V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§.  PORTLOVCHI MATERIALLAR BILAN MUOMALA



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

4.7-§.  PORTLOVCHI MATERIALLAR BILAN MUOMALA 
QILISHDA HAMDA ULARNI SAQLASHDA VA TASHIB 
KELTIRISHDA XAVFLILIК DARAJASI BO‘YICHA 
UMUMIY QOIDALAR
Portlovchi materiallar bilan har qanday operatsiya (ish) bajarish-
da o‘ta ehtiyotkorlik bilan muomala qoidalariga rioya qilish kerak: 
portlovchi materiallarni silkitish va zarbalash mumkin emas; port-
lovchi materialli yashiklarni urish, yashiklarni to‘ntarish – ag‘darish, 
tushirib yuborish umuman taqiqlanadi. Portlovchi materiallar bilan 
muomala qilish vaqtida chekish va, shuningdek, portlovchi mod-
da turgan joydan 100 m yaqinida ochiq alanga bilan o‘t yoqish ham 
taqiqlanadi.
Portlovchi materiallar bilan ishlayotganda o‘zi bilan birga o‘t 
ochuvchi qurollar, gugurt va boshqa yondiruvchi va chekiluvchi nar-
salarni olib kelish taqiqlanadi. Bu qoidadan istisno tariqasida, gu-
gurt va boshqa yonuvchi narsalarni olib kelish faqat usta-portlatuv-
chiga, laborantga va boshqa kishiga, ish va sinov jarayonida bevosita 
o‘t o‘tkazuvchi pilikni yoqishi kerak bo‘lganligi sababli ruxsat etiladi.
Portlovchi modda patroni butunligiga zarar yetkazish, shaklini 
o‘zgartirish, patronni sindirish, kesish, ezish, ustki o‘ralgan g‘ilofi
-
ni olib tashlash, detonatorlarni joylashtirish uchun chuqurcha yasash 
va boshqa shu kabi ishlar xavfsizlik qoidalariga muvofiq taqiqlana
-
di. Yotib zichlanib qolgan (qo‘l bilan yumshatishning iloji bo‘lma-
gan) kukunsimon ammiak-selitrali portlovchi moddalarni yoki nam-
langanlik darajasi belgilangan me’yoridan yuqori bo‘lgan portlovchi 
moddalarni portlatish ishlarida qo‘llanish qat’iyan taqiqlanadi.
Kukunsimon ammiak-selitrali portlovchi moddalar patronini 
shpurli zaryadlarda qo‘llanilganda, uni shpurga yuborishdan oldin eh-
tiyotlik bilan patron butunligiga zarar yetkazmasdan yumshatishga 
ruxsat etiladi. Tarkibiy qismida geksogen yoki suyuq nitroefir modda
-
si bo‘lgan, yotib zichlanib qolgan kukunsimon portlovchi moddalar, 
patronlarini yumshatmasdan, ochiq kon ishlarida qo‘llanish mumkin. 
Chang  va  gaz  portlash  xavfi  bo‘lmagan  shaxtalarda  shpurlarni  zar-
yadlash paytida patron g‘ilofini uzunasiga kesish mumkin.
Elektr detonatorlarning simini tortish, ya’ni simni elektr detona-
tor gilzasidan chiqarish yoki shu usul bilan detonatorni shpurdan tor-
tib chiqarish qat’iy taqiqlanadi.


145


146
Detonatsiyalanuvchi pilik bilan muomala qilganda uni biror narsa bi-
lan urish yoki qattiq narsa ustiga tashlab yuborish ham taqiqlanadi. Port-
lovchi materiallar yashiklari yaqinida chekish va ochiq alanga ushlab tu-
rishga ruxsat etilmaydi. Detonatsiyalanuvchi pilikni portlovchi modda 
zaryadiga kiritilgandan keyin uni kesish va yondirishga ruxsat etilmaydi.
Barcha portlovchi materiallar saqlashda va tashib keltirishda 
xavfsizlik darajasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
I  –  tarkibida  nitroefirlar  15%  dan  ko‘p  bo‘lgan  flegmatizatsi
-
yalanmagan geksogen.
II – ammiak-selitrali portlovchi modda, trotil va uning boshqa 
nitrobrikmalar bilan qotishmasi, tarkibida 15% dan yuqori bo‘lmagan 
suyuq-nitroefirlar saqlaydigan portlovchi moddalar, flegmatizatsiya
-
langan geksogen, detonatsiyalanuvchi pilik.
III  – tutunli, tutunsiz poroxlar.
IV  – detonatorlar, kapsul-detonator, elektr detonatorlar, pirotex-
nik rele, КЗ-ДШ.
V  – perforator zaryadlari, portlatkich o‘rnatilgan snaryadlar.
Har xil guruhdagi portlovchi moddalarni alohida-alohida saqlash, 
tashish kerak. Birgalikda tashish mumkin bo‘lgan portlatish materialla-
rini avtomobil transportida tashish qoidalariga muvofiq ruxsat etiladi.
O‘t o‘tkazuvchi pilik, uni yondirish vositalari, yondiruvchi pat-
ronlar va shuningdek, elektr alangalantiruvchilarni II, III va IV gu-
ruh portlovchi materiallar bilan birgalikda saqlash va avtotransport-
da tashishga ruxsat etiladi. Detonatsiyalanuvchi pilikni detonatorlar 
bilan birgalikda saqlash mumkin. Tarkibiy qismida 15 % dan yuqori 
miqdorda  suyuq  nitroefir  bo‘lgan  II  guruhga  mansub  bo‘lgan  port
-
lovchi moddalarni portlovchi moddalar omborida alohida xonalarda 
(yacheyka yoki kameralarda) saqlash mumkin.

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish