2) o`quvchilar jamoasini boshqarish.
Muayyan pedagogik texnologiyani tanlash dars holatini o`zgartirishning variantli choralarini ko`rishni taqazo etadi.
Yukrrida takidlanganidek, pedagogik texnologiya shaxsni rivojlantirishga imkon beradi.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining yetakchi tamoyillari: inkorporatsiya (tizimli faoliyat kursatish) - turli fanlarga oid bilimlarni umumlashtirish; moslanuvchanlik - ta’lim shakli, metodы va usullarining turli tam im muassas smarida tsullanuvchashshgi; utunlik - muayyan o`quv predmetiga oid o`quv materiali mazmunining shaxsni rivojlantirish shakl, metodы va usullari bilan uyьutigi; yaratuvchanlik - turli taыim muassasalari pedagoglarining pedagogik texnologiyalarni yaratish imkoniyatlari; tabiiylikka asoslanish - genetik va ijtimoiy jihatlarga muvofiq o`quvchilarning o`ziga xos, shaxsiy xususiyatlarini hiisobga olish.
Malumki, talim-tarbiya jarayoni uzida uchta o`zaro alokddor uchlik - talim, tarbiya va shaxe rivojlanishini aks ettiradi. Mazkur uchlikni talim jarayoniga barobar tatbiq qilish modul texnologiyalarini qo`llashni osonlashtiradi.
Modul texnologiyalarining afzalliklaridan biri talim mazmunini tartibga soliщdir.
V U
Ushbu texnologiya mohiyatiga ko`ra mavjud axborotlarning o`quvchilar faoliyatini Davlat ta’lim standartlari doirasida yetarli darajada muvaffakaiyatli amalga oshirish imkonini beradiganlari tanlab olinadi.
Modul texnologiyasining mohiyati ta’lim jarayonini modullar (o`quv predmeti va uning bo`limlari mazmunini tartibga solish, talimning muayyan bosqichidan boshlab bo`linmaydigan kasbiy faoliyatni mantiqan tugallangan kismlarga ajratish) asosida loyihalashtirishdan iboratdir. So`ngra ajratilgan har bir modul bo`yicha shu modulning o`zigagina taalluqi bo`lgan faoliyat mazmuni va tasiri doirasi belgilanadi. Modul texnologiyasi maqsadini ruyobga chiqaarish uchun modul bosqichma- bosqich amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda sodir etila- yotgan har bir harakat (qo`yilayotgan qadam) o`quv elementi sifatida qaraladi.
O`quv elementi o`z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
faoliyatning aniq elementlarini o`rgatish bilan bogliq bo`lgan nazariy va amaliy axborotlar, talim uchun zarur bo`lgan faoliyatni taminlovchi materiallar haqidagi malumotlar, maqsadlar identifikatsiyam (talim oluvchilarni harakatlantiruvchi maqsadlar), o`quv materiallari, o`quv sharoitini nazorat qilish instrumentlari (o`quvchilarning kuzlangan natijalarga erishishlari uchun zarur bo`lgan shart sharoitlar, testlar, maqsad etaloni va boshqalar).
Talim texnologiyasi jarayonining umumiy maqasadi quyidagi darajalarda oydinlashadi:
1. Talim muassasasining maqsadi hamda o`qituvchi va uning metodik faoliyati identifikatsiyasi.
2. O`quv predmeti (bo`lim)ning maqsadi, o`qituvchi va uning metodik faoliyati identifikatsiyasi.
3. Modul (o`quv elementi) maqsadi va o`qituvchining o`quvchilar bilan hamkorlikdagi faoliyati moduli, uning tashxis qilinadigan oxirgi natijalari.
Rejalashtirishning ananaviy metodlaridan talim texnologiyasiga o`tish keng ko`lamdagi ishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Jumladan, metodik majmualar yaratish, talim jarayonini didaktik, metodik va tashkiliy jihatdan taminlash nazarda tutiladi. Modul texnologiyaini ishlab chiqish tartibi quyidagi ketma-ketlikdan iborat bosqichlarni o`z ichiga oladi:
Pedagogik texnologiyani ishlab chiqishning analitik bosqichida O`zbekistan Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va kadrlar tayyorlashning Milliy modeli, o`quv predmetlari bo`yicha yaratilgan Davlat talim standartlari, ularda ilgari surilgan g`oyalar asosida chiqdriladigan xulosalar, yosh avlodni barkamol shaxs etib shakllantirishga yunaltirilgan talim mazmuni hamda malum mashg`ulotning umumiy, aniq, makasadiga erishish uchun talimning tashkiliy shaklini tanlash makasadga muvofiqdir.
Pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq etishning kontseptual-pedagogik bosqichida talim kontseptsiyalari, talim tizimi bosqichlarida nazarda tutilgan asosiy g`oyalar, umumiy xulosalar hisobga olinadi. Modulning tarkibiy tuzilishi umumiy talim, akademik littsey, kasb-hunar kolleji, bakalavriat, magistratura, umuman sotsiumning tarkibi sifatida ifodalanadi. Bu ayniqasa, bosqichli talim tizimining alohida elementlari uchun xarakterlidir.
Pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq etishning makasadli bosqichida talim muassasasi (umumiy urta ta lim muassasasi, akademik litsey, kasb-xunar kolleji, institut yoki universitetning uzoq muddatga mo`ljallangan maqsadi, talim sohalari va shu blokdagi alohida olingan o`quv predmeta tarkibidagi aniq, bir blokning ifodalanishi hisobga olinadi.
Pedagogik texnologiyani amalda qo`llashning mazmunli bosqichida talim soaalari, muayyan blok tizimidagi o`quv predmetlari mazmunini tanlash tamoyillari, alohida elementlar, yani, aniq, o`quv identifikatsiyasi o`quv predmetlari mohiyatini yorituvchi yirik mavzularda aks etishi kerak.
Pedagogik texnologiyani amalda qo`llashning jarayonli bosqichida o`qituvchining vazifalari, shuningdek, o`quvchilar tomonidan o`quv faoliyatini tashkil etishga yo`naltirilgan talim turi, talim metodlari namoyon bo`ladi. Bu jarayonda o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning demokratik tamoyil, samarali usul, tashkiliy shakl va talim vositalarining tanlanishiga alohida urg`u beriladi.
Faoliyat nuqtai nazaridan yondashish kontseptsiyasiga asoslanib, o`qitish jarayonini tashkil etishning quyidagi mantiqiy ketma-ketligini asoslash mumkin: dastlab o`quv materiali mazmunining tavsifi, uni o`rganishdan ko`zlangan maqsad (o`zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo`yilish shartlari tahlil etiladi. So`ngra, talimning samarali metodlari hamda o`quvchilar bilish faoliyatini boshqarish tizimi ishlab chiqiladi, talim vositalarining ruyxati tuziladi. Hosil qilingan metod va talim vositalarining yaxlit tizimi tashkiliy shakllar bilan uygunlashtiriladi, yani, muayyan texnologiya ishlab chiqiladi. Umumlashgan pedagogik texnologiyalar malum psixopedagogik asoslarda kurilgan sintetik nazariya sifatida qaraladi. Amaliy pedagogik texnologiyalar oldindan rejalashtirigan natijaga erishish maqsadida tayyorgarlik jarayonini loyihalash muammosini metodik jihatdan hal etishga yunaltiriladi.
Shunday qilib, avvaldan loyihalashtirilgan talim jarayonining pedagogik texnologiyasi o`zida talim maqsadi, mazmuni, shakl, metodlar va vositalar tizimi, o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatish imkoniyatlari hamda yakuniy natijaga erishishni taminlovchi majmuani mujassamlashtiradi.
O`z-o`zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar.
1. Pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish shartlarini tushuntirib bering.
2. Pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishda muloqatning o`rni nimadan iborat?.
3. Pedagogik texnologiyani tanlash sharilarini aytib bering.
4. Pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq etishning kontseptual-pedagogik bosqichilari qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |