V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

Simob qaldirog‘ining
 metall simobi bilan etil spirt va azot kis-
lotasining o‘zaro ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ladi. Simob qaldi-
rog‘i kristallarining zichligi, uning tozaligiga bog‘liq holda 1,22 dan 
1,25 g/sm
3
 gacha yetadi. U yaxshi zichlanadi. Presslash bosimi 30 
mPa bo‘lganida uning zichligi – 3,5 g/sm
3
ga yetadi.
Sof simob qaldirog‘i amalda kam namlanadi (malogigrosko-
pi-chen), u suvda kam eriydi. Harorati 12°C bo‘lgan 100 g suvda ati-
gi 0,07 g eriydi, 100°C da esa 0,77 g simob qaldirog‘i eriydi. Kuch-
li namlanganda u portlash xususiyatini yo‘qotadi, 10% namlikka ega 
bo‘lsa, yonadi, detonatsiyalanmaydi. Namlik miqdori 30% bo‘lsa, hat
-
to yonmaydi ham. Shuning uchun xavfsizlikni ta’minlash uchun si-
mob qaldirog‘i suv tagida saqlanadi. Simob qaldirog‘ining kimyoviy 
turg‘unligi amaliyotda qo‘llanish uchun yetarlidir. Simob qaldi-
rog‘ining alangalanish harorati 170–180°C atrofidadir.
O‘t o‘tkazuvchi pilik uchqundan yoki elektr alangalatkichdan xa-
tosiz yonadi.
Kukunsimon simob qaldirog‘i ozgina miqdordagi alangaga ham 
yonib, «puk-puk» degan ovoz chiqarib alanga beradi, lekin bu bilan 
u brizantli ta’sir etmaydi. 25–35 mPa bosim bilan presslangan simob 
qaldirog‘i brizantli portlovchi moddada, sinov qurilmasida portlash 
uyg‘otadi. Simob qaldirog‘ining asosiy kamchiliklaridan biri uning 
o‘ta presslanish xususiyatidir, shu sababli alanga ta’sirida ortiqcha 
presslangan simob qaldirog‘i detonatsiyalanmasdan yonib ketadi.
Simob qaldirog‘ining portlash harorati portlab ajralish tenglama-
siga muvofiq 4450°C ga teng. 1 kg simob qaldirog‘i parchalanib ketsa, 
311 
l
 gazsimon mahsulot paydo bo‘ladi.
Portlash harorati – 1701 kJ/kg. Detonatsiyalanish tezligi  
4,5–4,85 km/s.
Simob qaldirog‘i avvallari portlashni qo‘zg‘atuvchi portlovchi 
modda sifatida kapsul-detonatorlar va elektr detonatorlar tayyorlash-
da keng qo‘llanilar edi, lekin keyingi vaqtda uning o‘rnini ko‘proq 
qo‘rg‘oshin azidi bilan almashtirilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiligidan tashqari, simob qaldirog‘i 
qo‘llanilishining cheklanganligining asosiy sababi, uni qo‘llaganda 
portlash natijasida o‘ta zaharli simob bug‘lari hosil bo‘lishidir.


149
Qo‘rg‘oshin azidi – suv bilan bostirib eritilgan natriy azidi va 
azotli qo‘rg‘oshin nitratning reaksiyaga kirishishi natijasida olinadi.
Pb(NO
3
)
2
 + 2NaN
3
 → Pb(N
3
)
2
 + 2NaNO
3
.
Qo‘rg‘oshin azidi o‘zining tarkibida na vodorod, na kislorod, na 
uglerod saqlaydi. Qo‘rg‘oshin azidining portlash reaksiyasi qo‘rg‘o-
shin molekulasiga va azot PbN
6

Pb + 3N
2
 ga ajraladi. Bu portlash 
reaksiyasi ko‘p miqdorda issiqlik ajratadi.
Qo‘rg‘oshin azidi mayda kristalli oq rangdagi kukunsimon 
modda bo‘lib, kristallarining zichligi 4,73 g/sm
3
 ga teng. Portlashni 
qo‘zg‘atish xususiyatiga uning presslanishi sezilarli hech qanday ta’sir 
etmaydi. Qo‘rg‘oshin azidi faqat presslangan holatda qo‘llaniladi, sez-
girligi, ayniqsa, presslangan holdagisi ancha past, simob qaldirog‘iga 
nisbatan uning alangalanish harorati 325–350°C ga teng.
Qo‘rg‘oshin azidining asosiy kamchiligi quyidagilar: uni tayyorlash 
jarayonida mexanik ta’sirga (zarba, ishqalanish va boshqalar) yuqori 
sezgirlikka ega bo‘lganligi uchun u o‘z-o‘zidan portlab ketishi ham 
mumkin. Kapsul-detonatorlar tayyorlashda mis yoki jezdan yasalgan 
gilzalarga qo‘rg‘oshin azidi bilan ishlab chiqarish taqiqlanadi, chunki 
shunday gilzada azitli mis oksidi hosil bo‘lishi mumkin. Uning mexa-
nik ta’sirga sezgirligi juda ham yuqori bo‘lganligi sababli portlab ketish 
xavfi yuzaga keladi. Aluminiy bilan qo‘rg‘oshin azidi bir-biriga ta’sir 
etmaydi. Amaliyotda qo‘rg‘oshin azidi temirga ham hech qanday ta’sir 
etmaydi, shuning uchun u po‘lat qalpoqchada (vtulkaga) presslanadi.
Qo‘rg‘oshin azidi portlab parchalanganda ajratadigan issiqlik 
1600 kJ/kg ga teng. Portlash natijasida hosil bo‘ladigan gazlar hajmi 
308 
l
/kg ni tashkil etadi. Portlash harorati 4300°C, detonatsiyalanish 
tezligi 5,3 km/s. Qo‘rg‘oshin azidi portlashni qo‘zg‘atuvchi portlovchi 
modda sifatida kapsul-detonatorlarda qo‘llaniladi.
Teneres
 (trinitrorezorsinat qo‘rg‘oshini) rezorsina asosida olinib, 
nitratsiyalanadi. So‘ng uni natriy karbonat bilan qayta ishlab trinit-
rorezorsinat natriy olish uchun, uning suvdagi eritmasi trinitrorezor- 
sinat qo‘rg‘oshinini qo‘rg‘oshin nitrat eritmasi bilan bostirish uchun 
foydalaniladi. Teneres to‘q sariq rangda bo‘lib, kristallari kuchli elek-
tr izolatsiyalanadi, zichligi 3,01 g/sm
3
. U fizikaviy-kimyoviy turg‘un, 
suvda kam eriydi, kam namlanadi (malogigroskopichen) metallar bi-
lan o‘zaro ta’sirlashmaydi. Teneresning zarbaga sezgirligi simob qal-
dirog‘i va qo‘rg‘oshin azidiga nisbatan kamroq. U ishqalanishga sez-


150
girligi bo‘yicha simob qaldirog‘i va qo‘rg‘oshin azidi oralig‘idagi 
o‘rtacha joyni egallaydi.
Teneresning birdaniga yonish harorati 270–280°C, uning port-
lashni qo‘zg‘atish qobiliyati simob qaldirog‘i va qo‘rg‘oshin azidi-
ga nisbatan past. Shuning uchun teneresni portlashni qo‘zg‘atuvchi 
portlovchi modda sifatida qo‘rg‘oshin azidi bilan birgalikda alanga 
uzatuv chi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Portlashda hosil bo‘lgan gazlar hajmi 448 l/kg, portlash issiqligi – 
1756 kJ/kg, portlash harorati 3030°C, detonatsiyalanish tezligi 5,2 km/s.

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish