Va inregrasiy


-MAVZU: INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYLARINING MOHIYATI, NAZARIY ASOSLARI VA TURLARI



Download 5,83 Mb.
bet69/90
Sana01.05.2022
Hajmi5,83 Mb.
#601183
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90
Bog'liq
Pedagogika maruza

20-MAVZU: INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYLARINING MOHIYATI, NAZARIY ASOSLARI VA TURLARI
Reja:
1. Shaxsga yo`naltirilgan ta’lim turlari.
2. “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” va “ta’lim innovatsiyalari” tushunchalarining mohiyati.
3. Pedagogning innovatsion faoliyati.
4. Innovatsion xarakterdagi nazorat vositalari.
Tayanch tushunchalar: shaxsga yo`naltirilgan ta’lim, shaxsga yo`naltirilgan ta’lim turlari, innovatsiya, innovatsion ta’lim, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon, pedagogning ta’lim jarayoniga innovatsion yondoshuvi, pedagogda ta’lim jarayoniga inno-vatsion yondoshuvni qaror toptirish, innovatsion ta’lim texnologiyalari (TT), o`quv portfoliosi, “assesment” texnologiyasi.
INNOVATSION TEXNOLOGIYaLAR (fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasi va ishlab chiqarish korxonalari bilan korporativ hamkorliklarni yo`lga qo`yish va rivojlantirish bo`yicha) kursining
maqsad va vazifalari

Hozirgi fan va texnikaning jadal rivojlanishi hamda hayotiy talablar juda tez o`zgarayotgan bir paytda ishlab chiqarishda ham yangi-yangi muammolar yuzaga kelmokdaki, bu yaratilayotgan ilmiy kashfiyotlarga yana ham jiddiyroq yondashishni talab etadi. Shuning uchun hayotiy talab va mavjud muammolar yechimiga mos holda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadga muvofiq. Ishlab chiqarishni zamon talabalari darajasida tashkil etish esa keng dunyoqarash hamda chukur bilimni va bu o`z navbatida innovatsion yondashishni talab etadi.


Innovatsiya – bu ishlab chiqarish yoki barcha soha va yo`nalishlarga chiritilgan yangilik, ixtiro yoki kashfiyot demakdir. Shuningdek, innovatsiyani hayotiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda texnologiyani yangisi bilan almashtirish, ilmiy-texnika yutuqlarni tatbiq etish, yangi yaratilgan usullar asosida mehnatni yengillashtirish, ishnei yangi usullar asosida tashkil etish, ta’lim jarayonini eng ilg`or usul va vositalar, texnologiyalar asosida tashkil etish kabi tushunchalar bilan tavsif etish mumkin.
Bunug iqtisodiy rivojlanishni innovatsiyasiz tasavvur etib bo`lmaydi. Yaratilgan har bir yangilik yoki ishlanmani tatbiq etilishi ma’lum usul va bosqichlar asosida amalga oshiriladi. Bu texnologiya tushunchasi bilan tavsiflanadi. Texnologiya ixtiro yoki yangilik muallifi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida yaratilib, bundan yangilikni tatbiq etishda qo`llanma sifatida foydalaniladi. Shuning uchun innovatsiya va texnologiya tushunchalari bir-birini to`ldirib birgalikda “innovatsion texnologiya” deb yuritiladi.
Innovatsion texnologiyalar har bir soha tadqiqotchilari va mutaxassislari tomonidan mavjud muammolar yechimi bilan bog`liq holda olib borilgan tadqiqotlar va ma’lum maqsadlar asosida yaratiladi. Uning tatbiq etilishi esa yaratuvchining mahoratiga bog`liq. Birinchidan taklif etilgan texnologiya iste’molchi uchun tushunarli bo`lishi hamda yaratiladigan mahsulot esa e’tiborni tortuvchi va zamon talablari darajasida ehtiyojni qondira olishi kerak.
Oliy ta’lim jamiyatni iqtisodiy barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy bo`g`in hisoblanadi. Chunki uzluksiz ta’limning Oliy ta’lim bosqichida sohalarga diplomli mutaxassis kadrlar tayyorladi. Demak, eng avvalo ushbu mutaxassis kadrlar innovatsion texnologiyalar haqida tushunchaga ega bo`lishlari va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishda tatbiq etuvchilar sifatida shakllanishlari lozim.
Bu urinda shuni qayd etish lozimki, eng avvalo Oliy ta’limda mutaxassis chiqaruvchi kafedralarda innovatsion texnologiyalar va ularning elementlari shakllanishi kerak. Buning uchun professor-o`qituvchilar tadqiqotchilar sifatida innovatsion texnologiya haqida tasavvur va tushunchalarga ega bo`lishlari hamda yangi texnologiyalar kashfiyotchilari bo`lishlari maqsadga muvofiq. Shuning uchun ushbu o`quv dasturi innovatsiya va innovatsion texnologiyalar haqida tushunchalar olish hamda tadqiqotlar asosida innovatsion texnologiyalar yaratish bo`yicha tushunchalar berishga yo`naltirilgan.
I. Shaxsga yo`naltirilgan ta’lim turlari. Globallashuv sharoitida ta’lim shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim o`rin tutadi. Bugungi tezkor davr ta’lim oluvchilar, shu jumladan o`quvchilarni ham qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o`zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyat-lariga ko`ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiya-lashga yo`naltirilishi talab qilinmoqda. O`zida ana shu imkoniyat-larni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo`naltirilgan ta’lim deb nomlanadi.
Shaxsga yo`naltirilgan ta’lim – talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o`ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo`naltirilgan ta’lim
Bu ta’lim o`qitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslash-tirilishini nazarda tutadi. Unga ko`ra ta’lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim hamda tarbiya jarayonini to`laligicha talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi.
Bu turdagi ta’lim talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir talaba imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi. Qolaversa, shaxsga yo`naltirilgan ta’lim o`qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog-talaba yoki talaba-talaba, talaba-talabalar guruhi, talaba-talabalar jamoasi tarzida o`zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun
qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.
Pedagog ta’lim jarayonida shaxsga yo`naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya
etishi kerak. Shaxsga yo`naltirilgan ta’limning o`ziga xos jihati
ta’lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat. Shaxsga yo`naltirilgan ta’lim, talabani ta’lim tizimiga moslashtirishni emas, aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Bu turdagi ta’lim talabalarni o`z-o`zini rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o`zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to`la namoyon eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi
- har bir talabani alohida, o`ziga xos shaxs sifatida ko`ra olishi;
- talabani hurmat qilishi;
- talabaning ruhiy holatini to`g`ri baholay olishi;
- talabaning xohish-istak, qiziqishlarini inobatga olishi;
- har bir talabaga nisbatan tolerant munosabatda bo`lishi;
- talabaning kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirishi;
- har bir talaba o`quv fanlari asoslarini yetarlicha o`zlashtira olishi uchun qulay ta’lim muhitini yaratishi;
- talabalarning mustaqil yoki kichiq guruhlarga erkin ishlashlari uchun imkoniyat yaratish;
- talabalarni o`z faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati
samaradorligini aniqlash, yutuqlarning omillari va yo`l qo`yilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilish o`rgatish;
- ta’lim jarayonida hech bir talabaga tazyiq o`tkazmaligi;
- alohida talabaning kamchiliklarini bo`rttirib ko`rsatmasligi;
- bordi-yu, talaba tomonidan bilimlarni o`zlashtira olmaslik, ta’lim
jarayonida o`zini odobsiz tutish holati qayd etilsa, u holda qat’iy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini aniqlash;
- aniqlangan sabablar asosida talabaning sha’ni, g`ururiga ziyon etkazmagan holda u tomonidan bilimlarni o`zlashtira olmaslik, o`zini odobsiz tutish kabi holatlarni bartaraf etish;
- ta’lim jarayonida har bir talaba uchun “muvaffaqiyat muhiti”ni yarata olish;
- har bir talabaga ta’lim olisha muvaffaqiyatga erisha olishiga yordam berish;
- talabaning qobiliyatini o`stirish, shaxs sifatida rivojlanishiga yordam berish;
- talabaning shaxsini emas, balki uning aniq xatti-harakatlarini baholashi;
- pedagog sifatida har bir talabaning hurmati va ishonchini qozona olishi zarur.
Talabalar shaxsga yo`naltirilgan ta’lim jarayonida o`quv materialini o`zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yondoshishni, yangi g`oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o`z fikrini himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish, bilim, ko`nikma, malakalarni o`zlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Pedagog tomonidan ta’lim jarayonida innovatsion xarakterga ega turli faol metodlarning qo`llanilishi, talabalarni rivojlan-tirish, qobiliyatlarini yanada o`stirishga xizmat qiladi. Xususan:
Mashg`ulotlarini tashkil etishda pedagoglar o`quv axborotlarining talabalar bilim, ko`nikma, malaka va tajribalariga tayangan holda ularni qiziqtira oladigan, fikrlashga, ijodiy yondashishga undaydigan imkoniyatga ega bo`lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Ta’lim jarayonida pedagoglar tomonidan:
- muammoli izlanish;
- kichiq tadqiqotlarni olib borish;
- debat;
- bahs-munozara;
- evristik suhbat;
- kichiq guruhlarda ishlash va b.
- turli shakl, metod, vosita va texnologiyalardan samarali, maqsadli foydalanish;
- o`quv topshiriqlarini bajarishda talabalarga usullarni mustaqil tanlash imkonini berish;
- talabani juftlikda, kichiq guruhda va jamoada ishlashini ta’minlash;
- mashg`ulotlarning loyihalashtirilishiga e’tiborning qaratilishi nafaqat o`qitish sifatini yaxshilaydi, samaradorligini oshiradi, shu bilan birga talabalar shaxsning rivojlanishi uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi. Eng muhimi pedagoglar o`quv mashg`ulotlarining nafaqat axborot berish, balki rivojlantirish xarakteriga ega bo`lishlariga e’tiborni qaratishlari zarur. Shuningdek, muhokama qilinayotgan masala, muammo, o`rganilayotgan mavzu yuzasidan talabalarning mustaqil fikr bildirishlari (noto`g`ri bo`lsada, fikr bildirishlari)ga imkon berish, nima bo`lganda ham ularni o`ylashga, fikrlashga undash shaxsga yo`natirilgan ta’limga xos muhim belgilardan biri sanaladi.
Ta’lim jarayonida quyidagilardan foydalanish shaxsga yo`naltirilgan ta’limning yana bir belgisidir: Ayni vaqtda shaxsga yo`naltirilgan ta’limning quyidagi turlari farqlanmoqda (1-rasm):
1-rasm. Shaxsga yo`naltirilgan ta’limning asosiy turlari
- ijodiy topshiriqlar;
- kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar;
- muammoli vaziyatlar;
- rolli va ishbilarmonlik o`yinlari;
- bahs-munozara, debat;
- musobaqa ko`rinishidagi bellashuvlar
Asosiy turlari
Innovatsion ta’lim
Hamkorlik ta’limi
Interfaol ta’lim
Masofaviy ta’lim
Muammoli ta’lim
Loyiha ta’limi
Kompьyuter ta’lim
Rivojlantiruvchi ta’lim
Tabaqalashtirilgan ta’lim
Modul ta’limi
Individual ta’lim
Mustaqil ta’lim
Dasturiy ta’lim
O`yin texnologiyalari
“Innovatsion ta’lim texnologiyalari” va “ta’lim innovatsiyalari” tushunchalarining mazmuni. Lug`aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
“O`zbekiston Milliy entsiklopediyasi”da ko`rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag`lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg`or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo`llanishi”. A.I.Prigojinning fikriga ko`ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg`un elementlar bilan boytib borish tushunilishi lozim. Bu o`rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan iinovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o`ziga xos innovator faoliyatni tashkil etadi. Amerikalik psixolog E.Rodjers o`z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo`lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo`lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o`rtasidagi innovatsion
Innovatsiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini o`zgartirishga qaratilgan faoliyat xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi asalalarini o`rgangan.
Innovatsion ta’lim jarayonida qo`llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo`llanilgan.
Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular(2-rasm):
Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi g`oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o`zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg`or g`oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o`quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondoshuv asosida yechish maqsadida qo`llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar
Asosiy turlari
Faoliyat yo`nalishiga ko`ra
Kiritilgan o`zgarishlarning tavsifiga ko`ra
O`zgarishlarning ko`lamiga ko`ra
Kelib chiqish anbaiga ko`ra
Pedagogik jarayonda qo`llaniladigan innovatsiyalar
Ta’lim tizimini boshqarishda qo`llaniladigan innovatsiyalar
Radikal innovatsiyalar
Modifikatsiyalangan innovatsiyalar
Kombinatsiyalangan innovatsiyalar
Tarmoq (lokalь) innovatsiyalari
Tizim innovatsiyalari
Modul innovatsiyalari
Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar
O`zlashtirilgan innovatsiyalar
2-rasm. Ta’lim innovatsiyalarining asosiy turlari
Innovatsiyalar turli ko`rinishga ega. Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy ko`rinishlari sanaladi:
Ta’lim tizimida yoki o`quv faoliyatida innovatsiyalarni qo`llashda sarflangan mablag` va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko`zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o`zgaruvchan mexanizmga ega bo`lishi zarur.
Barcha sohalarda bo`lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to`g`risida so`z yuritiladi. Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan
farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, V.I. Zagvyazinskiyning e’tirof etishicha, “yangi”, “yangilik” tushunchasi nafaqat muayyan g`oyani, balki hali amaliyotda foydalanilmagan yondoshuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo`lib, o`zgarib turuvchi sharoit va
- yangi g`oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo`nalishini o`zgati-rishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan’anaviy yondoshuvlar;
- odatiy bo`lmagan tashabbuslar;
- ilg`or ish uslublari
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo`lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o`zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma’lum kontseptual yondoshuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o`zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi.
vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish g`oyalarini o`zida aks ettiradi. Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika, texnologiya va b. ko`rinishida namoyon bo`ladi.
Mohiyatiga ko`ra novatsiya va innovatsiya o`rtasida muayyan farqlar mavjud. Ular quyidagilardir (1-jadval):
1-jadval
Novatsiya va innovatsiyalar o`rtasidagi asosiy farqlar
Asosiy farqlar
Novatsiya Innovatsiya
1) amaldagi nazariya doirasida qo`llaniladi;
2) ko`lam va vaqt bo`yicha chegaralanadi;
3) metodlar yangilanadi;
4) natija avvalgi tizimni takomillashtiradi
1) tizimli, yaxlit va davomli bo`ladi;
2) ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi;
3) sub’yektlarning faoliyati to`la yangilanadi;
4) yangi texnologiyalar yaratiladi;
5) faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;
6) amaliyotning o`zi ham yangilanadi
I.P.Podlasыyning fikriga ko`ra, ta’lim innovatsionlari quyidagi o`zgarishlarga olib keladi:
- pedagogik tizimning tamomila o`zgarishi;
- o`quv jarayonining o`zgarishi;
- pedagogik nazariyaning o`zgarishi;
- o`qituvchi faoliyatining o`zgarishi;
- o`quvchi (talaba) faoliyatining yangilanishi;
- pedagogik texnologiyaning o`zgarishi;
- ta’lim mazmunining yangilanishi;
- o`qitish shakl, metod va vositalarining o`zgarishi;
- ta’lim tizimi boshqaruvning o`zgarishi;
- ta’lim maqsadi va natijalarning o`zgarishi
Pedagogning innovatsion faoliyati. Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o`tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o`rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilьton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzьmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g`oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabardor bo`lish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan.
Mohiyatiga ko`ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O`z-o`zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig`ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig`ida izchil rivojlanishi va atrof-muhitga ko`rsatadigan o`zaro ta’sirini ifodalaydi.
V.A.Slastenin innovatsiyani yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanishga qaratilgan maqsadga muvofiq, yo`naltirilgan jarayoni majmui deb biladi. Muallifning fikriga ko`ra har qanday innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy sub’yektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rag`batlantirish maqsadini ko`zlaydi.
Har qanday innovatsiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, sub’yektiv, mahalliy va shartli g`oyalar tarzida namoyon bo`ladi.
Xususiy yangilik munosabat, ob’yekt yoki jarayonga tegishli elementlardan birini o`zgartirish, yangilashni nazarida tutadi. Sub’yektiv yangilik ma’lum ob’yektning o`zini yangilash zaruriyatni ifodalaydi. Mahalliy yangilik alohida olingan ob’yekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi. Shartli yangilik esa munosabat, ob’yekt yoki jarayonda murakkab, progressiv yangilanishning sodir etilishini ta’minlovchi ma’lum elementlarning yig`indisini yoritishga xizmat qiladi. R.N.Yusufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtai nazardan ko`rib chiqishga e’tiborni qaratadi. Xususan, pedagogik innovatsiyalar muallif tomonidan ta’lim va tarbiya jarayonida avval ma’lum bo`lmagan, qayd qilinmagan holat yoki natijaga olib boruvchi pedagogik hodisaning o`zgarib turishi mumkin bo`lgan mazmuni ekanligi ta’kidlanadi. Rossiyalik olimlar –A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, N.P.Stepanov va b. esa innovatsion jarayon hamda uning tarkibiy qismlarini o`rganishga e’tiborni qaratgan. Bu o`rinda ular innovatsion jarayonning tashkil etilishiga nisbatan quyidagi ikki yondoshuv mavjud ekanligini e’tirof etadi:
1) yangilikning individual mikro darajasi (unga ko`ra qandayir yangi g`oyaga amaliyotga joriy etiladi);
2) alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o`zaro ta’sirini ifodalovchi mikro daraja (bu o`rinda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o`zaro ta’sirlanishi, birligi, raqobati va birining o`rnini ikkinchisi tomonidan egallanishi ahamiyatli sanaladi).
A.I.Prigojin, B.V.Sazonov va V.S.Tolstoylar o`z tadqiqot-larida yangilik kiritishning tizimli kontseptsiyani asoslashga uringan. Bu o`rinda mualliflar innovatsion jarayonlarning quyi-dagi ikki muhim bosqichini bir-biridan ajratib ko`rsatishadi:
1. Yangilik sifatida namoyon bo`ladigan g`oyalarni ishlab chiqish (m: korxona, tashkilot tomonidan muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqishning rejalashtirilishi).
2. Yangilik (muayyan mahsulot)ni keng ko`lamda ishlab chiqish.
Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni tashkil etishda o`ziga xos yondoshuvlar kuzatilai. Ular:
1. Gnostik-dinamik yondoshuv (unga ko`ra pedagoglar pedagogik innovatsiyalar, ularning turlari, yaratilishi, amaliyotga tadbiq etilishi, xorij mamlakatlarida yaratilgan ilg`or pedagogik (ta’limiy) innovatsiyalar va ularni o`rganish, mahalliy shart-sharoitlarni inobatga olgan holda amaliyotda ulardan foydalanishga doir bilim, ko`nikma, malakalarni izchil o`zlashtiradilar, o`z faoliyatlarida pedagogik innovatsiyalarni faol qo`llash borasidagi tajribalarni o`zlashtiradilar).
2. Individual faoliyatli yondoshuv (bunda pedagoglar o`z-larining indiviual imkoniyatlari, qobiliyatlari, tajribalariga tayangan hola amaliyo faoliyatda pedagogik innovatsiyalarni qo`llashda muayyan izchillikka erishadilar).
3. Ko`p sub’yektli (dialogik) yondoshuv (mazkur yondoshuv pedagogik jarayonda innovatsiyalarni hamkasblarning o`zaro, xususan, ko`p yillik ish tajribasi, kasbiy mahorat va tajribaga ega pedagoglarning faoliyatlari bilan tanishish, ularning ta’lim innovatsiyalarini samarali, maqsadli va uzluksiz qo`llashga doir tavsiya hamda ko`rsatmalaridan foydalanishlarini ifodalaydi).
4. Insonparvarlik yondoshuvi (ushbu yondoshuv pedagogik jarayonda innovatsiyalarni qo`llashda ta’lim oluvchilarning imkoniyatlari, xohish-istaklari, qiziqishlari, bilim, ko`nikma va malakalari darajasini inobatga olish maqsadga muvofiqligini yoritishga xizmat qiladi).
5. Individual-ijodiy yondoshuv (unga ko`ra har bir pedagog faoliyatini o`rganilayotgan mavzu, o`quv materialining mohiyati, shuningdek, o`z imkoniyatlari, salohiyati, mahorati, ish tajribasidan kelib chiqqan holda ta’lim va tarbiya jarayonlarini ijodiy ishlanmalar asosida tashkil etadi). Mohiyatiga ko`ra innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik ja-rayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat.
Pedagogning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:
Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g`oyalarning mavjud g`oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo`naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko`nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to`ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishnitalab etadi.
M.Jumaniyozovaning e’tirof etishicha, pedagogik innovatsion faoliyati quyidagi belgilar asosida namoyon bo`ladi:
V.Slasteninning fikriga ko`ra innovatsion yondoshuv quyidagi-larga ega bo`lishni ifodalaydi:
- yangilikni qo`llashga tayyorgarligi;
- pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
- novatorlik darajasi;
- kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
- ijodkorligi
- ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;
- pedagogik tadqiqot metodlarini egallash;
- mualliflik kontseptsiyalarini yaratish qobiliyati;
- tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;
- o`zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo`llay olish;
- hamkasblar bilan hamkorlik;
- fikr almashish va metodik yordam ko`rsata olishlik;
- ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;
- yangiliklarni izlab topish va ularni o`z sharoitiga moslashtirib borish
Pedagogik innovatsiyalar tegishli sohada ijobiy o`zgarishlarni sodir etish, sifat jihatdan yuqori natijalarga erishish maqsadida qo`llaniladi. Bu turdagi innovatsiyalarni asoslash muayyan bosqichlarda kechadi. Ular(3-rasm):
3-rasm. Innovatsiyalarni asoslash bosqichlari R.N.Yusufbekova pedagogik nuqtai nazardan innovatsion jarayon tuzilmasi uch blokdan iborat deb hisoblaydi. Ya’ni:
1. Sohada namoyon bo`layotgan yangilikni ajratib ko`rsatuvchi blok (unda pedagogikadagi yangi g`oyalar, pedagogik yangiliklarning tasnifi, ularni asoslashga xizmat qiladigan shart-sharoitlar, yangilik darajasini belgilovchi me’yorlar, pedagoglarning yangi-- ijodiy faollik;
- faoliyatga yangilik (o`zgartirish) kiritishga texnologik va metodologik jihatdan tayyorgarlik;
- yangicha fikrlash;
- yuksak muomala madaniyati
Asosiy bosqichlar
1-bosqich
4-bosqich
3-bosqich
2-bosqich
6-bosqich
5-bosqich
Yangi g`oyaning tug`ilishi yoki yangilik mohiyatini yorituvchi kontseptsiyaning ishlab chiqilishi (kashfiyot bosqichi)
Yangi g`oyaga tayangan holda yangilikning asoslanishi
Asoslangan yangilikning amaliyotda qo`llanilishi
Yangilikning yoyilishi va keng ko`lamda amaliyotga tadbiq etilishi
Yangilikning tegishli sohada hukmronlik qilishi (yangilik mo-hiyatini yo`qotadi, izlanishlar natijasida uning yanada samarali muqobili yaratiladi)
Muqobillik, almashtirish orqali sohada yangilikni qo`llash doirasini qisqartirish
Yangiliklarni o`zlashtirish va unan amaliyotda samarali foydalanishga tayyorliklari, an’analar va novatorlik tashabbuslari, sohada yangiliklarni yaratish bosqichlari aks etadi).
2. Pedagoglar tomonidan yangilikning idrok qilinishi, o`zlashtirilishi va baholanishi ifodalovchi blok (unda pedagogik jamoalar tomonidan yangiliklarning baholanishi va o`zlashtirilishi – turli innovatsion jarayonlar, konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamoalarning yangilikni idrok etish va baholashga tayyorliklari aks etadi.
3. Yangilikdan foydalanish va uni joriy etish bloki (unda yangilikni amaliyotga tadbiq etish va ulardan samarali foydalanish hodisasi ro`y beradi).
Bu o`rinda M.M.Potashnik tomonidan e’tirof etilgan innovatsiya jarayonlar mohiyatini ifodalovchi talqin alohida ahamiyatli ekanligini ko`rsatish o`tish maqsadga muvofiqdir. Mazkur talqin-ga ko`ra innovatsion jarayon quyidagi tuzilmalarga ega(4-rasm):
Asosiy tuzilmalar
Faoliyat tuzilmasi
Sub’yektiv tuzilma
Davriylik tuzilmasi
Boshqaruv tuzilmasi
Darajali tuzilma
G`oyaviy tuzilma
Motiv – maqsad – vazifa – mazmun – shakl – metodlar – metodika komponentlari yig`indisi
Innovatsion jarayonda ishtirok etuvchi sub’yektlar
Innovatsion faoliyat sub’yektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va b. darajalari
Yangilikning paydo bo`lishi – jadal rivojla-nishi – kamolot cho`qqisi – o`zlashtirish – diffuziya (singib ketishi, tarqalishi) – yangi g`oyalar bilan boyitilishi – qoloqlik – inqiroz – irradiatsiya (aldanish) – zamonaviylashtirish
O`quv jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, boshqaruv va h.k.da yangilikning paydo bo`lishi, ishlab chiqilishi va o`zlashtirilishi Boshqaruv jarayoni (rejalashtirish – tashkil etish – rahbarlik qilish – nazorat) elementlarining o`zaro aloqasi Diagnostik, prognostik, tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi va tadbiq etuvchi innovatsiyalar
Tashkiliy tuzilma
4-rasm. Innovatsion jarayon tuzilmalari
Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalardan iborat bo`lish bilan birga muayyan qonuniyatlarga ham bo`ysunadi. Mazkur jarayon uchun quyidagi to`rtta qonuniyat xarakterli sanaladi(5-rasm).
5-rasm. Pedagogik innovatsion jarayon qonuniyatlari Keskin beqarorlik qonuniyatiga ko`ra pedagogik jarayon va hodisalar to`g`risidagi yaxlit tasavvurlar o`zgaradi, shakllangan pedagogik yangilik baholanadi va bu yangilikning ahamiyati, qiymati e’tirof etiladi.
Amalga oshish qonuniyati yangilikning hayotiyligini ifodalaydi, unga ko`ra yangi pedagogik innovatsiyalar stixiyali yoki ongli ravishda o`ta tezkor yoki tezkor ravisha amaliyotga tadbiq etiladi.
Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuniyati aksariyat pedagoglarda yangicha tafakkurning qaror topganligini va ularning innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq etish yo`lida faollik ko`rsatishlarini tavsiflaydi. Bu jarayonda dastlab innovatsion xarakter kasb etgan g`oyalar yanada ilg`or yangiliklarni amalga oshirishsh yo`lida to`siq bo`la boshlaydi.
Pedagogik innovatsiyalarning davriy takrorlanishi va qaytarilishi qonuniyati yangiliklarning yangi, yanada qulay sharoitlarda qayta tiklanishini ifodalaydi.
Odatda pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi ikki xil kechadi:
Qonuniyatlar
1-qonuniyat 4-qonuniyat 3-qonuniyat 2-qonuniyat
Pedagogik innovatsion muhitining keskin beqarorlik Amalga oshish
Qoliplashtirish (stereotiplashtirish)
Pedagogik innova-tsiyalarning davriy takrorlanishi va qaytarilishi
Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tadbiq etish bir necha bosqichlarda kechadi. Ular quyidagilardir(6-rasm).
6-rasm. Innovatsiyalarni pedagogik jarayonga tadbiq etish bosqichlari
Bugungi kunda pedagoglarning innovatsion faoliyat ko`nikma, malakalariga ega bo`lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innofatsion faoliyat ko`nikma, malakalarini o`zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondoshuvga ega bo`lishlari talab etiladi. O`z mohiyatiga ko`ra pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko`nikma, malakalarining o`zlashtirilishi ularda innovatsion yondoshuvni qaror topishi asosida kechadi.
Pedagoglarda innovatsion yondoshuvning qaror topishi ham murakab jarayon bo`lib, u bir necha bosqichda kechadi. Ya’ni(7-rasm):
1. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tadbiqi stixiyali kechadi, ya’ni, innovatsion jarayonda pedagogik yangiliklarga bo`lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, ularni amaliyotga tadbiq etishda mavjud shart-sharoitlar, usul va yo`llariga ongli munosabat bildirilmaydi.
2. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tadbiqi stixiyali kechadi, ya’ni, pedagogik yangiliklar innovatsion jarayonda ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsuli sifatida amaliyotga joriy etiladi.
Bosqichlar
Muammoni tahlil asosida aniqlash
Mo`ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash
O`zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish
O`zgarishlarni amalga oshirish
7-rasm. Pedagoglarda innovatsion yondoshuvni qaror toptirish bosqichlari
Innovatsion xarakterdagi nazorat vositalari. Zamonaviy sharoitda nafaqat ta’lim jarayonini tashkil etishda, shu bilan birga talabalarning o`quv faoliyatlarini nazorat qilishda ham innovatsion xarakterga ega vositalardan foydalanilmoqda. Ayni o`rinda ana shunday vositalardan ikkitasi – o`quv portfoliosi va “Assesment” texnologiyasi to`g`risida to`xtalib o`tiladi.
So`nggi yillarda zamonaviy ta’limda pedagogning kasbiy, talabaning esa o`quv faoliyatini mazmunan takomillashtirish, shuningdek, har ikki faoliyat turining sifatini ma’lum ko`rsatkichlar asosida yetarlicha, xolis baholashga nisbatan ehtiyoj kuchaymoqda. Portfolio pedagog hamda talabaning faoliyatiga bilvosita baho berish, qay darajada sifatli va samarali ekanligini tahlil qilish imkoniyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Qolaversa, portfoliolar pedagog va talabalarga ularning shaxsi, faoliyati bilan turli ekspertiza (tekshiruv)lar jarayonida komissiya a’zolarini bilvosita tanishish imkoniyatini beradi. Ushbu to`plam pedagog yoki talabaning shaxsi, faoliyatining turlari, erishilgan yutuqlari to`g`risidagi batafsil ma’lumotlarni berishga xizmat qiladigan individual hujjatlar Bosqichlar “Portfolio” (ingl. “portfolio” – “portfel”, “hujjatlar solina-digan sumka”) – avtobiografik xarakterga ega hujjatlar to`plami
1-bosqich. 2-bosqich. 3-bosqich 4-bosqich..
Tayyor metodik tavsiyanoma (mavjud innovatsiya)lardan foydalaniladi
Mavjud tizimga yangi g`oyalarni, metodlarni kiritadi
Yangi g`oyani amalga oshirish mazmuni, shakl va metodlarini tizimlashtiradi
Pedagog o`qitish va tarbiyalashga oid o`z kontseptsiyasi yoki metodikasini yaratadi. Umuman olganda, portfolio har bir pedagog yoki talabaning maksimal darajada erishgan yutuqlari, ularning ijodiy imkoniyatlari, qiziqish hamda qobiliyatlarini yoritadi.
O`quv portfoliosi. Bugungi kunda xorijiy mamlakatlar tajribasida keng qo`llanilayotgan nazorat vositasi bo`lgan o`quv portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga egaligiga ko`ra amaliy ahamiyat kasb etadi:
Mohiyatiga ko`ra talabalarning o`quv portfoliolari bir necha turga bo`linadi. Ular (8-rasm):
8-rasm. Talabalar o`quv portfoliolarining asosiy turlari
Portfolio - pedagog yoki talaba uchun o`ziga xos reklamadir
- ko`p funktsiyalilik va o`zining shaxsiy muvafaqqiyatini baholash;
- individual muvafaqqiyatlar monitoringini amalga oshirish;
- imtihonni tashkil etish;
- ta’lim natijalarini xolis belgilash;
- ta’limiy muvafaqqiyatlar hamda qo`shimcha natijalarni aniq ko`ra olish;
- talabaning mavjud imkoniyat va qobiliyatlarini, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini ko`ra olish, shaxsiy, kasbiy hamda ijodiy salohiyatiga yetarlicha baho berish
Asosiy turlari
Taqrizlar portfoliosi
Hujjatlar portfoliosi Ishlar portfoliosi
Natijalar portfoliosi Baholovchi portfolio
On-line portfolio
Quyida talabalar o`quv portfoliolarining turlariga xos xususiyatlar to`g`risia so`z yuritiladi.
1. Hujjatlar portfoliosi (bunda talabaning indiviudal ta’limiy muvaffaqiyatlari aks ettiruvchi diplom, faxriy yorliq, guvohnoma va boshqalar jamlanadi).
2. Ishlar portfoliosi (unda talaba tomonidan bajarilgan ijodiy ishlar, loyihalar, tadqiqotlar, ularning natijalarini aks ettiruvchi reyting daftarchasi, ijodiy ish daftari, elektron hujjatlar, modellar, loyihalar, ijtimoiy, ishlab chiqarish, pedagogik amaliyotga doir hisobotlar, talaba tomonidan mustaqil yoki guruhdoshlar bilan hamkorlikda to`plagan adabiyotlar, davriy nashrlarning kseronusxalari, illyustratsiyalar joy oladi).
3. Natijalar portfoliosi (bunda talabaning o`zi yoki pedagoglar tomonidan jamlangan talabalarning eng yaxshi ishlari o`rin oladi; natijalar portfoliosi individual va guruhli bo`lishi mumkin; ushbu portfolioda aks etgan ma’lumotlar asosida “Eng yaxshi talabalar guruhi” tanlovini tashkil etish mumkin).
4. Baholovchi portfolio (u talabaning bilim, ko`nikma va malakalarini nazorat qilish maqsadida shakllantiriladi; bu turdagi portfoliodan nazorat ishlari, testlar, chizmalar, krossvordlar va boshqalar o`rin oladi).
5. Taqrizlar portfoliosi (bunda talaba tomonidan erishgan yutuqlarni baholashga doir xulosa, taqriz, rezyume, esse, tavsiyanoma va tavsifnomalar jamlanadi)
6. On-line portfolio (bu kabi portfolio turli shakllarda namoyon bo`ladi; masalan:
1) talabalar tomonidan oliy ta’lim muassasasi yoki fakulьtet saytiga materiallarni qo`shish;
2) shaxsiy veb-saytlarni yaratish; 3) semestr yakunlari bo`yicha hisobot tayyorlash).
Portfoliolar yaratilishiga ko`ra ham turlicha bo`ladi. Ya’ni ular elektron, bosma va qog`oz variantlarda yaratiladi. Qaysi variantda portfolioni yaratishni sub’yektning o`zi tanlaydi. Portfolioda talabaning joriy, oraliq va mustaqil ishlari bo`yicha bajargan topshiriqlari, ularga qo`yilgan o`zlashtirish ballari ham jamlanib boriladi. Portfolio yurgizish talabaning semestr (kurs) va o`quv muddati davomidagi o`zlashtirishi, mustaqil ish topshiriqlarini muntazam ravishda bajarib borganligi to`g`risidagi daliliy hujjat hisoblanadi. Portfolio pedagogik jarayonda pedagogga talabaning erishayotgan yutuqlari yuzasidan monitoringni olib borish imkoniyatini yaratadi va o`zlashtirish ballarining haqqoniy, ishonchli bo`lishini ta’minlaydi. Talabaga esa bilim darajasining qay darajadaligini, uning dinamik o`sishini kuzatib borish, kasbiy jihatdan shaxsan rivojlanish darajasini mustakil baholash uchun zarur sharoitni yaratadi.
Talabalar qanday sharoitlarda portfoliolarni shakllanti-rishlari kerak? Quyidagi holatlarda talabalar tomonidan portfoliolarning shakllantirilishi maqsadga muvofiqdir:
Talabalarning portfoliolari quyidagi tuzilishga ega bo`ladi:
Turiga ko`ra portfoliolar bir necha bo`limlarni o`z ichiga olishi mumkin. Masalan, “Ishlar portfoliosi” quyidagi to`rttabo`limdan tarkib topadi:
1. Istiqbolli ish o`rniga ega bo`lishda (rahbariyat va hamkasblar yosh mutaxassis bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`ladilar).
2. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda (tadqiqot natija-larini patentlashtirish imkoniyatini ta’minlaydi).
3. Fan olipiadalarda ishtirok etishda (olipiadaning turli bosqichlarida talabaning imkoniyatlarini baholash va chamalashga muvffaq bo`linadi).
4. Nomdor hamda Prezident stipendiyasiga talabgor bo`lishda (tanlov xay’ati talabaning imkoniyatlaridan to`la xabar bo`ladi).
5. Shaxsiy maqsadlarni amalga oshirishda (qo`shimcha faoliyat turi bilan shug`ullanishda hamkorlarga talaba shaxsini yaqindan tanishtirish imkoniyatini yaratadi)
1) titul;
2) mundarija;
3) portfolioning maqsadi;
4) portfolioning bo`limlari
1. “Mening qiyofam” (talabaning shaxsiga oid ma’lumotlar talabaning rasmi, esse, anketa, tavsifnomalar asosida beriladi;
unda quyidagi lavhalar mavjud: “Mening anketam”; “Tanishing –bu men!”; “Mening o`ylarim”; - “Men va mening qiziqishlarim”.).
2. Portfolio-kollektor (talaba tomonidan mutaxassislik fanlari bo`yicha to`plagan materiallar (adabiyotlar ro`yxati, chizma, jadval va rasmlar, maqolalarning kseronusxalari, kursdoshlarining ijodiy ishlari) o`rin oladi; bo`lim quyidagi lavhalardan iborat bo`lishi mumkin: “Ish stoli”; “Bu qiziq”; “Kursdoshlarim ijodidan”; portfolio-kollektor uncha katta bo`lmagan o`ziga xos arxiv sanaladi).
3. Ish materiallari (talabaning o`zi tomonidan yaratilgan, tizimlashtirilgan barcha materiallar kiritiladi; bo`limning lavhalari quyidagicha bo`lishi mumkin: “Yozma ishlar”, “Ijodiy ishlar”, “Tadqiqot tajribalari”, “Amaliyot ishlanmalari”).
4. Shaxsiy yutuqlar (talabaning yarim, bir o`quv yili yoki yaxlit ta’lim davrida erishgan yutuqlari, qo`lga kiritgan natija-lari aks etadi; unda quyidagi lavhalar bo`lishi mumkin: “Mening bunyodkor g`oyam”; “Mening ta’lim borasidagi tashabbuslarim”).
Talabalarning o`quv portfoliosini yaratishga qaratilgan amaliy harakat bir necha bosqichda tashkil etiladi. Ya’ni (9-rasm).
9-rasm. Talabalar o`quv portfoliosini yaratish bosqichlari
“Assesment” texnologiyasi. Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalaria ta’lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilishda “assesment” sinovi keng qo`llanilmoqda.
Asosiy bosqichlar
1-bosqich. 2-bosqich.3-bosqich
Talabalarga portfolioning afzalliklari, uni yaratishdan ko`zlangan maqsad, portfolioning turlari haqida ma’lumot beriladi
Talabalar portfolioning tuzilishiga oid ma’lumotlar bilan tanishtiriladi
Amaliy harakatlarni tashkil etish asosida talabalar o`z portfoliolarini yaratadi
Ko`p holatlarda bu texnologiya biografik anketa, ta’lim sohasidagi yutuqlar bayoni, o`quv individual topshiriq, bahs-munozara, intervьyu, ijodiy ish, test, individul keys, taqdimot, ekspert kuzatish, rolli hamda ishbilarmonlik o`yinlari kabilardan tashkil topadi. Texnologiya, asosan, quyidagi maqsadga xizmat qiladi:
Mazkur texnologiyaning yaratilish tarixi o`tgan asrning 30-40-yillariga borib taqaladi. Dastlab texnologiya mavjud harbiy vaziyatlarni to`g`ri baholay oladigan, harbiy harakatlar jarayonini samarali boshqaradigan, zarur o`rinlarda oqilona harakatni tashkil eta oladigan ingliz hamda nemis harbiylari orasidan bilimdon, tadbirkor, mahoratli harbiylar, shuningdek, ofitserlarni tanlash maqsadida qo`llanilgan. Keyinchalik ushbu texnologiya tadbirkorlik sohasiga ham samarali tadbiq etildi. Malakali menejerlarni tanlash maqsadida qo`llanila boshlangan texnologiya negizida, tadbirkorlar psixologlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarish, savdo, maishiy xizmat ko`rsatish korxona hamda tashkilotlari uchun malakali mutaxassislarni tanlash xizmati – “Assesment-markaz” (“The Assessment Centre”)ni yo`lga qo`yishgan. 1960 yilda “IBM”, “Standart oil of “Assesment” texnologiyasi (ingl. “assesment” – “baho”, “baholash”) – ta’lim oluvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash imkoniyatini ta’minlovchi topshiriqlar to`plami
1) talabalarning bilim, ko`nikma va malakalarini har tomonlama, xolis baholash;
2) talabalarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash;
3) talabalarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlan-tirishga xizmat qiladigan istiqbolli reja (maqsadli dastur)ni shakllantirish
Texnologiya birinchi marta 1954-yilda “AT&T” kompaniyasi tomonidan tadqiqot dasturlarini amalga oshirish doirasida qo`llanilgan Ohio”, “Sirs Robaks” kabi yirik amerika kompaniyalari o`z faoliyatlariga texnologiyani samarali tadbiq etdilar. Agarda 1980 yilda 2000 ta firma “Assesment-markaz” asosida malakali mutaxassislarni tanlashni ma’qul ko`rgan bo`lsa, ayni vaqtda bu texnologiya o`n minglab korxona, tashkilot, firma va kompaniyalarda samarali qo`llanilmoqda. Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va savdo kompaniyalar malakali menejerlarni tanlash maqsadida mazkur texnologiyandan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. So`nggi yillarda mazkur texnologiya ta’lim tizimiga ham samarali joriy etildi. Uning yordamida talabalarning bilim, ko`nikma va malakalari darajasi har tomonlama, xolis baholanmoqda.
Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida talabalarning bilim, ko`nikma va malakalari kamida to`rtta topshiriq bo`yicha baholanmoqda. M: Izohli lug`at, Muammoli vaziyat, Ijodiy ish, Test.
Shunday qilib, zamonaviy ta’limda innovatsiya, yanada aniqrog`i, pedagogik hamda ta’lim innovatsiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Binobarin, globallashuv hamda jamiyatning axborotlashuvi ta’lim jarayonini noan’anaviy shakllarda samarali metod va vositalarni qo`llashni taqozo etish bilan birga, o`quv materiallarini shakllantirish va ulardan amalda foydalanishga nisbatan ham innovatsion yondoshishni taqozo etmoqda. Pedagogik innovatsiyalar pedagogik tizimning ichki tuzilishini o`zgartiradi. Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining pedagogik yoki ta’lim innovatsiyalaridan samarali, faol foydalana olishlari muayyan jarayonda kechadi. Pedagoglarning kasbiy faoliyatga innovatsion yondasha olishlari ko`zlangan maqsadga erishishni kafolatlash bilan birga ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga, talabalarda bilish faolligini kuchaytirishga yordam beradi.

Download 5,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish