O’zbekiston kollari va suv omborlari
O`zbekiston hududida ko`llar nisbatan kam bo`lib, ular notekis joylashgan. Jumhuriyatimizda joylashgan ko`llarning aksariyati kichik bo`lib, mahalliy ahamiyatga ega. O`zbekiston hududidagi ko`llar qozonining (kotlovinasining) paydo bo`lishi jihatidan bir xil emas. Lekin ularning ko`pchiligi tekislik qismida daryo vodiylarida joylashgan qayir ko`llaridir. Aksincha, jumhuriyatimiz tog`li qismidagi ko`llar esa to`siq (to`g`on), morena va tektonik ko`llardir.
O`zbekiston hududidagi ko`llar soni (5360 ta ko`l) 100% desak, shuning 56,5% uning tekislik qismida, 43,5% esa torli qismida joylashgan. Lekin suv yuzasi maydonining kattaligi jihatidan tekislikdagi ko`llar oldinda bo`lib, 67% ni tashkil etadi.
O`zbekiston hududining tekislik va tog`li qismida ko`llar notekis joylashgan. Jumhuriyatimiz tog`li qismining 1000—2000 m balandliklarida (82 ko`l mavjud), kamroq, aksincha 2000—3000 m balandliklarida (165 ta ko`l mavjud) ko`proq, 3000 m. dan baland qismida esa ko`p (2083 ta ko`l) ko`l joylashgan. Lekin bu ko`llar maydoni kichik bo`lib, ularning eng muhimlari Isfayram daryohavzasidagi Yashinko`l, Chirchiq daryosi havzasidagi Shovurko`l,. Nixnach, Karataka, Chotqol1, Chotqol2 ko`li, Shohimardon yaqinidagi Kubbonko`l, Ohangaron havzasidagi Arashan, SHerobod havzasida Kanbeshbuloq ko`li va boshqalar.
O`zbekiston hududidagi ko`llarning ko`pchiligi uning tekislik qismida, xususan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq kabi daryo vodiylarida, asosan, ularning quyi qismlarida joylashgan. Bu ko`llarning qo`pchiligi kichik, sayoz va sho`r bo`lib, bahorda hamda daryo suvi ko`paygan vaqtda suvlarga to`lib, yozning oxirlariga ,borib, suvi juda ozayib sayozlashib, ba`zilari qurib, botqoqlik sho`rxokka aylanib qoladi. O`zbekiston tekislik qismidagi ko`llar kelib chiqishi jihatidan turlichadir. Ba`zilari daryo vodiylarining pastqam joylarida hosil bo`lib, yomg`ir, qor, irrigao`iya shoxobchalarining tashlama suvlari yoki yyer osti suvlaridan, ba`zan esa daryolar toshganda sizib borgan suvidan to`yinib turadi. Bunday ko`llar berk ko`llar hisoblanib, suvi sho`r, ba`zilarining suvi yozda qurib qolib, tagida tuz cho`kib qoladi, ba`zilari botqoqli joyga aylanadi. Bu turdagi ko`llar Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon daryolarining vodiylari bo`ylab joylashgan.
Tekislikda yana «efemer» yoki davriy turli ko`llar ham mavjud. Bunday ko`llar kichik, sayoz bo`lib, yomg`ir jala tariqasida yoqkanda yoki bahorgi qorlar tez eriganda hosil bo`lib, so`ngra yana qo`rib qoladi, ba`zan esa bir necha yillar mobaynida suvga to`lmay qurib yotadi.
O`zbekistonning tekislik qismida eski daryo o`zanlarida ko`llar xam vajud. Bunday ko`llar Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashkadaryo kabi daryolarning quyi qismidagi qadimiy o`zanlarida joylashgan. Bu turdagi ko`llarning suvi agar daryodan tamomila, ajralmagan bo`lsa, chuchuk bo`ladi, agar daryodan ajralib qolsa, sho`r bo`ladi. Bunday turdagi ko`llarning rejimi daryo rejimiga bog`liqdir.
O`zbekiston hududining tekislik qismida so`nggi yillarda odamlar tomonidan vujudga keltirilgan ko`llar soni ortib bormoqda. Bu turdagi ko`llar ekin dalalaridan oqib chiqayotgan zovur suvlarini ekin ekiladigan maydondan tashqaridagi tabiiy chuqurliklarga tashlash oqibatida vujudga kelmoqda.
Sug`oriladigan maydonlardan chiqarib tashlanadigan zovur suvlarining to`planishidan vujudga kelgan ko`llar (Sariqamish, Aydar, Arnasoy, Dengizko`l, Qoraqir. va boshqalar) esa o`ta sho`r bo`lib, tarkibida har xil kimyoviy zaharli moddalar uchraydi. Bu ko`llarning suv sathi ekin dalalarini sug`orish davrida ko`tarilib, qishda ancha pasayib qoladi.
O`zbekiston hududidagi asosiy ko`llar Orol, Mirzacho`ldagi Arnasoy, Aydar, Tuzkon, Zarafshon daryosining quyi qismidagi Dengizko`l, Somonko`l, Kuntako`l, SHo`rko`l, Qoraqir, Hojiobko`l; Farg`ona vodiysidagi Axsikentko`l, Damko`l; Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Karp, Ziyko`l, Abilko`l, Oqko`l, Sudochhe, Bo`zatovko`l, Zokirko`l, Tubonko`l va boshqalar. Bu ko`llar kichik bo`lib, maydonining kattaligi bir necha yuz gektardan 10,0 km2 gacha yyetadi.
O`zbekiston hududidagi eng katta tektonik yo`l bilan vujudga kyolgan ko`l — Orol dengizidir.Orol dengizi — Turkistondagi eng katta ko`l bo`lib, suv satxi 53,4 m. bo`lganda maydoni 66,1 ming kv. km, o`rtacha chuqurligi 16,1 m., eng chuqur yyeri 69,0 m, eng uzun yyeri 492 km, eng keng joyi 292 km, o`rtacha sho`rligi 10—11°/oo, suv hajmi 1062 km3 edi.
Orol ko`lining hamma qirg`oqlari bir xil emas. Uning shimoli-sharqiy, sharqiy va janubiy qirg`oqlari tekis va past. Aksincha, g`arbiy qirg`og`i baland va tik. Chunki Orolning g`arbiy qirgoriga Ustyurt balandligini sharqiy jarligi (chinklari) tik tushgan. Ba`zi yyerlarda Ustyurtning chinklari Orol dengizidan 190—195 m. balandlikda turadi. Orol dengizining shimoli-sharqiy, sharqiy va janubiy qirg`oqlari past, egribugri bo`lib, qo`ltiqlari, kichik orollar juda ko`p. Orolda 313 dan ortiq katta va kichik orollar mavjud. Ularning eng kattalari — Ko`korol, Vozrojdeniye, Borsakelmas orollaridir.
Bu orollarning maydoni Orol suv sathining pasayishi munosabati bilan kattalashib bormoqda. 1961 yili Ko`korolning maydoni 273 km2, Vozrojdeniye oroliniki 216 km2, Borsakelmas oroliniki 135 km2 edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |