Valokordin
sedativ, ozroq vazodilatator va spazmolitik ta‘sirga ega.
12.6.PSIXOSTIMULYATORLAR.
Psixostimulyatorlar
-
aqliy faollikni, e‘tiborlilikni va ishlash qobiliyatini vaqtincha oshira-
digan moddalar. Psixostimulyatorlarni qoʻllash natijasida kuch ortadi, tetiklik paydo boʻladi,
uxlashga ehtiyoj kamayadi.
Yuqori samarali psixostimulyator
amfetamin
(fenamin) boʻlib, u
markaziy asab tizimining
sinapslarida noradrenalin va dofaminning ajralishini kuchaytiradi. Amfetamin psixo-
stimulyator ta‘siriga qoʻshimcha ravishda taxikardiya, qon bosimining oshishiga olib keladi,
bu uning simpatomimetik ta‘siri. Amfetaminni qoʻllash doriga moyillikni yuzaga keltiradi.
Amfetaminning nojoʻya ta‘siriga uyqusizlik va titroq kiradi.
Hozirgi kunda amfetaminni
ishlatish cheklangan.
Hozirgi amaliyotda psixostimulyator sifatida
mezokarb
(sidnokarb) ishlatiladi.
Ushbu
preparat noradrenalinning ajralishini oshiradi; fenaminga nisbatan kam samarali, yurak-qon
tomir tizimiga sezilarli ta‘sir koʻrsatmaydi, doriga moyillikni keltirib chiqarmaydi. Mezokarb
180
Manbaa:
@pharma_baza
uyquchanlik (xususan, narkolepsiya bilan),
holsizlik , befarqlik va charchoq bilan kecha-
digan kasalliklarda ishlatiladi.
Mezokarbni nojoʻya ta‘siri: xavotir, uyqusizlik (tunda buyurmaslik kerak), koʻngil aynishi,
ishtahani
pasayishi, ogʻizning qurishi, ich qotishi, qon bosimining biroz koʻtarilishi
kabilar
bilan namoyon boʻladi.
Kofein
ham psixostimulyator xususiyatiga ega.
12.7.NOOTROP MODDALAR
( neyrometabolik stimulyatorlar)
Ushbu dorilar guruhiga:
■ piratsetam (nootropil)
■ gamma-aminobutirik kislota (aminalon, gammalon)
■ piritinol (ensefabol) kiradi.
Bu moddalar neyrometabolik jarayonlarni faollashtiradi va antigipoksik ta‘sirga ega.
Nootrop dorilar aqliy nogiron bemorlarda, miya jarohatlarida, insultda xotirani yaxshilaydi,
oʻzlashtirish qobiliyatini oshiradi va miyaning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi. Ta‘sir
mexanizmi yaxshi oʻrganilmagan. Nootrop dorilar sogʻlom odamlarga sezilarli ta‘sir
koʻrsatmaydi.
181
Manbaa:
@pharma_baza
XULOSA
Birinchi navbatda ushbu qo‘llanmani tarjima qilishda va uni jamlashda yuzaga kelgan xato
va kamchiliklar uchun uzr so‘raymiz. Shu bilan bir qatorda mana shu xato va kamchiliklarni
bizga ogohlantirib qo‘ysangiz, ahamiyatiga ko‘ra uni to‘g‘irlashga harakat qilamiz. Boshida
ham ta‘kidlab o‘tilgani kabi, kitobning biz tarjima qilgan variantida qanday bo‘lsa shunday
holda tarjima amalga oshirildi va kerakli bo‘lgan qo‘shimchalar kirtildi.
Kitobning asl
variant qisqa va lo‘nda qilib tushunchalarni yoritib bergan va shu sabab ham atrjima uchun
aynan shu darslik tanlab olindi. Foydasi tegadi degan umiddamiz.
==================================================================
Bir iltimos bilan murojaat qilmoqchi edik: Agarda, qo‘llanma sizga ma‘qul kelgan bo‘lsa,
mana shu qo‘llanmani sifatli va chidamli holda chiqartirilgan variantini, o‘z
Tibbiyot Oliy
Ta‘lim Muassasa (OTM)ngizning Axborot Resurs Markazi (ARM)ga taqdim etsangiz,
albatta bir o‘zingiz emas, o‘z guruhingiz bilan kelishilgan holda va ma‘qul deb topsangiz. Bu
ham albatta ixtiyoriy, shunchaki bizdan keyingi bo‘lajak kasbdoshlarimizning ilm olishlariga
kichik bir sababchi bo‘lsin degan maqsad. Nasib qilsa shunday tarjimalar ko‘paysin. Biz
hammani birdaniga ingliz/rus tilidagi bilimlarni o‘qib o‘zlashtirishiga erisha olmasmiz (til
bilish muammosi sabab), lekin mana shu tillardagi bilimlarni o‘zbek tiliga olib kira olamiz.
Nasib hali bu boshlanishi...
“Kuch-Birlikda”