Mavzu: Inflyatsiya va uning namoyon bo’lishi
REJA:
KIRISH
Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari
Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi
Inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liklik. Fillips egri chizig’i
5.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Ta’kidlash joizki, oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi mavjud bo‘lmagan. Metall pullar o‘rnini qog‘oz va tanga pullar egallagandan so‘ng iqtisodiyotda inflyatsiya bilan bog‘liq ziddiyatli holatlar vujudga kela boshladi. Chunki, qog‘oz va tanga pullar o‘zida haqiqiy qiymatni aks ettirmaydi. Dastlabki davrda ushbu pullar oltin va kumush metallar hamda tovarlar bilan ta’minlangan edi. Inflyatsiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi, shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy siyosiy omillar hamsabab bo‘ladi. Inflyatsiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda chiqarilgan pullar, iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat pul kredit siyosatigaaholi ishonchining pasayishi va boshqalarsabab bo‘ladi. Ishlab chiqarish va iqtisodiy siyosiy omillarga mamlakatda import hajmining eksport hajmidan ortib ketishi, tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatining pastligi, byudjet soliq siyosati, mamlakatning tashqi va ichki iqtisodiy munosabatlar doirasida amalga oshirayotgan siyosati va boshqalarsabab bo‘ladi. Inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri iqtisodiyotdagi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilishidir. Inflyatsiya sharoitida kapital ishlab chiqarish doirasidan muomala doirasiga oqib o‘ta boshlaydi, chunki ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy jihatdan samarasiz sohaga aylanib boradi. Muomala jarayoni ko‘p vaqtni talab etmaganligi bois, dastlabki bosqichlarda uning ishtirokchilariga ma’lum miqdorda iqtisodiy foyda keltiradi, lekin inflyatsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi. Inflyatsiya mexanizmi o‘z o‘zidan rivojlanib, barcha soha va tarmoqlarni qamrab oladi, uning ta’sirida jamg‘armalar hajmi qisqaradi, kredit, investitsiya va tovarlar taklifi kamayadi. Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi birinchi sabab – mamlakatda bozor mexanizmlarining to‘liq joriy etilmasligi, davlatning byudjet daromadlari va xarajatlari ustidan monopol tartibini joriy etishi hisoblanadi. Bunda davlat byudjetining daromadlaridan ortiqcha bo‘lgan xarajatlar, ya’ni byudjet taqchilligi muomalaga qo‘shimcha pullar chiqarish yo‘li bilan qoplanadi. Byudjet taqchilligini qoplash uchun muomalaga chiqarilgan pullar tovar moddiy qiymatliklari bilan ta’minlanmaganligi oqibatida mamlakatda inflyatsiya darajasining ortishiga olib keladi.
Ikkinchi sababi–asossiz ravishda ish haqi va boshqa to‘lovlarning
oshirilishi, ushbu to‘lovlar davlat byudjeti xarajatlari tarkibida qo‘zda tutilmagan bo‘lsa, muomalaga qo‘shimcha emissiya hisobiga amalga oshiriladi. Buning natijasida iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarning bahosi oshadi va inflyatsiya darajasi ortib boradi.
Uchinchi sababimamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning eksport
qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqoriligi bilan ifodalanadi. Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar hisobiga xorijiy valyutalarning
chetga oqib ketishi yuz beradi, natijada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar nafaqat tashqi ehtiyojlarni, balki ichki ehtiyojlarni qondirishga ham xizmat qilmay qo‘yadi. Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati taboro
salbiylashib, inflyatsiyadarajasi ortib boradi. Yuqorida ta’kidlangan inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar faqat bizning davrimizgagina xos bo‘lgan holat bo‘lmasdan, ushbu holatlar turlicha ko‘rinishda uzoq tarixda ham mavjud bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |