15
Bitiruv malakaviy ishi mavzulari Respublikamizdagi o’rta maxsus ta`lim
muassasalari o’quv dasturiga mos ravishda, Davlat Ta`lim standartlarida
belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va texnologiyasi
hamda servis sohasi korxonalari oldida turgan vazifalarni hisobga olib oliy ta`lim
muassasasining mutaxassis tayyorlovchi kafedralari tomonidan tuzilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ish mavzusini ifodalashda misol tarzda Kasb ta`limi
“Servis” yo’nalishiga mos bo’lgan mavzuni tahlil qilamiz. Bunda birinchi qismida
o’rganiladigan muayyan ob`ektni tayyorlashning nazariy asoslari (modellashtirish,
loyihalashtirish, ishlab chiqarish texnologiyasi) va ikkinchi qismida ta`lim-tarbiya
masalalari va o’qitish jarayonining metodik asoslari aks ettirilishi kerak (Misol
uchun: “Kasb-hunar kollejlarida ayollar kundalik koylagini loyihalash va tikish
texnologiyasini o’rgatishda foydalaniladigan muammoli o’qitish usullari”).
Mavzuni shakllantirishda ob`ektni tayyorlash texnologiyasi qismida kasb-
hunar kollejlari o’quv dasturida mavjud bo’lgan fanlarda o’rganiladigan
har bir
mavzu, ya`ni muayyan tikuv buyumi turini tayyorlash bo’lishi mumkin. Bunda shu
ob`ektga ishlov berish jarayonini o’rganishda mutaxassislikka tegishli bo’lgan
barcha fanlar boyicha olingan bilimlar qamrab olinishi kerak. Ob`ekt, ya`ni
muayyan tikuvchilik buyumini tayyorlash uchun kerak bo’ladigan asosiy va
qo’shimcha materiallar tanlash va asoslash (ularning turli xususiyatlari - fizikaviy-
mexanik, gigienik, ekspluatatsion va h.k.), buyumni loyihalash boyicha
bajariladigan ishlar, buyumni tayyorlash texnologiyasining barcha bosqichlari,
buyumga ishlov berish uchun qo’llaniladigan asbob-uskunalar,
jihozlar va
moslamalar tanlash va ularning tavsiflari, buyumga ketadigan gazlama sarfi, uni
me`yorlash, mehnatni me`yorlash, ishlab chiqarish harajatlarini hisoblash kabi
ishlar bajariladi. Bu ishlarni bajarish uchun talabalar umumkasbiy va mutaxassislik
fanlari boyicha ega bo’lgan bilimlaridan foydalanishlari zarur bo’ladi hamda shu
buyumni tayyorlash texnologiyasi mavzusining mazmuniga mos ravishda ta`lim-
tarbiya masalalari va o’qitish metodikasi tanlanadi hamda amalga tatbiq qilinadi.
Qolgan yo’nalishlar boyicha ham mazularni ifodalashda xuddi shu tarzda
yondoshuv talab qilinadi.
16
Bitiruv
malakaviy
ish
mavzulari
bankini
yaratishda
mavzularni
shakllantirishni ob`ektni tayyorlash texnologiyasi orqali
kompleks yondashuv va
ta`lim-tarbiya masalalari va o’qitish metodikasini uyg`unlashtirish tamoyilida
amalga oshirishni maqbul deb hisoblaymiz.
Bitiruv malakaviy ish mavzuini aniq ifodalash jarayonida ilmiy izlanish
yo’nalishi va metodlari, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob`ekti va predmeti
hisobga olinishi lozim.
Bitiruv malakaviy
ishlarning sifatini yaxshilash, mavzularning qaytarilishi
yoki ko’chirmachilik holatlarining oldini olish maqsadida keng qamrovli mavzular
bankini yaratish muhim. Bunda bitiruv malakaviy ish mavzusini shakllantirishga
ta`lim mazmuni, metodlar, ta`lim vositalari va shakllari, tarbiyalash,
shaxsiy va
individual sifatlarini rivojlantirish hamda texnik ob`ektlar asosida yondoshish
mumkin. Kasb ta`limi yo’nalishi boyicha ta`lim olayotgan talabalarning bitiruv
malakaviy ishlari mazmunida soha ixtisosligi boyicha hamda pedagogika,
psixologiya va kasbga oid fanlarni o’qitish metodikasi boyicha olgan bilim va
ko’nikmalari namoyon bo’lishi kerak. Bitiruv malakaviy ish mavzusi texnik
ob`ektlarga ishlov berish texnologiyasi va buni kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga
o’rgatish jarayonida ta`lim
va tarbiya berishning mazmuni, metodlari, shakl va
vositalari, o’quvchining shaxsiy va indidual sifatlarini rivojlantirish masalalarini
o’zida aks ettirishi kerak.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari qoyidagi so’zlar bilan yakunlanishi lozim:
«…tadqiq qilish», «…. shakllantirish (rivojlantirish)», «… loyihalash (ishlab
chiqish)», «…tahlil qilish (baholash)», «…kuchaytirish (susaytirish)», «…sifatini
yaxshilash (samaradorligini oshirish)» va h.k. SHuningdek, bunda maqsad va
vazifalar uyg`unligiga erishish joiz. Masalan: «…tahlil qilish va yuzaga keltirish»,
«…loyihalash va baholash».
Bitiruv malakaviy ish mavzularini tanlash tamoyillari ta`lim mazmuni asosida,
shakl, metod va vositalari
asosida hamda texnik obektlar, tarbiyalash, shaxsiy va
individual sifatlarini rivojlantirish asosida tanlanishi mumkin(1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: