22 –mavzu: Kreativlik. Kreativlik muammosiga zamonaviy yondoshuv.
Reja
“Kreativlik va Kreativ pedagogika tushunchalarining mohiyati.
Kreativ pedagogikaning maksadi, vazifalari, obyekti va predmeti.
Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari.
Kreativ pedagogikaning boshka fanlar bilan alokadorligi.
Kreativ pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.
Tayanch tushunchalar: kreativlik, pedagogika, Kreativ pedagogika fani, fanning matssadi, fanning vazifalari, fanning obyekti, fanning predmeti, fanning tarkibiy tuzilmasi, fanning asosiy kategoriyalari, Kreativ pedagogikaning boshtsa fanlar bilan alotsadorligi, ilmiy- tadtsitsot metodlari.
“Kreativlik va Kreativ pedagogika tushunchalarining mohiyati
Zamonaviy pedagogikada kreativ pedagogika tushunchasi kullanila boshlaganiga hali u qadar ko`p vakt bulmadi. Birok, o`qitishjarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini karor toptirishga bo`lganehtiyoj Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini taminladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o`qitish metodikasi, talim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g`oyalari tashkil etadi. Kreativ pedagogika fanining umumiy asoslari mutahassis, shu jumladan, bo`lajak mutahassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart - sharoitni yaratishga xizmit kiladi.
Shaxsning mutahassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi uz mohiyatiga kura jarayon tarzda namoyon buladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g`oyalarining karor topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo`lganjarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashki olami o`zgarishining o`zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar mda inson ontogengizi - tug`ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni takozo etadigan faoliyat mazmuniga bog`liq.
Malumki, kasbiy tajriba bilim, kunikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Birok, kasbiy-ijoiy faoliyat kunikmalarining o`zlashtirilishi nafakat amaliy kunikma va malakalarning integratsiyasi, mutahassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chikishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo`lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o`zlashtirilishi talab etadi.
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o`zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning surati va kamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog`liq.Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo`lishi takozo etadi.
Sunggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning talim tizimida o`quvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga aloxida, jiddiy etibor karatilmokda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko`plab tadqiqotlar, ularning natijalarian kuriti mumkin.
Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan Maktab kreativlikni barbod etyaptimi? nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha kilingan. Qolaversa, o`qituvchilar kreativlik asoslarini o`rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). O`qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv kunikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Talim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noananaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Talim departamenti, 2013 y.).
Salmokli amaliy ishlar olib borilayotganligiga karamay, ko`pchilik o`qituvchilar hali hanuz shaxs (o`zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday kilib samarali shakllantirish tajribasini o`zlashtira olmayaptilar.
Talim tizimini boshkarish organlari har yili talim muassasalarida yukori samaradorlikka erishishga etibor karatadi. Ana shu maksadda o`quv dasturini ishlab chikiladi, yangi o`quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o`qituvchilarni kasbiy usishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuklarga erishish, olG`a intilishga bo`lgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning o`quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.
Birok, o`quv yilining oxirida kelib oliy talim muassasalarida talabalarning fanlarni o`zlashtirishlarida yukori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko`plab talabalarning talim olishga nisbatan qiziqishi yukolgan. Buning natijasida o`qituvchilar ham avvalgidek zavku shavk bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni uylashmayapti. Talim tizimini boshkaruvchi organlar talim olishga nisbatan xoxish-istagi bulmagan talabalar, bu kabi talim oluvchilarni ukitishni istamayotgan o`qituvchilar faoliyatini o`zgartirish borasida yangidan-yangi chora- tadbirlar belgilansa-da, axvol o`zgarishsiz kolmokda.
Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o`ylab, rejalashtirilib kuyilittti talabalar uchun qiziq bulmayotgandir, balki balki talim mazmunining muayyan kolipga solinganligi talabalar uchun xech qanday stimul bermayotgandir, rag`bat bildirmayotgandir. O`quv mag`ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tankidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi G`oyalarni o`ylab topishga majbur qilish talim olishga bo`lganmunosabatni o`zgartirish, ularni yutuklarga erishishga rag`batlantirishda asosiy omil bular. O`quv mashg`lotlarida yetishmayotgan omil - kreativlik sanaladi1 [Patti].
Shaxsda kreatiklik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini tulakonli anglash uchun dastlab kreativlik tushunchasining manoni tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga kura, kreativlik - uz kiymatiga ega original G`oyalar majmui (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o`z tadqiqotlarida tushunchani shunday izoxlaydi: kreativlik - shaxs tomonidan amalga oshirilaigan amaliy harakat bo`lib, u o`zida muayyan yangilikni aks ettirishi va malum amaliy kiymatga ega bo`lishi lozim. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuktai nazaridan ifodalansa, kreativlik muayyan soha bo`yicha o`zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yukori darajada noodatiy kunikmalarga ham ega bo`lish demakdir.
Ko`plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o`rtasidagi alokadorlik xususida turlicha karashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o`rtasida xech qanday bog`liqlik yuk ekanligini uktirsalar, ikkinchi guruh
vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog`liq ekanligini takidlaydilar (Kim, 2005 y.).
“Kreativlik tushunchasi o`zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. Garb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noananaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg`usi va erkinlik mavjud bo`lishiga etiborni karatadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug`ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yuye, 2000 y.). Garchi G`arblik va sharkliklarning kreativlik borasidagi karashlari turlicha bulsa-da, birok, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yukori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
Patti Drapeau nuktai nazariga kura kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o`quv topshiriq, masala va vazifalarini bajarishda ko`plab G`oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farkli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina tug`ri G`oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko`p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bulmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Yani, topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko`p tomonlama fikrlash), keyin esa eng makbul natijani kafolatlovchi birgina tug`ri yechimda tuxtaladi (bir tomonlama fikrlash).
Yukorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda kreativlik tushunchasini quyidagicha sharxlash mumkin:
Kreativlik (lot., ing. create - yaratish, creative - yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi goyalarni ishlab chikarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iktidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati
Ch
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, mulokotida, xis - tuYG`ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon buladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iktidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zexni utkirlikni belgilab beradi, talabalar etiborini talim jarayoniga faol jalb etishni taminlaydi.
Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutahassislari kabi o`qituvchilar ham o`zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular Ye.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan utadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o`ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo`yicha baholash imkoniyatini yaratadi. “Kreativ pedagogika quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
o`qituvchilar tomonidan o`quv fanlarini past o`zlashtirayotgan va ularini o`rganishni zerikarli deb xisoblayotgan talabalar etiborlarini fan asoslarini o`zlashtirishga jalb etish;
o`qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag`batlantirishga xizmat kiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bulmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib g`oyalarga ega bo`lsalar-da, birok, ularni ifodalashda sustkashlikka yo`l qo`yadi. Buning sababli talim jarayonida kullanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash kunikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi. Muallif tomonidan tavsiya kilingan vosita va strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda o`qituvchilar uchun kul keladi hamda talabalarda o`quv fanlarini o`rganishga bo`lganqiziqish, intilishni
rivojlantiradi .
Kreativ pedagogikaning maksadi, vazifalari, obyekti va
predmeti
Ko`z oldingizga talim jarayonini yuksak maxorat bilan boshkarayotgan, uni o`ziga xos va qiziqarli tarzda jushkinlik, zavku shavk bilan tashkil etayotgan o`qituvchini keltiring. U, garchi, o`zini kreativ shaxs yoki ijodkor deb bilmasa-a, birok, kreativlikni namoyon etuvchi talim jarayonini tashkil etayotganidan, unga imkon beradigan metod, usullarni kullayotganligidan o`zi ham mamnun, kolaversa, talabalarning minnatdor bo`lishlariga erishmokda. O`qituvchi talim jarayonida kreativ metod, usullardan kancha ko`p foydalansa, o`ziga va o`zining ijodiy, kreativ imkoniyatlariga nisbatan ishonchi shuncha ortadi2.
Pedagoglar tomonidan kreativlik sifat va kunikmalarining o`zlashtirilishida fan sifatida Kreativ pedagogika muhim urin tutadi.
Kreativ pedagogika - 1) pedagogda talim va tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy, kreativ yondashish, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo`lgan qobiliyat va malakalarini rivojlantirish; 2) talabalarda o`quv materiallarini o`zlashtirishga ijobiy, mustaqil yondashish, o`quv topshiriqlarini bajarishda yangi, ijodiy va kreativ g`oyalarni ilgari surish qobiliyati kunikmalarini shakllantirish hamda bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida kasbiy tayyorlash asoslarini yoritadigan, shaxs kreativligining turli yosh bosqichlari xususiyatlariga muvofik rivojlanishi masalalarini o`rganuvchi fan
Malumki, har bir fan o`zining tadqiqot obyekti va predmetiga ega buladi. Kreativ pedagogika ham o`z obyekti va predmetiga ega.
Ular:
Obyekti
Barcha yosh bosqichlari bo`yicha kreativ shaxsni kasbiy shakllantirish va rivojlantirish jarayoni
Predmeti
Kreativ shaxsni kasbiy shakllantirish va rivojlantirish metodologiyasi, ustuvor tamoyillari, yetakchi g`oyalari, muhim yo`nalishlari, asosiy bosqichlari va b.
Oliy talim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirish jarayonida quyidagi holatlar so`z yuritilayotgan jarayonda samaradorlikka erishishni kafolatlaydi:
oliy talim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga aloxida etibor karatish;
oliy talim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishning nazariy asoslarini ishlab chikish;
oliy talim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga xizmat qiluvchi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash;
talabalarning kreativ tafakkurini shakllantirishga yordam beruvchi shakl, metod va vositalar tizimini asoslash;
mazkur jarayonda fanlararo alokadorlikni taminlash;
talabalar tomonidan o`zlashtirilgan nazariy-pedagogik bilimlarning amaliyotga tadbik etishga imkon beruvchi shart-sharoitlarni yaratish.
Kreativ pedagogikaning tarkibiy to`zilmasi va asosiy
kategoriyalari
Har qanday fan singari Kreativ pedagogika fani ham o`zining tarkibiy to`zilmasiga ega. Ushbu fan quyidagi tarkibiy to`zilmaga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |