V. V. Mayskiy



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/182
Sana13.04.2022
Hajmi7,23 Mb.
#548497
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   182
Bog'liq
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima) (1)

Anesteziya turlari.
■ Yuza (terminal) anesteziya – asosan shilliq qavat 
(koʻz, burun, burun-halqum)
anesteziya-
sida qoʻllaniladi. Anestetiklar shilliq qavatga qoʻllanilagandan soʻng, sezuvchi nerv 
oxirlarini 
(terminal)
bloklaydi.
Yuza anesteziya oftalmologiyada 
(masalan, yod jismlarni olishda)
, otorinolaringologiyada 
(burun, burun-halqum shilliq qavati operatsityalarida),
bronxoskop, ezofagoskop kiritishda 
hamda intubatsiyada ishlatiladi.
Anestetiklar shilliq qavatga qoʻllanilganda qisman soʻrilishi va rezorbtiv zaharli ta‘sirni 
namoyon qiladi. Anestetiklarning soʻriluvchanligini kamaytirish uchun ularning eritmalariga 
qon-tomirlarni qisqartiruvchi moddalar qoʻshiladi masalan, adrenalin. 
Anestetiklarni soʻrilishini oldini olish ularning zaharli ta‘sirini kamaytiribgina qolmay
anestetiklarning ta‘sir davomiyligini uzaytiradi. 
■ Oʻtkazuvchan 
(regionar)
anesteziya. Agar sezuvchi nerv tolasi atrofida joylashgan toʻqi-
maga mahalliy anestetik eritmasidan yuborilsa, sezuvchi nerv tolasi blokadasi sodir boʻladi. 
Buning natijasida aynan shu nerv bilan innervatsiyalanuvchi qismda sezuvchanlik yoʻqoladi. 
Bu turdagi mahalliy ogʻriqsizlantirish oʻtkazuvchi anesteziya 
(nerv oʻtkazgichlar blokadasi)
deyiladi.
Bunda mahalliy anestetik toʻqimaga kiritiladi va qon oqimiga qisman qoʻshiladi, rezorbtiv 
ta‘sir kuzatilishi mumkin. Shuning uchun regionar anesteziyada toksik anestetiklardan 
foydalanilmaydi 
(masalan, tetrakain)
. Mahalliy anestetiklarni soʻrilishin kamaytirish va 
ta‘sirini uzaytirish uchun ularning eritmalariga qon - tomirlarini toraytiruvchi moddalar
(adrenalin va boshqalar)
qoʻshiladi. Oʻtkazuvchi anesteziya qoʻl - oyoqda oʻtkaziladigan 
va stomotologik amaliyotdagi xirurgik operatsiyalarda qoʻllaniladi.
Oʻtkazuvchi anesteziya turlaridan biri epidural 
(peridural)
anesteziya hisoblanadi. Anestetik 
eritmasi epidural boʻshliqqa 
(orqa miya qattiq qobigʻi bilan orqa miya kanali ichki yuzasi 
orasidagi boʻshliqga)
yuboriladi. Bunda orqa miya nerv ildizlari blokadasi yuzaga keladi. 
Epidural anesteziya oyoqlar va kichik tos organalri operatsiyalariga ishlatiladi. Asosan 
Kesar usuli boʻyicha kesishda ishlatiladi.
Subaraxnaidal anesteziya 
(orqa miya anesteziyasi)
. Anestetik eritmasi subaraxnaidal 
boʻshliqga 
(orqa miya suyuqligiga)
orqa miya bel umurtqalari boʻlimida yuboriladi. Bunda 
orqa miya bel-dumgʻaza boʻlimiga keladigan sezuvchi nerv tolalari blokadasi sodir boʻladi, 


80 
Manbaa:
@pharma_baza
tananing pastki qismi va unda joylashgan ichki organlar anesteziyasi rivojlanadi. 
Subaraxnaidal anesteziya asosan kichik tos organalari va oyoqlardagi operatsiyalarda 
qoʻllaniladi. Subaraxnaidal anesteziyada simpatik tolalalarda blokada boʻlganligi uchun 
arterial bosim pasayadi, arterial gipotenziyani oldini olish uchun efedrin yuboriladi.
■ Infiltratsion anesteziya koʻpgina xirurgik xususan ichki organlar operatsiyalarida qoʻllani-
ladi. Oʻtkazuvchi anesteziya kabi infiltratsion anesteziyada ham toksik anestetiklar 
qoʻllanilmaydi, chunki ular umumiy qon oqimiga oʻtib rezorbtiv va toksik ta‘sir koʻsatishi 
mumkin.
Infiltratsion anesteziya uchun anestetiklarni natriy xloridning gipotonik (0,6) yoki izotonik 
(0,9) etitmasida eritiladi. Anestetiklarni soʻrilishini kamaytirish va ta‘sirini uzaytirish uchun 
ularning eritmalariga adrenalin qoʻshiladi.
Yuza terminal anesteziya uchun 
kokain, tetrakain, benzokain, proksimetakain
qoʻllaniladi.
Birinchi mahalliy anestetik ta‘sir koʻrsatuvchi modda bu – Janubiy Amerikada oʻsadigan 
kokain butasi alkaloidi
kokain
boʻlgan. Kokain eritmasida ba‘zida yuza anesteziyalarida 
ishlatiladi. Lekin hozirgi kunda kokain faolroq va toksik xususiyati kamroq hisoblanadi.
Kokain adrenergik sinapsda noradrenalinning qayta neyronal ushlab qolinishiga ta‘sir 
koʻrsatadi. Bu noradrenalin oʻtkazuvchanligi faollashtiradi. Kokainning rezorbtiv ta‘siri 
MNS ni qoʻzgʻatishda namoyon boʻladi, yuqori dozada esa soʻndiruvchi ta‘sir koʻrsatadi. 
(kokaindan zaharlanishganda oʻlim nafas markazi falajlanishi bilan sodir boʻladi)

Kokainning MNS ga qoʻzgatuvchi ta‘siri , kayfiyat koʻtarishi(dofamin qayta yutilishini ham 
ingibirlagani uchun), tetiklik hissini oshirganligi uchun bu moddaning suistemol qilib 
ishlatishga sabab boʻladi. Tizimli ravishda kokain qabul qilinganda odamda preparatni qayta 
qabul qilish talabi ortadi, chunki kokain orgamizmga yetishmasa kayfiyatni tushishi
kuchsizlanish, ezilish ya‘ni preparatga oʻrganib qolish yuzaga keladi 
(kokainizm).
Kokainning periferik ta‘siri simpatik innervatsiyaning (adrenergik) aktivlanishi; yurak 
qisqarish chastotasi va kuchi oshishi, qon – tomirlarini qisqarishi, arterial bosimni oshishi 
bilan namoyon boʻladi.

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish