Anglash bosqichining ahamiyati. Anglash fazasida yangi axborot davat fazasida faollashtirilgan axborot bilan bog`lanadi.
Bu bosqichning asosiy vazifasi, birinchidan, chaqiriq bosqichida yaratilgan qiziqish va harakatlanish inertsiyasini, faollikni qo`llab-qo`vvatlashdan iborat. Ikkinchi muhim vazifasi o`quvchilarda o`z tushunishini kuzatishga doir intilishlarini qo`llashdan iboratdir Subyektning ichki jarayonlari va holatlarini o`zi tomonidan bilib borishi refleksiya (bazan, meta-bilish sifatida ham qaraladi) deb ataladi.
Refleksiya (lotincha reflexio ortga nazar) falsafiy tushuncha bo`lib, u individ ongida sodir bo`layotgan o`zgarishlar haqida o`zining mulohaza yuritishini anglatadi. Refleksiya busubyektning faqatgina o`zini-o`zi tushunishi bo`libgina qolmay, balki u «refleksiyalanuvchi»ni,uning shaxkiy xususiyatlari, tasirga javob berishining ifodalanganligi va bilishga oid tasavvurlarning oydinlashtirilishi va boshqalar tomonidan tushunilishini ham anglatadi.
Fazaning eng muhim vazifasi esa, yangi o`quv materialining tushunilishiga erishishdan iboratdir. Faol o`quvchilar xabarni eshitib, odatda savol beradilar yoki tushunmaganlarini keyinchalik aniqlash uchun yozib qo`yadilar. Sust o`kuvchilar esa bunday qilmaydilar, ular vujudga kelgan chalkashliklar, anglashilmovchiliklar haqida yoki nimanidir tushunmay qolganlarini o`ylab ham ko`rmaydilar.
O`quvchilar o`z tushunishlarini kuzatganda, yangi axborotni o`zlaridagi tasavvurlar bilan solishtiradilar, ongli ravishda yangilarni avval malum bo`lganlari bilan bog`laydilar. Ular yangi tushunishni yaratish uchun eski va yangi bilimlar orasida ko`priklar quradilar.(quyidagi chizmadagi kabi):
Tafakkur (mulohaza qilish) bosqichining ahamiyati. Bu fazada bilimlar mustahkamlanadi va o`rganilayotgan masala bo`yicha oldingi fazalarga nisbatan boshqacha (to`laroq) tasavvur shakllanadi va «o`qiganlik»ning ortishiga olib keladi. O`quvchi o`z o`quv maqsadiga erishgandagina bunday o`zgarishlar sodir bo`lishi mumkin. Shunday qilib, bu fazada o`quvchini o`qiganlikning pastroq darajasidan uning yuqoriroq darajasiga o`tkazish sodir bo`ladi. Bu o`quvchining yangi g`oya va axborotlarni o`z so`zi bilan ifodalay olishida aks etadi. O`quvchilar o`zlariga ko`proq yoqqan narsani yaxshiroq eslab qoladilar.
Tafakkur bosqichida bir nechta muhim maqsadlarga erishish rejalashtiriladi. Birinchi navbatda, o`kuvchilar yangi tafakkur va axborotlarni o`z so`zlari bilan ifodalashga harakat qilib ko`rishlari kerak.
Agar sizga eslab qolish kerak bo`lsa unutasiz. Agar sizga tushunish kerak bo`lsa eslabqolasiz.
Talim natijalarining qancha uzoq muddatga saqlanishi hamda tushunish darajasi turli odamlarda har xildir. Tushunganlarni o`z so`zlari bilan ifodalab, qayta tuzganda shaxsiy anglangan kontekst yuzaga keladi.
Tafakkur bosqichining ikkinchi maqsadi o`quvchilar o`rtasida tafakkurlar bilan jonli almashuv hisoblanadi, bu ularga o`z so`z boyligini kengaytirishga hamda boshqa o`quvchilarning tasavvurlari bilan tanishishga imkon beradi.
O`zgaruvchan tanqidiy tafakkur turli tafakkurlar rag`batlantiriladigan muhitda kuchayadi. Shunda o`quvchilar ularni hisobga olib, o`z tasavvurlarini qurishlari mumkin.
Tanqidiy tafakkurning asoslari o`qituvchiga shunday sharoitlar yaratadiki, natijada u quyidagilarga erishadi:
o`quvchilarning tafakkurini faollashtiradi;
talim (o`quvchilar) maqsadini ajratadi;
faol munozaralaga imkoniyat yaratadi;
o`qishga qiziqishni oshiradi;
faol o`quv faoliyatin taminlaydi;
o`zgarishlarni rag`batlantiradi;
tafakkur yuritishni rag`batlantiradi;
o`kuvchilarga turli xil tafakkurlarni tinglashga imkoniyat beradi;
o`quvchilarga o`z savollarini berishda yordam beradi;
o`quvchiga o`z-o`zini ro`yobga chiqarishga imkon beradi;
o`quvchilar tomonidan axborotlar qayta ishlanishini taminlaydi;
o`quvchilarda tanqidiy tafakkurga imkoniyat yaratadi.
“ChALKAShTIRILGAN MANTIQIY ZANJIRLAR KETMA-KETLIGI INTERFAOL METODI
Masalan, Talim metodlari mavzusi bo`yicha amaliy mashg`ulot o`tkazilayapti, deylik. Dastlab o`qituvchi doskaga talim metodlarni chalkashtirilgan holda yozib qo`yadi. So`ngra, ulardan mazkur metodlarni qaysi guruhga kirishiga qarab, og`zaki, ko`rgazmali va amaliy metodlarga tasniflashni taklif etadi.
Mashq
Hikoya
Videometod
Munozara
Didaktik o`yinlar
Laboratoriya metodi
Suhbat
Tushuntirish
Maruza
Kitob bilan ishlash
Illyustratsiya
Dmeonstratsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |