naltirilgan talim qanday didaktik xarakterga ega?
3. Shaxsga yo`naltirilgan talimning qanday turlari mavjud?
4. Innovatsion talim nima?
5. Innovatsion talim texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?
6. Talim innovatsiyalarining qanday turlari mavjud?
7. Pedagogning innovatsion faoliyati qanday belgilar asosida namoyon bo`ladi?
8. Pedagogik innovatsion faoliyat aynan nimalarda namoyon bo`ladi?
9. Innovatsion jarayonlarni tashkil etishda qanday yondoshuvlar ko`zga tashlanadi?
21 mavzu:Tarbiya tizimida innovatsiyalar
Reja
1.Tarbiya jarayonida pedagogik tizim.
2.Tarbiya jarayonining o`ziga xosligi.
3. O`qituvchining pedagogik faoliyati.
Asosiy tushunchalar: innovatsiya, interaktiv, innovatsion texnologiya, interaktiv metodlar.
O`zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinligini kafolatlovchi jamiyatni manaviy yangilaydigan ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantiradigan va uni jahon hamjamiyati darajasiga ko`tarib, uzviylikni taminlaydigan ochiq demokratik huquqiy davlat qurmoqda.
O`zbekiston taraqqiyotida xalqning boy manaviy salohiyoti va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so`nggi yutuqlariga asoslangan mukammal talim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o`zlashtirish zarurligi alohida takidlab o`tilgan.
Malumki pedagogikada o`quvchilarning talim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir necha o`qitish uslublari ishlab chiqilgan; muammoli o`qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o`yinlar, rollar bajarish, mavzuiy o`qitish va hokazo. Ammo ular xalq talimi tizimida keng qo`llaniladi deb bo`lmaydi. Bizning fikrimizcha, buning sababi har bir mashg`ulotga tayyorgarlik pedagogik izlanishni ko`zda tutishni, yuksak kasbiy mahoratni, ijodiy yondashuv va ko`p vaqt sarflashni talab qiladi. Odatda, har bir bunday mashg`ulot stsenariysi o`ziga xos xususiyatga ega va takrorlanmasdir.
Talimda og`zaki - ko`rgazmali yondashuv juda katta tajribaga ega va qismlarga ajratilib ishlab chiqilgan bo`lib, talim tizimida ulkan xizmat ko`rsatdi, biroz bo`lsa-da, takomillashuvni davom ettirmoqda, ammo bu takomillashuv yondashuvning qonuniyatlari doirasida cheklangandir. Jadal suratlar bilan o`sib borayotgan fan va texnika talablari talim tizimidagi islohotlar raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning malumot olish istaklarini qondirishga bo`lgan jamiyat ehtiyojlari hamda o`qitish uslublari o`rtasida ziddiyatlar tug`ilishiga olib keladi.
O`zbekiston pedagoglari pedagogik texnologiya bilan yetarlicha tanish emaslar. Albatta bu holatni tuzatishga jiddiy etibor qaratish zarur. Ko`p
O`zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinligini kafolatlovchi jamiyatni manaviy yangilaydigan ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantiradigan va uni jahon hamjamiyati darajasiga ko`tarib, uzviylikni taminlaydigan ochiq demokratik huquqiy davlat qurmoqda.
O`zbekiston taraqqiyotida xalqning boy manaviy salohiyoti va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so`nggi yutuqlariga asoslangan mukammal talim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o`zlashtirish zarurligi alohida takidlab o`tilgan.
Malumki pedagogikada o`quvchilarning talim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir necha o`qitish uslublari ishlab chiqilgan; muammoli o`qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o`yinlar, rollar bajarish, mavzuiy o`qitish va hokazo. Ammo ular xalq talimi tizimida keng qo`llaniladi deb bo`lmaydi. Bizning fikrimizcha, buning sababi har bir mashg`ulotga tayyorgarlik pedagogik izlanishni ko`zda tutishni, yuksak kasbiy mahoratni, ijodiy yondashuv va ko`p vaqt sarflashni talab qiladi. Odatda, har bir bunday mashg`ulot stsenariysi o`ziga xos xususiyatga ega va takrorlanmasdir.
Talimda og`zaki - ko`rgazmali yondashuv juda katta tajribaga ega va qismlarga ajratilib ishlab chiqilgan bo`lib, talim tizimida ulkan xizmat ko`rsatdi, biroz bo`lsa-da, takomillashuvni davom ettirmoqda, ammo bu takomillashuv yondashuvning qonuniyatlari doirasida cheklangandir. Jadal suratlar bilan o`sib borayotgan fan va texnika talablari talim tizimidagi islohotlar raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning malumot olish istaklarini qondirishga bo`lgan jamiyat ehtiyojlari hamda o`qitish uslublari o`rtasida ziddiyatlar tug`ilishiga olib keladi.
O`zbekiston pedagoglari pedagogik texnologiya bilan yetarlicha tanish emaslar. Albatta bu holatni tuzatishga jiddiy etibor qaratish zarur. Ko`p samarali erishuvni taminlovchi vositalar majmuasini ko`rib chiqadi. Shu bois professor-o`qituvchilar uchun har tomonlama rivojlangan yuqori intellektual va manaviy barkamol fuqaro shaxsini shakllantirishga qaratilgan o`quvchilarni hukumat siyosatiga muvofiq tarbiyalash texnologiyalarini egallashi dolzarbdir.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14 sessiyasida Prezident I.A.Karimov o`z nutqida «Bizning oldimizda ozod fuqaro shaxsining manaviyatini boshqacha aytganda, ozod har tomonlama rivojlangan, o`z huquqlarini yaxshi biladigan, kuchi va qobiliyatiga tayanadigan, atrofdagi hodisalarga, o`zining mustaqil fikr va munosabati mavjud, o`z manfaatlarini Vatan va xalq manfaatlari bilan uyg`unlashtiradigan shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi» deb takidlagan edi.
Talim va tarbiya jurnalining 1996 yil 1 sonida elon qilingan «Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida bo`lg`usi mutaxassislarning umumiy va kasbiy madaniyatini shakllantirish bo`yicha jamlama tarbiyaviy ishlar rejasi» tarbiyaviy ishlarni dasturlashga misol bo`la oladi. Ushbu dastur oliy va o`rta maxsus talim vazirligi o`quv yurtlari olimlari va pedagoglari guruhining mehnati mahsulidir. Uning asosi etib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O`zbekiston daxlsizligini mustahkamlash, uning buyuk kelajagini barpo etish, har bir o`quvchini ko`p qirrali barkamol va Vatanning yuksak g`oyalariga sodiq shaxs sifatida tarbiyalash haqidagi ko`rsatmalari olingan.
Dasturda quyidagi asosiy tarbiyaviy yo`nalishlar va maqsadlar keltirilgan.
1. Fuqaro tarbiyasi. Eng yuksak milliy qadriyatlar va sifatlarni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlarni inobatga olgan holda O`zbekiston Respublikasi fuqarosining milliy o`z-o`zini anglashni rivojlantirish.
2. Kasb egallashga, shaxsiy masuliyatni yuqori malakali bo`lishga va kasbiy mahoratga intilishni tarbiyalash, mehnat faoliyatiga va doimiy ravishda malakani o`stirib borishga undovchi sifatlarni tarbiyalash.
3. Oilaviy hayotga tayyorlash. Ota-ona va qondosh-qarindoshlar oila oldida masuliyat va javobgarlik hissini tarbiyalash.
4. O`quvchini shaxs sifatida rivojlantirish. Betakror shaxsiy sifatlar va ijtimoiy qiyofaning har tomonlama ijodiy rivojiga ko`maklashish.
Zamonaviy tarbiyalash texnologiyasi - har tomonlama yondashuvni amalga oshiradi va quyidagi majburiy talablarga rioya qiladi:
1. Tarbiyalanuvchilarga uch yo`nalish bo`yicha tasir etiladi - tafakkuriga, sezgilariga va xulqiga.
2. Tarbiya (tashqi pedagogik tasir) va o`z-o`zini tarbiyalashning uzviyligi tufayli ijobiy natijaga erishiladi.
3. Tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi barcha vosita va tadbirlarning muvofiqlashtirilishi; ijtimoiy institutlar, birlashmalar, ommaviy axborot vositalari, adabiyot, sanat, oila, maktab, huquq targ`ibot idoralari, jamoalar - har tomonlama yondoshuvning zaruriy shartidir.
4. Shaxsning malum sifatlari amaldagi tarbiyaviy ishlar majmui orqali hosil qilinadi. Bu ishlar yaqqol ko`rinishda va ko`p yoqlama bo`lishi, ular bir vaqtning o`zida aqliy, jismoniy, xulqiy, estetik va mehnat tarbiyasini uzviy holda olib borishi zarur.
5. Har yoqlama yaxlit tarbiyaviy yondashuv tarbiyachining tizimli munosabatini va boshqaruvini taqoza qiladi. Boshqaruv tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi tashqi va ichki omillar va ularning o`zaro tasiri inobatga olingandagina muvaffaqiyatli bo`lishi mumkin. Shu bois, u omillar haqida aniq tasavvurga ega bo`lish zarur.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o`zlashtirish zarurligi ko`p marta takrorlanib, ularni o`quv muassasalariga olib kirish lozimligi uqtirilgan.
Respublikamizning taniqli olimlari ilmiy asoslangan, mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni talim-tarbiya amaliyotida qo`llashga intilmoqdalar.
O`quv-tarbiya ishlari jarayonida o`quvchi yoshlarni ijodiy fikrlashga, o`zgaruvchan vaziyatlarga o`rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda o`quvchilarni axborot texnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va mulьtimedialardan amaliy mashg`ulotlarda foydalanishi muhimdir. Bu esa o`quvchilarda mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalashni, o`quv faoliyatini tahlil qilishni, istiqbolda kasbiy mahorat va kompьyuter savodxonligini orttirish bo`yicha rejalarini aniq belgilashiga erishishni ularning ichki ehtiyojiga aylantirish talab etiladi.
Innovatsion texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonining bir tizimga solingan ilmiy-nazariy va metodik asoslangan yangi shakl, usul va vositalarining majmuidir. Bunda yangi mazmun, shakl, usul va vosita uyg`unligida maqsad, vazifa, faoliyat va pedagogik natija yaxlitligi taminlanadi hamda o`quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o`quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko`rsatmali tuzilmada o`z ifodasini topadi.
Talim texnologiyasi reproduktiv dars berishga asoslangan bo`lib, undagi o`quv jarayoni o`quvchilarga tipik holatlardagi harakatlarni egallashga yo`naltirilgan. Reproduktiv bilim berish jarayonida mashg`ulot aniq bo`laklarga bo`linib, har bir bo`lagida o`quvchilar bilishi va o`rganishi shart bo`lgan natijalar ko`rsatiladi. O`quv materiallari mashg`ulot maqsadidan kelib chiqib, modullarga bo`lingan va o`quvchilarning o`quv jarayonida aniq savollarga konkret javoblar topishi asosida qurilgan bo`lib, savol va javoblar o`zaro uzviy bog`liqlikda bo`lishi natijasida bir butunlikni tashkil qiladi.
Yangicha yondashuv, yangicha fikrlash asosida o`qitish jarayonida o`quvchilar faoliyatining samarali shakl va uslublari, ularning mustaqil ishlarini tashkil qilish kerak. Bunday mustaqil topshiriqlar o`quvchilarni o`ylashga, har tomonlama fikr yuritishga, berilgan topshiriqlarni o`z hayotiy tajribalariga asoslanib hal etishga o`rgatadi.
Maruza va amaliy mashg`ulotlarni o`tish jarayonida muammoli vaziyat o`quvchilarning qiziqishi, bilim saviyasi, fikr yuritish doirasi hisobga olingan holda tashkil qilinadi. Muammoli vaziyatni yaratishdan ko`zlangan asosiy maqsadni amalga oshirish uchun vaziyatni baholashda o`quvchilarning og`zaki va yozma javoblaridan vaqti-vaqti bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Innovatsion texnologiyalar asosida bahs-munozara darslari, aqliy hujum o`yinlaridan keng ko`lamli bilim, tajriba va mustaqillikka asoslangan holda mashg`ulotlar tashkil etilsa, quyidagi natijalarga erishiladi:
mashg`ulotlar davomida o`quvchilarning mustaqilligi, ixtiyoriyligi va erkinligiga erishiladi;
o`quvchilar o`z fikr va qarashlarini himoya qilishga o`rganadilar, ularni boshqalarga yetkazish mahoratini egallaydilar;
o`quvchilar jamoa fikriga tayanishga, uni hurmat qilishga o`rganadilar va ularda o`zaro hurmat hissi ortib boradi;
o`quvchilar o`quv faniga doir materiallar bilan mustaqil ishlashga, izlanishga, o`qitishning samarali shakl va uslublaridan ijodiy foydalanishga odatlanib boradi;
o`quvchilarda bilimlarni mustaqil egallash, ijodiy fikr yuritish va erkin fikrlash malakalari shakllanadi;
o`quv mashg`ulotlarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga, o`zaro fikr almashishga, pedagogik faoliyatni tanqidiy tahlil qilish va taqqoslashga o`rganadilar.
Bugungi kunda tarkib topgan talimning eng muhim elementlari qadimdan shakllanib kelgan va o`zining ahamiyatini hozirda ham yo`qotmagan. Talim maqsadi, mazmuni, shakllari, uslub va vositalari pedagogikada talim jarayonlarini tahlil qilish uchun qo`llaniladigan ananaviy kategoriyalar bo`lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar malum bir predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo`yicha o`quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalarni maqsadga muvofiq ravishda yo`naltiruvchi pedagogik va o`quv faoliyatining qonuniyat va mezonlari tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.
Pedagogik jarayonning mohiyati o`qituvchining talim oluvchi bilan birgalikdagi faoliyatida o`z aksini topadi, bunda pedagog talim oluvchiga qiyinchiliklarni yengib o`tishi uchun yordam beradi. Pedagogik yordamning mohiyati pedagogik jarayonning yo`naltirilganligi va tavsifida hamda shaxsni shakllantirish va tarbiyalashda hal etiladigan vazifalar bilan ifodalanadi. Bu vazifalar eslatgan, ko`rsatgan, tushuncha bergan, yo`naltirgan, haqqoniylashtirgan, maslahat bergan, bartaraf etgan, hamdardlik qilgan, talabchanlikni qo`llab-quvvatlagan kabi holatlarda namoyon bo`ladi.
Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda talim jarayonini rejalashtirish, tashhis qilish, natijalash, tuzatish kiritish imkoniyatlari mavjud. Bunda talimdan kutilgan natijaga erishiladi, vaqt tejaladi, bu esa pedagogik texnologiyaning samaradorligi demakdir. Pedagogik texnologiyaning tasdiqlanuvchanligi - ishlangan modelь boshqa pedagoglar qo`llaganda ham xuddi o`shanday samara-natija berishi kerakligini bildiradi. Bir so`z bilan aytganda, ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tadbiq etilsagina, ta’lim samarasi yangi bosqichga ko`tariladi, ya’ni:
o`quvchining talabi, moyilligi, istak xohishi, uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi;
o`quvchining Buning uchun biz o`quvchiga «sen buni bilishing kerak» degan majburlovchi davatdan «menga bu zarur va men buni bilishga uni hayotda qo`llashga qodirman» degan ichki ishonch va intilishni uyg`otishga o`tishimiz kerak. o`quv mehnatiga masuliyati, javobgarligi va burchi oshadi;
bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi;
unda umr bo`yi o`z bilimini o`zigina boyitishi mumkinligiga ishonch paydo bo`ladi;
erkin fikrlash malakasi shakllanadi;
shaxs jamiyatda o`zining o`rnini tezroq topib olishiga muhit yaratadi.
Shunday qilib, oliy o`quv yurtlarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, o`quv mashg`ulotlari samaradorligini, o`qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi, o`qitishda masofaviy talim va kompьyuter savodxonligini orttirishga zamin tayyorlaydi.
Nazorat savollari.
Tarbiya jarayonida o`qituvchi va o`quvchi munosabatlari.
Tarbiyada shaxs xususiyatlarini inobatga olish.
Tarbiyada iiovatsion texnologiyalardan foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |