V. Mustaqil ta'lim va mustaqil ishlar
O‘rta Osiyoda Gidrologiya va meteorologiyaning rivojlanish tarixi
O' zbekistonda amalga oshirilgan gidrologik tadqiqotlar
O' zbekistonda amaiga oshirilgan meteorologik tadqiqotlar
Atmosfera yog’inlarining daryo havzasi bo' yicha taqsimlanishi
Suv yuzasidan bo'ladigan bug'lanishni aniqlash usullari
Atmosfera yog'inlari va ulami yer sirtida taqsimlanishi
Bug' lanish va unga ta sir etuvchi omillar
Muzliklaming gidrologik ahamiyati
Qor ко' chkilari va ulami o' rganishning ahamiyati
Muzliklaming hosil bo'lishi va ulaming rejimi
Muzliklaming gidrologik ahamiyati
O'zbekiston muzliklari
Daryo oqimming yillararo o'zgaruvchanligi
Daryoning energiyasi va ishi
Daryolarda erigan moddalar oqimi
Daryo suv rejimining davrlari
Daryolaming to‘yinish manbalari.
Daryo oqimi va uni ifodalash usullari
Daryo oqimining o'zgaruvchanligi va oqim meyori
Daryolarning loyqa oqiziqlari
O’zbekiston kollari va suv omborlari
O’rta Osiyo ko’llari genazisi
Ko'Ilar suv rejimiga antropogen omillar ta siri
Suv omborlarining tasniflari
Suv resurslarining daryolar havzalan bo’yicha taqsimlanishi
Dunvo okeani va uning qismlari
Dunyo okeani resurslaridan foydalanish va muhofazasi.
O‘zbekistonning suv resurslan, ulardan samarai
O‘rta Osiyoda Gidrologiya va meteorologiyaning rivojlanish tarixi
O‘rta Osiyoda yashab yashagan buyuk allomalar al-Xorazmiy (783-850 yillar), Ahmad Farg’oniy (797-861 yillar), Ahmad ibn Muhammad Saraxsiy (IX asr), Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar), Nosir Xisrav (XI asrning birinchi yarmi), Mahmud Koshg’ariy (XI asrning ikkinchi yarmi), Abulqosim az-Zamaxshariy (1074-1144 yillar), kabilar nafaqat matematika, geologiya, geografiya, astronomiya, tilshunoslik singari fanlar, balki suv ilmi rivojiga ham ulkan hissa qo’shdilar.
O’rta asrning buyuk olimi Muhammad ibn Muso al-Xorzmiy (783-850 yillar) o’zi boshchiligida tuzilgan “Mamun dunyo xaritasi” (prof.H.H.Hasanov iborasi bilan “Dunyo atlasi”)ga izoh sifatida “Kitobu surat al-arz” ni bitadi (arz-yer, surat-ko’rinish, qiyofa). Unda shaharlar, tog’lar bilan bir qatorda dengizlar, daryolar haqida ham malumotlar keltiriladi. Yuqoridagilardan tashqari kitobda “G’arbiy tashqi dengiz” (Atlantika okeani), “Qulzum dengizi” (Qizil dengiz), “Yashil dengiz” (Hind okeani), “Chashma (buloq) nomlari” kabi sarlavhali gidrografik bayonnomalar bor. Yuqorida tilga olingan “Atlas”da esa Nil daryosi havzasiniig, dengizlar qirg’oqlari turli shakllarining chizmalari, Azov va Qora dengiz xaritalari berilgan.
Beruniyning “Hindiston” asarining 58-bobi okeanlar, dengizlar, ulardagi suv qalqishi hodisalarini o’rganishga bag’ishlangan. Asarning 18-bobida esa Hindiston daryolari, mamlakatni o’rab turgan dengizlar, ko’rfazlar qo’ltiqlar haqida umumiy malumotlar keltiriladi. Ushbu asarning 25-bobida esa daryolar haqidagi bilimlar yanada chuqurlashtirilib, ularning boshlanish qismi, u yerlardagi gidrologik shart-sharoitlar, oqim rejimi, to’yinish manbalari, daryolar o’zanida kechadigan gidrodinamik jarayonlar va ularning oqibatlari batafsil bayon etilgan.
Yuqoridagilarning isboti sifatida Beruniy asarlaridan ayrim parchalar keltiramiz. Masalan, “Hindiston” asarida quyidagicha yozadi: “Tog’ etaklarida va sharqirama daryolar yonida toshlar kattaroq, tog’lardan uzoqdagi (joylarda) va daryo (oqimi tezligi) susayishi bilan toshlar kichikroq, daryolar sekin oqadigan va (ularning) ko’llar-to’qaylar hamda dengizga quyilish joyiga kelganda qumlar uchraydi”. Beruniy tomonidan yozib qoldirilgan bu xulosa gidrologiyaning asosiy qismlaridan biri bo’lgan zamonaviy gidrodinamika fanining bizga malum bo’lgan qonunlariga to’la mos keladi.
Beruniyning “Hindiston” asarida “Okeanologaya”ga oid qimmatli malumotlar keltirilgan: “Odamzod yashaydigan yerning g’arbida bir dengiz borkim, Muhit deyilur, yunonlar uni O’qiyonus deydilar”. Asarda Muhit dengizi (Atlantika okeani)ning janubiy, o’rta va shimo.shy qismlari qirg’oqlarida yashaydigan xalqlar, davlatlar, qo’ltiqlar haqida batafsil axborot berilgan. Masalan, Beruniy shunday yozadi: “Uning qirg’og’i janubda eng uzoq chegaradan boshlanib, Sudon mamlakatiga ro’baru bo’lgan joyda Uzg’ist, Chekka Sus, Tanja, keyin Andalus, al-Jaloliqo, Saqlab (Slavyan) chegaralarini kesib o’tadi. Shimolroqda-saqlablar oldida, ushbu dengizdan katta bir qo’ltiq ajralib, Bulg’or yerlariga yaqinlashib keladi. Ular bu qo’ltiqni Varang (Boltiq) dengizi deb biladilar.”. Shunga o’xshash batafsil malumotlar Tinch (“Sharqiy dengiz” yoki “Sharqiy muhit”) va Hind (“Ulug’ Dengiz”) okeanlari haqida ham keltirilgan.
Dengizlar Bo’ntus (Qora dengiz), Shom (O’rta dengiz), Xazar (Kaspiy) dengizi, Xorazm (Orol) dengizi, Issiqko’l, ularga quyiladigan daryolar (Etil-Volga, Nil, Jayhun, Yaksart va boshqalar) gidrografik nuqtai-nazardan ancha to’la, tariflangan. Beruniy o’z asarlarida, ayniqsa Qizil dengizdan Nil etagiga ariq (kanal) qazish tarixiga, Amudaryo va Qoraqum tarixiga oid juda ko’p qimmatli malumotlarni keltiradi. Masalan, “Geodeziya” asarida Ptolemey (Batlimus)ning “Geografiya”si yozilgan davrdan o’z davrigacha Amudaryo tarixiga oid malumotlarni tahlil qilib, tegishli xulosalar chiqaradi. Malum bo’lishicha, Amudaryo shu davr ichida (I asrdan XI asrgacha) uch marta o’z o’zanini o’zgartirgan. Dastlab, yani Ptolemey davrida Amudaryo Jurjon (Xazar, Kaspiy) dengiziga, so’ng shimolga burilib, Orol dengiziga, Beruniy davrida esa yana janubga burilib, Sariqamish (Qiz) dengiziga quyilgan.
Beruniy asarlarida Yer kurrasida suv eroziyasi bilan bog’liq holda kechadigan eroziya-akkumlyatsiya jarayonlari, ularning oqibatlari ham yoritilgan: “. dengiz va quruqlik doim bir-biri bilan muhorabada bo’ladi, yani dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa dengizga aylanib turadi”. Asarda bu jarayonlarga yorqin misollar keltiriladi.
Umuman, Beruniyning okeanlar, dengizlar ilmiga qo’shgan hissasi juda kattadir va u keyinchalik yevropalik olimlar tabiri bilan “Beruniyning dengizlar nazariyasi” nomini olgan.
Beruniy o’sha davrdayoq tabiatda suvning aylanish jarayonini to’la tasavvur qilgan va bu haqda quyidagicha yozadi: “Yer yuzi havo bilan o’ralgan. Suv isiganda bug’ga aylanib, havoga ko’tariladi, keyin bulutga aylanadi, unda tomchilarga aylanib, yog’adi”. Biron yerga tushadigan yog’in miqdori va turi haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun shu joydagi. “tog’lar holatini, shamollar qanday esishini va bulutlar harakatini o’rganish kerak”, deydi. U yog’inning yil ichida va balandlik mintaqalari bo’yicha o’zgarishi haqida “Osori boqiya” asarida qisqa va aniq qilib shunday yozadi: “Aniqki, yog’in (bizning mamlakatlarda) qitda ko’proq yog’adi, yozda kamroq, tog’larda ko’proq, tekisliklarda kamroq.”.
Kelajakda Beruniy asarlarini yanada mukammalroq o’rganish gidrologiya fani tarixini boyitishi tabiiydir.
Beruniyning zamondoshlaridan biri Mahmud Gardeziy ham suv ilmiga oid qiziqarli malumotlar qoldirgan. U 1050 yidda yozib tugallagan “Zayn al-Axbor” (Axborot ko’rki) nomli asarida shunday yozadi: “Irtish-kattagina daryo. Agar biron kishi daryoning narigi qirg’og’ida tursa, bu qirg’oqdan uni tanib bo’lmaydi. Suvi qoramtir yoki Issiqko’lning bo’yidayetti kun yuriladi. Unga 70 tacha jilg’a quyiladi. Suvi sho’r”.
Beruniyning yana bir zamondoshi Nosir Xisravning 1049 yilda yozib tutallangan “Safarnoma” asarida quyidagilarni o’qiymiz: “"Nil daryosi. Misr yonidan o’tadi va Rum (O’rta) dengiziga quyiladi. Nil suvi ko’payganda Termiz yonidagi Jayxun (Amudaryo) ning suvidan ikki baravar ortiq ko’rinadi”. Yoki shu asarda dengizlarda suv qalqi - shining tafsiloti quyidagicha bayon qilinadi: “Ummon dengizi (Fors qo’ltig’i) da har kuni ikki mahal suv qalqishi kuzatiladi, 10 gaz ko’tariladi va yana pasayadi. Dajla va Frot daryolari juda sekin oqadi. Dengiz qalqigan paytda daryolar suvi 40 farsahga orqasiga surilib ketadi va daryo go’yo teskari oqayotganday ko’rinadi. Bu hodisa Oyning holatiga bog’liqdir”.
Sobiq itifoq davrida, 1900-1902 yillarda L.S.Berg tomonidan mashhur “Orol dengizi” kitobi yozildi, so’ng Balxayash ko’lining, keyincharoq esa Issiqko’lning to’la gidrografik bayonlari tuzildi.
O’rta Osiyodagi suv havzalarida muntazam gidrologik kuzatishlar 1910 yildan boshlandi. O’rta Osiyo o’lkasida dunyo amaliyotida birinchi marta gidrologak bashorat (prognoz) qilish xizmati tarkib topa boshladi. Bunda E.M.Oldekop, L.K.Davidov kabi olimlarning xizmatlari katta bo’ldi.
Keyingi yillar (sovetlar davri)da olib borilgan gidrologik tadqiqotlar hududda yirik miqyosdagi suv xo’jaligi loyihalarini tuzish imkonini berdi. Bunda shu sohaning yirik olimlari R.A.Alimov, V.L.Shults, A.M.Muhamedov, O.P.Shcheglova, A.Z.Zohidov Yu.M.Denisov, U.U.Umarov, A.R.Rasulov va N.R.Hamroevlarning xizmatlarini alohida takiddash joizdir.
Hozirgi kunda o’lkamizdagi barcha suv havzalari, muzliklar, havo, tuproq holatini kuzatish ishlari O’zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Bosh Boshqarmasi tomonidan muvaffaqqiyatli amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Suv muammolari instituti, Toshsuvloyiha instituti, O’rta Osiyo Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (O’OGMITI-SANIGMI), O’rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti (SANIIRI) va boshqa ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ular uchunyetuk va malakali mutaxassislar esa Respublikamiz oliy va o’rta maxsus bilim yurtlarida tayyorlanmoqda. Jumladan, Mirzo Ulug’bek nomidaga O’zbekiston Milliy universitetida gidrometeorologiya bakalavrlari va shu yo’nalish negizida 8 ta mutaxassisliklar bo’yicha magistr tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan maxalliy olimlarimiz tomonidan gidrologiya fanini rivojlanishga oid ma’lumotlar berilgan.SHuningdek,qadimgi xarita va atlaslar yaratilishida qanday gidronimlardan foydalanilganligi xam keltirilgan.Bu gidronimlar xozirgi xaritalarimizda va atlaslarimizda xam ayrimlari xali xam qo‘llanib kelinmoqda.Al-Xorazmiy,Abu Rayxon Beruniylarning gidronomiyaga bag‘ishlab qilgan ishlari keng yoritilgan.
Vahobov H. Umumiy yer bilimi. Darslik. –T.: Bilim, 2005.
Gerenchuk K.I., Bokov V.A. Chervanov I.G. Obshee zemlevedenie. -M.: Visshaya shkola, 1984. -256 s.
Milkov F.N. Obshee zemlevedenie. -M.: Visshaya shkola, 1990.
Savtsova T.M. Obshee zemlevedenie. -M.: Akademiya, 2003.
Shubaev L.P. Umumiy yer bilimi -T.: 1975.
Do'stlaringiz bilan baham: |