Daryo oqimining o'zgaruvchanligi va oqim meyori
Daryo suvchanligi - daryoda muayyan vaqt (dekada, oy, mavsum, yil, bir necha yil) davomida oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlar (norma)ga nisbatan oqib oʻtgan suv miqdori. D. s. absolyut (m3/s, l/s, km3/yil) yoki nisbiy (normaga nisbatan % yoki modul koeffitsiyenta) birliklarda ifodalanadi. D. s. haqida maʼlumot qishloq xoʻjaligini suv bilan taʼminlash sistemasidagi eng muhim elementdir (qarang Agrometeorologii: xizmat koʻrsatish). Suvchanlikning oʻzgarishi daryo havzasining suv va issiqlik balansini belgilovchi meteorologik omillarning davriyligiga bogʻliq. D. s.ga yogʻin miqdori, uning yillar va balandlik zonalari boʻylab taqsimlanishi; quyosh radianiyasining intensivligi; havo harorati; tuproq qatlamining holati va b. omillar taʼsir etadi. Bu omillarning mavsumiy davriyligi D. s.ning yil davomida oʻzgarishiga, yillar boʻylab davriyligi esa turli suvchanlik yillarining almashinuviga sabab boʻladi.
Oʻrta Osiyoda daryolar, asosan togʻlardan boshlangani sababli havzaning balandligi oshgan sari D. s kamayib boradi. Doimiy muzliklar va qorliklar erishi hisobiga hosil boʻluvchi D. s. turgʻun, yomgʻirlardan hosil boʻluvchi D. s esa koʻproq oʻzgaruvchan boʻladi. Daryo yillik oqimining oʻzgaruvchanligi variatsiya koeffitsiyenti orqali (Cv) aniklanadi. Muzlik-qorliklarda hosil boʻluvchi daryolar (Vaxsh, Zarafshon) uchun Cv-0,10—0,15, qorlik-muzliklardan suv oladigan daryolar (Chirchiq, Norin, Kofarnihon) uchun 0,15—0,25, qorlik va qor-yomgʻirlardan toʻyinadigan daryolar (Ohangaron, Keles) uchun 0,25 va undan katta. Soy va jilgʻalarning yillik oqimlari uchun Cv 1 dan ham katta boʻlishi mumkin.
Oqim hosil qiluvchi jarayonlar inersiyasi tufayli turli suvchanlik-ka ega boʻlgan yillar sikllarga guruhlanadi. Sersuv, oʻrtacha suvli va kamsuv sikllar mavjud. Sikllar suvchanlik davomiyligi va uning oʻrtacha koʻrsatkichlardan ogʻish kattaligiga qarab farqlanadi. Masalan, Amudaryoda 10 yillik, Norin daryosida 2—3 va 10—11 yillik, Chirchiq daryosida 5—6 yillik davriylik kuzatiladi. Suvchanlik boʻyicha ekstremal yillarda muzlikqorlik hamda qorlik-muzliklardan hosil boʻluvchi daryolar oqimi normadan 30% va undan koʻproq, qor-yomgʻir hamda yomgʻirlardan toʻyinadigan daryolar oqimi 50—60% farq qiladi. Turli daryolar oqimining oʻzgarishlari ayrim yillarda oʻzaro muvofiq kelishi yoki muvofiq kelmasligi sinxronlik yoki asinxronlik tushunchasi bilan ifodalanadi. Oʻrta Osiyodagi D. s oʻzgarishlaridagi maksimal muvofiqlik suvchanlik boʻyicha ekstremal yillarda kuzatiladi. Masalan, suv eng kam boʻlgan 1974 yilda Amudaryo va Sirdaryo havzasining hamma hududida oqim normadan juda kam boʻlgan. Turli havzalarda D. s.ning oʻzgarib turishidagi nomuvofiklik daryolarni havzalararo oqizishii taqozo etadi.
Geografiya fanlari doktori (2001), professor (2003). 1985-yilda nomzodlik, 2001-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U 150 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shulardan 5 tasi monografiya, 2 ta darslik, 11 ta o’quv qo’llanma, 20 dan ortiq o’quv-uslubiy ko’rsatmalardir. Uning ilmiy maqolalari «Vestnik MGU», «Problemi osvoyeniya pustin», «Voprosi geografii i geoekologii», «Vestnik KazNU» kabi chet el, «O’zbekiston FA axboroti», «O’zbekiston FA ma’ruzalari», «O’zbekiston Geografiya jamiyatining axboroti», «O’zbekiston Ekologik xabarnomasi», «O’zMU xabarlari» kabi respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan. U tog`li hududlar gidrologiyasi sohasida nafaqat O’zbekistonda, balki chet ellarda ham taniqlidir. Uning ilmiy ishlarida tog` daryolari oqimining shakllanish qonuniyatlariga oid ilmiy-nazariy qarashlar rivojlantirilgan, ularni hisoblash va prognozlash usullari takomillashtirilgan. Fazliddin Hikmatov rahbarligida mamlakatimizda ilk bor "Orol havzasi yer usti suvlari kartasi” (2004) va "O’zbekiston yer usti suvlari atlasi” (2006, 2008) o’zbek, ingliz va rus tillarida, yaratildi. U 2012-yilda nashr etilgan "Географический атлас Узбекистана” ning redkollegiya a’zosi va undagi "Suv resurslari” bo’limining ilmiy rahbaridir.
Fazliddin Hikmatov Xalqaro Biosfera fanlari akademiyasining muxbir a’zosi (2001-y.) va 2005-yilda M.V.Lomonosov nomidagi MDUning «Faxriy yorlig`i» bilan mukofotlangan.
Fazliddin Hikmatov muntazam ravishda O’zR Davlat Ilmiy Texnika Dasturining ustuvor ilmiy yo’nalishlari hisoblangan fundamental, amaliy va innovatsion grantlari ilmiy rahbaridir. Hozirgi kunda u O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi – O’zgidrometda BMTning Rivojlanish Dasturi (UNDP) doirasida "O’zbekistonda iqlimiy xavflarni boshqarish” mavzuida bajarilayotgan xalqaro loyihaning ishtirokchisi, O’zMUda TEMPUSning "UZWATER - O’zbekistonda Oliy ta’lim tizimi uchun atrof-muhit muhofazasi va suv resurslarini boshqarishga urg`u bergan holda barqaror rivojlanish fanlari bo’yicha magistratura dasturlari” loyihasi ijrochilaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |