12- mavzu: DIDAKTIK JARAYONINING MOHIYATI
REJA:
Didaktik jarayonining mohiyati va vazifasi.
Didaktik maqsadini aniqlash.(Talimiy rivojlanuvchi va tarbiyaviy).
Bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari.
Talim didaktik jarayonida ilmiy dunyoqarashni,axlokiy,estetik tarbiyani va etiqodni tarkib toptirish.
DIDAKTIK JARAYONINING MOHIYATI VA VAZIFASI.
Insonni tarbiyalashda,inson shaxsini kamol toptirish va shakllantirishda o`kitish va ilm berish katta rolь uynaydi.Ta’lim berish va o`qitish (didaktika) nazariyasi maktab o`quvchilarni bilim olishning va o`qituvchi faoliyatining konunlarini ochib beradi,o`qitish jarayonining mohiyati, printsiplari,mazmuni,metodlari hamda tashkil etilishini belgilaydi va izoxlaydi.
Talim berish kishilik jamiyatida uning ilk rivojlanish bosqichlarida paydo buldi.Bolalar kattayoshdagilarga taklid qilib ,ularning ish-harakatini ,mehnat kurollarini yasash va ishlatish jarayonlarini takrorlashar, ularning xulk-atvorlaridan andoza olishar, suzlashuv terminlarini va ularning manosini eslab kolishardi.Katta yoshdagi odamlarga taklid kilishib,usa borgan sari bolalar tabiat konunlarini bilib oladi,uz bilimlarini chukurlashtiradi va yanada oshiradi.
Bilimlar-odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida tuplagan umumlashgan tajribasidir.
Talim jarayonida o`quvchilar insoniyat ijtimoiy-tarixiy tajribasining muayyan jixatlari-ideologiyasini, siyosatini, fanni, axlokni, mehnatni, adabiyot vasanatni,umumiy va jismoniy madaniyatni uzlashtiradi. Xozirgi paytda talim shaxsning har tomonlama uygun rivojlanishi uchun negiz yaratadi.
Talim-dialektik tarzda tarakkiy etib boradigan ichki ziddiyatli jarayondir.Unda hamisha bir tomon va uning karama-karshisi bo`lgan(ikkinchi tomon)o`qish va o`qitish,eskilik va yangilik,yakka vaumumiy narsalar mavjud.
Talim jarayoni ikki tomonlama bo`lib,unda ikki shaxs-o`qituvchi va o`quvchi bo`ladi.Ular muayyan jarayongagina xos bo`lgan malum munosabatda bo`ladilar.O`qituvchi bilan o`quvchi bir-biriga mutlako zid rollarni-o`qitish va o`qish rollarini bajaradilar.Talim berish o`quvchilargabilimlar berish,ularda ko`nikmalar va malakalar hosil kilish,yangi xakikatlarni ocha olishga kodir bo`lganijodiy,mantikiy tafakkur tarbiyalashdir.
O`qish-o`quvchilarning uzlashtirish,uzida bilish kobiliyatlari,fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil kilish jarayonidir.
O`qish-faol bilish jarayoni bo`lib,unda o`quvchining akliy kuchi,xarakterining axlokiy va irodaviy xislatlari,shaxsiy va temperamenti xususiyatlari namoyon bo`ladi va shakllanadi.O`qish jarayonida o`quvchilar uzlari mustakil ravishda bilimlar egallashlarida ulardan foydalanish ko`nikmasini mujassamlashtirgan akliy hamda jismoniy mehnat madaniyatini ham egallaydilar.O`quvchi materialni urganishga kirishayotganida xali uning qanaqa material ekanligini bilmaydi. Urganganidan keyingina u materialni bilib oladi.Shunday qilib,o`qish bilmaslik va bilish ziddiyatlarining birligidir.Dars berish va o`qish-maktabdagi yagona o`quv-jarayonining ikkita jixatidir.O`quvchilar to`g`risida uylamasdan,ularning aktivligiga,rivojlanishiga,imkoniyatlariga,bilimi va malakasiga tayanmasdan o`qituvchilik faoliyatini amalga oshirib bulmaydi.
Maktabdagi talim bolani ilmiy bilimlar,tushunchalar,qonuniyatlar olamiga olib kiradi. O`quvchi kiska vaqt mobaynida insoniyat tarixida asrlar davomida urganilishi mumkin bo`lgan narsani bilib oladi.Masalan,tilning grammatik shakllari minglab yillar davomida tarkib topadi,o`quvchi esa ularni bir necha yillik o`qish jarayonida urganib oladi.Bunday tarzdagi o`quv faoliyati maktab o`quvchisining akliy rivojlanishini ancha tezlashtiradi.
Shu kunlarda tugilgan bola bundan bir necha asrlar oldin tugilgan boladan printsipial tarzda fark kilmaydi.Lekin xozirgi bola maktabni tamomlagan paytda zamonaviy ilmiy-texnikaviy tarakkiyotga yakin bo`lib koladi hamda bundan bir necha asr oldinyashagan tengkurlaridan printsipial tarzda fark kiladigan bo`ladi.O`qitish ilmiy bilishdan fark kiladi. O`qishning mohiyati o`quvchining bilim olishidan,o`quv fanlari mazmunini uzlashtirishdan iboratdir.
Talim berish jarayonida o`qituvchi o`quvchilarga tushunarli bo`lgan umumiy talim materialidan foydalanadi.Muayyan yoshga xos usullarni va talimda eng yaxshi samaralarga erishish imkonini beradigan maktab didaktikasi metodlarini qo`llshanadi.
O`qitish-talim berish,kamolga yetkazish va tarbiyalash kabi uchta funktsiyani uz ichiga oladi:
1-si bilimlarni egallash,o`quv ko`nikmalarini va malakasini shakllantirish jarayonidan iborat.
2-si o`quvchilarning akliy jixatdan rivojlantirilishini uz ichiga oladi.Bir xil turdagi bilimlar yigndisi akliy rivojlanishning turlicha darajasiga olib chiqishi mumkin.Bu o`quvchi akliy kuchi va kobiliyatlarini shakllantirishning dialektik jixatdan murakkab va ziddiyatli jarayon ekanligi sababli ruy beradi.O`qish o`quvchilar rivojlanishi umumiy darajasini doimiy ravishda oshira borishi shart-rivojlantirish funktsiyasining mohiyati ana shundadir.
3-si tarbiyalash funktsiyasi shundan iboratki,o`quv faoliyatio`quvchini tarbiyalaydi,unda vatanparvarlik,axlokiy fazilatlar,nuktai nazar, etiqod, ideal, estetik tuyg`u,intizomlilik,mehnatsevarlik shakllanadi.
Vazifa shundan iboratki,bolalarda zarur fazilatlarni hosil kilish maqsadida ushbu funktsiyalarni boshkarishga,bolalarning ongiga, xissiyotiga, irodasiga sobitkadamlik bilan sistemali tarzda tasir o`tkazishga urganish kerak.
O`qitishning talim berish,rivojlantirish va tarbiyalash funktsiyalari amalga oshirilishi natijasida maktab o`quvchisi shaxsini shakllantirish jarayoniga kompleks yondashuviga erishiladi.
Maktab o`quvchilariga talim berish jarayonida albatta,tarbiya ham beriladi. Talim va tarbiya doimo birgalikda,hamjixatlikda olib boriladi. Respublikamizning yosh avlodini kelajakka yetuk inson qilib shakllantirish eng asosiy vazifadir.Manaviy barkamol inson qilib yaratish,har bir pedagogning burchi deb xisoblanadi.Yukorida talim jarayonining vazifalari sanab utildi,lekin shunga yana bir kushimcha kilmokchi man.
Mustakillikka erishib mamlakatimizda juda kup uzgarishlar buldi.Milliy ananalarimiza,urf - odatlarimiz,buyuk bobolarimizni anglab yetishiga imkon yaratildi.Yosh avlodga utmishni tanitmasdan turib,ulardan biz yangi narsalarni talab kiola olmaymiz.Prezidentimiz aytganlaridek "Utmishn bilmay turib kelajakni kurib bulmaydi".Xozirda milliy maktablar tashkil kilish,dars tizimini talim jarayoni mohiyatini milliylashtirishga katta etibor qaratilayotgan ekan,o`qituvchi o`quvchilarga buyuk utmishimizni,buyuk bobokalonlarimizni,buyuk ananalarimizni oyok osti bulishiga yo`l kuymaslikni,ularni saqlab va yanada rivojlantirshni o`rgatish lozim.Umuminsoniy kadryatlarga sodiklikni urgatib borish kerak.Va albatta,vatanparvarlik tuyg`usini har bir o`quvchida shakllantirish zarur.
DIDAKTIK MAQSADINI ANIQLASh,(TA’LIMIY,
RIVOJLANUVChI VA TARBIYaVIY).
O`qitish protsesining qonuniyatlaridan biri uning rivojlantiruvchi va tarbiyalavchi xarakteridir. Shaxsning psixik rivojlanishi o`qitishga bog`liqligi allakachon aniqlangan bo`lib,u tadqiqotlarda yanada tasdiklanmokda. Xozirgi zamon olimlariL.V.Zankov, A.A.Smirnov, V.V.Davidov,D.B.Elьkoning o`quvchilarning rivojlanish darajasining va o`qitish protsessida unga aktiv ta’sir kursatishni xisobga olish zarurligini kayd kiladilar.Yukori darajadagi kiyinlikda, uzlashtirishning tez su’ratlarida,o`quvchilarning yuksak aktivligida amalga oshiriladigan o`qitish ularning rivojlanishida progress bulishiga yordam beradi.Shuningdek o`qitish protsessida shaxsning yangi sifatlari masuliyatni xis etish, uyushkoklik, qiziquvchanlik va boshkalar tarkib topadi.Bularning hammasi o`qitishning tarbiyalrovchi xarakteri haqida gapirishga imkon beradi.Tarbiya ishi o`qitishning mazmuni,forma va metodlari orqali,shuningdek shaxsning va u boshkaradigan kollektivning bevosita tasiri tufayli amalga oshiriladi.O`qitish yuksak goyaviylik va chinakam ilmiylik xarakterda bo`lgan takdirdagina o`qitish mazmuni orqali tarbiyalovchi tasir kursatishi mumkin.O`qituvchi tarbiyaning umumiy maqsadlariga amal qilib,har bir darsda aniq tarbiyaviy vazifalarni xal kilishi kerak.Har bir o`quv fanining mazmuni shugullanuvchilardan ilmiy dunyoqarash tarkib topishiga tasir kursatshi lozim.Bunda u dunyoqarashga oid muhim goyani uzlashtirib oladi.Inson uzini,uz gavdasini maxsus ravishda shaxsiy ongi va irodasi obyekti kilimb olsa,ularni takomillashtirishi mumkin.
O`qish protsessida o`quvchilar ongiga doimo izchillik bilan muayan maqsadlar kuyiladi,keyin esa barcha vositalar bilan ularga erishish taminlanadi.Bu irodaning,katiylikning rivojlanishiga ijobiy xulk-atvor odatlari va xarakter xislatlarining tarkib topishiga imkon beradi.Sistemali bilim olish tasirida o`quvchilarning bilish kobiliyatlari: idrok, dikkat, xotira, tafakkur, nutk va hokazolar rivojlanadi. Jismoniy tarbiya protsessida bu kobiliyatlar o`ziga xos ravishda rivojlanadi. Kupchilik jismoniy mashqlarni bajarish tezlik bilan dikkatni tuplash,harakat xotirasini safarbar etish,taktik tafakkurni qo`llash va xokazolarni talab kiladi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanish protsessida nutk maxsus terminalogiya bilan boyib boradi.
O`qitish metodlari va uning tashkil etilishiga katta tarbiyalovchi tasir kursatadi.Mashg`ulotlarning aniq va uz vaqtida boshlanishi muayan ravishda kontrolь kilingan xolda asboblardan foydalanish koidalarga rioya kilish ham tarbiyalovchi elementlarga ega.
O`qituvchi shaxsining o`quvchilarga kursatadigan ta’sirida ortikcha baxo berish mumkin emas.O`qituvchining uz ishini sevishi,bilmimlari,xakkoniyligi,yuksak axlok madaniyati,tarbiyalontsuvchilarga xurmat bilan kushib olib boradigan talabchanligi,gamxurligi,pedagogik odobi,barcha o`qitish metodlariga aloxida tasirchanlik baxsh etadi.Darsning mazmuni kanchalik chukur va qiziqarli bulmasin,agar o`qituvchiga fanga nisbatan shaxsan qiziqish,bilish zarurligiga ishonch bulmasa,uning o`quvchilar fikri,tuyg`ulari va irodasiga tasiri ham cheklangan bo`ladi.
O`quvchilar kollektivining kollektivdagi ayrim azolarga kursatadigan tasiri kattadir.Yaxshi kollektiv doimo yukori darajadagi ishchanligi,uyushkokligi,intizomi bilan ajrnalib turadi.Bu shaxsga tarbiyaviy tasir kursatishda kerakli vaziyatni vujudga keltiradi. Mustahkam birlashgan kollektivda shon-sharaf hissi o`zaro talabchanlik yukori darajada rivojlangan bo`ladi,kollektivning bu xislatlari o`quv ishining sifati va natijalariga doimo ijobiy tasir etadi.
Talim maqsadini aniqlashda albatta uning mazmunini chukur anglab yetish zarur.Maktabdagi barcha predmetlar talim yunalishiga ega.Buning manasi shuki,o`quvchilarning bilimlarini uzlashtirishidagina emas,balki har bir predmet o`quvchilar rivojlanishining umumiy darajasini oshirishda qanday ahamiyatga ega ekanligini angalab yetishlariga ham intilish kerak.Bazan o`quvchilarda ,ayniksa V-VII sinf o`quvchilariga, ularning kelgusi hayotida masalan,chizmachilik yoki ashula darslari kerak emasdek tuyiladi.Shu sababli o`qituvchi har kancha harakat kilishga karamay,ular bu predmetlar bilan istar-istamas qiziqmasdan shugullanadilar. Bunday sharoitda ana shu predmetning ahamiyati pasayadi.Barcha predmetlarning chukur va mufassal urganish fikr doirasini kengaytiradi,dunyoning rivojlanish imkonini beradi.Etiqodni oliy janab axlokiy fazilatlarini,vatanparvarlik tuyg`usini,mehnat kilish ishtiyokini shakllantiradi.Umumiy rivojlanish ana shundan iboratdir.
BILIMLARNI EGALLAShNI ASOSIY BOSQIChLARI.
O`quvchilarning o`quv yordamida bilish faoliyatiga raxbarlik kilishnga urganish uchun o`quvchining bilimlarni egalashning asosiy bosqichlarini yaxshi bilishi kerak.
Birinchi bosqich-bu idrok etishda.Psixologiyadan malumki,idroketish- bu mak5sadga yunaltiriolgan tarzdagi bilish jarayoni demakdir.U saylanma zxarakterga ega bo`ladi.Shuning uchun ham o`quvchilarga avvalo mavzu haqida xabar berish,yani ular nimani urganajakligini aytish kerak.Vazaifa kuyish va uni tushuntirish shart.Agar o`quvchilar o`quv topshirig`ini anglab yetmasalar,o`quv materiali bilan tanishtirishga unitmaslik kerak.Idrok hamisha bolalardagimavjud tajribaga tayanadigan muayan maqsadni kuzlovchi jarayon bulishi shart. So`ngra o`quvchilar o`qituvchi raxbarligida tayyorgarlik ishlarini bajarishadi.O`quv mateirali bilan dakslabki tarzda tanishtirish boshlanadi.U real yoki tasviri tushurilgan narsalar,xodisalar,vaziyatlarni kuzatishdan,sodda tajribalar o`tkazishdan iborat bo`ladi.
O`qituvchining vazifasi bilish vazifalarini kuyish yo`li bilan o`quvchilarni aktiv faoliyatiga tayyorlashgina emas,balki bilish vaziyati butun dars davomida xukumronlik kilishi yani talim jarayonida xal etiladigan savollarning paydo bulishi uchun o`quvchilarning idrokiga doimo raxbarlik qilib turish hamdir.
Birinchi bosqich-kachonki o`quvchilar kaysi xodisalar,voqealar,narsaplarni urganishni kerakligi va o`quv topshirig`ini kanchalik anglshab olganligi haqida yetarlicha tasavvurga ega bo`lgan payitda tugallanadi.
Ikkinchi bosqich-bu o`quv materialimni idrok etish bosqichi xisoblanadi.U bilimlarning nazariy tomonlarini aloxida ajratib kursatishda va taxlil kilishdan iboratdir.Asosiy fikrni topish,tushunchalarni ajratib kursatish,ularning belgilarini asoslab berish,izoxlovchi materialning xarakterini tushinib olish,misollar va tushuntiruvchi faktlar yigindisini urganish kerak.
Uchinchi broskich - bu yod olish yoki mustahkamlashdir.Vazifa olingan bilimlarni uzok vaqt davomida saqlab kolishdan iboratdir.Bu borada bilish faoliyati asosan mashqlar,mustakil ravishda ijodiy ish kilish tarzida yuz beradi.Nazariy material tushunchalari,koidalar,isbotlar,har xil mashqlar takrorlanadi.Tushunchalarni belgilari mustahkamroq urnashib koladi,koidalar,teoremalar,konunlar yaxshirok eslab kolinadi.
Uchinchi bosqich yakunida o`quvchilar nazariy materialni biladigan va uni mashqlarni bajarishda masalalarni yechishda,teoremalarni isbotlashda va x.k. qo`llay oladigan bulishlari kerak.
Turtinchi bosqich - bilimlar,malaka va ko`nikmalarni amaliy faoliyati ayniksa maktab qoshidagi uchastkada,o`quv ustaxonalaroda laboratoriyalarda ishlash chogida,shuningdek traktorlarda,kombaynlarda,stanoklarda va boshka mashinalarda ishlashga o`rganish jarayonida qo`llanishdan iboratdir.
Bolalarning etiborini uy-ro`zg`or mehnatning bazi bir sodda tarlariga jalb etish muhimdirki,ularning bunday mehnatda ishtirok etishi o`qish jarayonida olgan bilim va ko`nikmalarini mustahkamlaydi.
O`qitishning o`quvchilar amaliy faolyaiti bilan bog`liqligi,axlokiy fazilatlarni shakllantirishga, qiziqish va moiyoikni hosil kilishga, o`qishga ijobiy tarzda asoslashga yordam beradi.
Idrok jarayoni o`quvchi ongida tevarak atrovdagi voqelikning sezgi organlari orqali shunchaki aks etishi emas.Anglash elementlari, qanaqadir yangilikni,sabab oqibat boglanishlarini aniqlash idrokni negizini tashkil etadi.Binobarin,idrokda xis etib bilish tafakkurning umumlashtiruvchi abstraktlashgan faolyaiti bilan uzviy boglangan bo`ladi.
Bilishning Boshlang`ich bosqichi bo`lgan idrokka etiborsizlik bilan qarash yaramaydi.Uni yaxshilab yo`lga solish va malaga oshirish,unga faqat idrok mabaigina emas,balki fikr muloxaza manbai deb qarash ham lozim.
Tevarak atrofdagi voqeylik narsa va xodisalarni ongda tulik har tomonlama aks ettirish uchun maktab o`quvchilarning sexgi organlari orqali olgan idroklari hamda tasavvurlarini uzi kifoya kilmaydi.Yana fikrlashni urganish ham zarur.O`quvchilarning fikrlash kobiliyatini darsda amaliy mashg`ulotlar o`tkazish yo`li bilan ustirish lozim. Maktab o`quvchilari tafakkur jarayonida analiz, sintez kilshni,bir buyumni boshkasi biolan taqqoslashni bir biriga karama - karshi kuishni bilimlarni uzlari uchun tushunarli sohalaridagi sabab oqibat boglanishini aniqlashni bilib oladilar.
Analiz - narsa va xodisalarni tarkibiy kismga elementlariga ajratish.O`quv jarayonida o`quvchilar harakat bilan va fikran analiz kilishlari mumkin.
Sintez - analizga karama-karshi bo`lgan fikrlash jarayonidir. Sintez jarayonida o`quvchilar urganilgan narsalar vaxodisalarning ayrimkismlri, elementlarni bir butun qilib birlashtiradilar.Birinchi sinfda o`qitishni urganayotganda o`quvchilar tovushlar va harflardan buginlar,buginlardan ayrimt svuzlar,suzlardan esa ju4mlalar tuzishni bilib oladilar.Sintez ham,analiz ham maktab yoshidagi kichiq o`quvchilarning o`quv ishida katta urin tutadi.O`quvchilarning fikrlash faoliyati taqqoslashlarida ham nomoyon bo`ladi.
Taqqoslash - narsalar va xodisalardagi tafovut hamda uxshashlikni tenglik va notenglik topa olishda ifodalanadigan fikrlash operatsiyasi K.D.Ushinskiy o`quv materiallarini tushunib olish jarayonida taqqoslashning muhim ahamiyatga ega ekanligini takidlab,bunday deb yozadi:"...taqqoslashlar har qanday tushunish va har qanday fikrlashlarning negitzidir. Dunyodagi hamma narsangi faqat taqqoslash vositasidagina bilib olamiz..."
Do'stlaringiz bilan baham: |