12
2. BITIRUV MALAKAVIY ISHLAR MAVZULARINI TANLASH VA
TASDIQLASH TARTIBI
2.1 Umumiy talablar
Bitiruv malakaviy ish talabaning oliy ta`lim muassasasidagi barcha ta`lim
olish davrlarida egallagan nazariy bilimlarini tizimlashtirish, tadqiqot, tajriba-sinov
va loyihalash metodikalarini amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasini nazorat qilish,
shuningdek, bitiruvchi talabaning zamonaviy kasb-hunar ta`limi
soxasida kasbiy
majburiyatlarni mutaxassis sifatida bajarishga tayyorgarlik darajasini aniqlash
maqsadida amalga oshiriladi. Bitiruv malakaviy ish mavzulari Respublikamizda
o’rta maxsus ta`lim muassasalari o’quv dasturlariga mos ravishda, Davlat ta`lim
standartlarida belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va
texnologiyalarini xisobga olgan xolda tuziladi.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy vazifalari:
olingan mutaxassislik va biror ixtisos boyicha
tayyorlash sohasida ilmiy-
tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash;
mustaqil ma`lumotlarni izlash va muayyan muammolar yuzaga kelish
maqsadlarida vaziyatlarni o’rganishga bo’lgan bilimlarni egallash;
bitiruv malakaviy ishda qoyilgan vazifalarni bajarishda tadqiqot, tajriba-
sinov va loyihalash metodikalarini o’zlashtirganlik darajasini namoyish etish;
real sharoitlarda talabaning ishga tayyorgarlik
darajasining namoyon
bo’lishi;
tanlangan mavzu boyicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar,
xodisalar va muammolar mohiyatini ochish;
mavjud materiallarni tizimlashtirish, tahlil qilish va qayta ishlash;
kasb-hunar ta`limini samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.lardan iborat.
Bitiruv malakaviy ish:
ilmiy tadqiqotning dastlabki ma`lumotlarini
tizimlashtirilgan holda
saqlashi;
13
tanlangan mavzu boyicha tadqiqotning bajarilish yo’llari va natijalarini
ifodalashi;
olingan mutaxassislik va biror ixtisos boyicha tayyorlash sohasida mustaqil
ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni o’z ichiga olishi;
yangi dalillar va hodisalar yoki zamonaviy ilmiy nuqtai nazarlar bilan
avvaldan ma`lum bo’lgan shartlar umumlashtirilgan ma`lumotlarni o’z ichiga
olishi;
munozarali va bahsga sabab bo’lgan xarakterdagi
meteriallarni qamrab
olishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba turli ma`lumotlar
beradigan yordamchi adabiyotlar, davlat ta`lim standartlari, texnologik ko’rsatma
va me`yoriy hujjatlardan foydalanishni o’rganishi, mustaqil ravishda hisob-kitob
va loyihalash ishlarini bajara olishi va
andozalar ishlab chiqa olishi, fan va
texnikaning ilg`or yutuqlarini xisbga olgan xolda ta`lim jarayonlarini to’g`ri tashkil
eta olishi, yangi asbob-uskuna va jihozlarni tanlashi hamda texnologik jarayonni
loyihalay olishi lozim. SHu bilan birga o’rta maxsus ta`limi tizimi, soha boyicha
kasb-hunar kollejlari o’quv dasturlari va o’quv rejalari bilan tanish bo’lishi,
mutaxassislik fanlarini o’qitish
metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlari,
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini chuqur bilishi hamda bu
bilimlarini amalda qo’llay oladigan bo’lishi kerak.
Bitiruv malakaviy ish talabaning:
turli xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda kasbiy-pedagogik
masalalarning ko’prok maqbul variantlarini tanlashi va mantiqiy fikrlashi;
mavzuni aniq ifodalashi va uning dolzarblik darajasini baholashi;
qoyilgan vazifalarni echishda tanlangan metodlarni asoslashi;
manbalar, adabiyotlar va boshqa lug`aviy-axborot materiallari bilan mustaqil
ishlashi;
ularni nazariy tahlil qilishi;
14
zarur
dalillar, raqamli ma`lumotlarni tanlashi, ularni tahlil qilishi va
sharhlashi, shuningdek, ularni jadval yoki boshqa illyustrativ shakllarda namoyish
etishi;
asoslangan xulosalar chiqarishi, ishning ilmiy
natijalarini ifodalashi va
amaliy tavsiyalar berishi;
o’z fikrlarini xatosiz, adabiy tilda bayon etishi, ishni to’g`ri
rasmiylashtirishi;
olingan
natijalar
taqdimotini
zamonaviy
axborot-kommunikatsion
texnologiyalarni qo’llagan holda o’tkazishi kabi mahorati to’g`risida dalolat berishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: