V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§.  NITROEFIRLI PORTLOVCHI MODDALAR



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

4.6-§.  NITROEFIRLI PORTLOVCHI MODDALAR  
VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Qabul  qilingan  terminologiyaga  muvofiq  nitroefirli  portlovchi 
moddalar guruhiga dinamitlar, past foizli nitroefirli portlovchi mod
-
dalar, shuningdek, yarimplastik nitroefirli portlovchi moddalar kiradi. 
Dinamitlar jelatinasimon portlovchi modda bo‘lib, yuqori konsentra-
tsiyali suyuq nitroefirlardir. Past foizli nitroefirli portlovchi modda
-
lar kukunsimon strukturaga ega va 10% dan ko‘p bo‘lmagan suyuq 
nitroefirlarni  saqlaydi.  Yarimplastik  nitroefirli  portlovchi  moddalar 


142
tarkibiga  15%  gacha  tomchilovchi-suyuq  yoki  sust  jelatinali  nitro-
 
efirlar kiradi. Dinamitlarda nitroefirlar faqat jelatinalashtirilgan ko‘ri-
nishda bo‘ladi. Suyuq nitroefirlarni jelatinalashtirish shundan iborat
-
ki, ularda biror miqdor kollodion paxtani yoki past azotli piroksilin 
C
24
H
31
O
11
(ONO
2
)
9
 ni eritiladi.
Bunda eritma hosil bo‘lib, kollodion paxta miqdoriga boliq hol-
da qattiq yoki harakatlanuvchi, ya’ni qayishqoq (plastik) eritma 
olinadi. 62% li dinamit boshqa portlovchi moddalarga nisbatan qa
-
tor afzalliklariga qaramasdan, u bilan muomala qilishda katta xavf 
tug‘diradigan bo‘lganligi uchun hozirgi vaqtda ishlatish taqiqlangan.
Past  foizli  nitroefirli  portlovchi  moddalardan  qo‘llaniladigani 
detonitlar va saqlagichli portlovchi modda – uglenitlardir.
Detonit
 kukunsimon va yarim qayishqoq strukturaga ega bo‘lgan 
ammiak-selitrali portlovchi modda. Detonitlar tarkibiga suvga turg‘un 
ЖВ markali ammiakli selitra, nitroefirlar, trotil, aluminiy pudrasi va 
kalsiy stearat yoki rux kukuni aralashmasi kiradi.
Detonit M ning xarakteristikasi quyida keltirilgan:
Kislorod balansi, % 
  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . +0,18
Portlovchi issiqligi, kJ/kg . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 5 + 86
Gazlar hajmi, 
l
/kg . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 779
Portlash harorati, °C . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3509
Portlashning ideal ishi, kJ/kg  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 4316
Zichligi, g/sm
3
  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 1,1–1,3
Trausl bo‘yicha ish qobiliyati, sm
3
  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 450–500
Gess bo‘yicha brizantliligi, mm . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 17–22
Patronlararo detonatsiya uzatish masofasi, sm 
quruq bo‘lsa   . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 8–18
suvda ushlagandan so‘ng   . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 5–15
Kritik diametri, mm . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 8–10
Nitroefirlar  qo‘shilgan  saqlagichli  ammiak-selitrali  portlo vchi 
moddalardan  qo‘llanishga  ruxsat  etilganlari  uglenitlar  Э-6;  №5, 
 
ammonit sulfididir.
Nitroefirlar qo‘shilgan saqlagichli portlovchi moddalar quyidagi 
xarakteristikalarga ega:
Portlovchi modda
Ammonit 
sulfidi
Uglenit  
Э-6
Uglenit  
№5
Kislorod balansi
–1,35
+0,53
–0,18
Portlash issiqligi, kJ/kg
2023
2680
1302
Gazlar hajmi, 
l
/kg
382
549
217


143
Portlash harorati, °C
1654
1787
898
Portlashning ideal ishi, kJ/kg
1672
1948
691
Patronlar zichligi, g/sm
3
0,95–1,1
1,1–1,2
1,1–1,3
Trausl bo‘yicha ish qobiliyati, sm
3
200–220
130–170
50–90
Gess bo‘yicha brizantliligi, mm
10–12
7–11
4–8
Patronlararo detonatsiya uzatish ma-
sofasi, sm
quruq bo‘lganda
5–10
5–12
3–10
suvda saqlagandan so‘ng
3–5
3–10
2–4
Patronning detonatsiyalanish tezligi, 
km/s
2,6–3
1,9–1,2
21,7–1,9
Erkin zaryadning tajriba shtrekdagi 
metan alangalanmaydigan cheklan-
gan massasi, g, kam emas

200
250
Detonitlarning kimyoviy turg‘unligi yodokraxmal probada 10 min 
dan kam bo‘lmasligi kerak. Turg‘unligi past bo‘lgan detonitlar suv-
ga turg‘un ЖВ markali yuqori kislotali ammiakli selitradan tayyor
-
langan turlarida kuzatilishi mumkin. Shunday holat yuz bermasligi 
uchun detonitlar va uglenitlar tarkibiga ko‘p bo‘lmagan miqdorda soda 
qo‘shib tayyorlanadi. Ko‘rilgan bu chora kimyoviy turg‘un detonit 
va uglenitlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Nitroefir qo‘shimcha
-
si qo‘shilgan ammiak-selitrali portlovchi moddalar kapsul-detonator 
yoki elektr detonatorning portlatishidan beto‘xtov detonatsiyalanadi.
Barcha nitroefirli portlovchi moddalar tarkibida nitroefirlar qan
-
cha ko‘p bo‘lsa, ular mexanik ta’sirga shuncha ko‘proq sezgir bo‘ladi.
Lekin bunday portlovchi moddalar bilan muomala qilinganda 
ular nisbatan xavfsizroq. Shuning uchun nitroefirsiz ammiak-selitrali 
portlovchi moddalarni saqlash va transport vositasida tashishda rio ya 
qilinadigan xavfsizlik qoidalari barcha past foizli nitroefirli portlovchi 
moddalar turiga ham taalluqlidir.
Past foizli nitroefirli portlovchi moddalar tarkibida ko‘p miqdor
-
da ammiakli selitra bo‘lsa, ular ammonitlarga o‘xshab yotib zichlanib 
qolish va namlanib qolish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Patronlangan portlovchi moddani zaryadlashdan avval qo‘l bi-
lan yumshatish – uvalash kerak. Ko‘mir shaxtalarida qo‘llaniladi-
gan barcha portlovchi moddalar suvga yetarlicha turg‘unlikka ega. 
Saqlagichsiz portlovchi moddalardan detonitlar yuqori ish qobiliyati-
ga ega bo‘lib, kritik diametri 7–8 mm bo‘lishi mumkin.


144

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish