Mukorlar tartibi - Mucorales. Ushbu tartibning vakillari tuproqda,
o„simlik va oziq-ovqat qoldiqlarida, o„txo`r hayvonlarning go„ngida va boshqa
oson parchalanuvchi organik moddalarda keng tarqalgan. Ayrim vakillarigina
hayvonlarda va o„simliklarda yengil kasalliklar tug„dirishi mumkin.
Ko„pinchalik mukorlarning mo„g„or zamburug„lar deb ataluvchi vakillarini
nonda va oziq-ovqat qoldiqlarida uchratish mumkin. Ayniqsa, Mukorlar
(Mucor) tartubiga mansub zamburug„lar nam joylarda saqlangan nonda tez
paydo bo„ladi. Zamburug„ning substrat miseliysi non ichidagi kraxmalni
parchalab, uning ustki qismida oppoq qatlam shaklidagi mo„g„or ipchalarini
yuzaga keltiradi. Ushbu ipchalar havo miseliylari deb atalib, ulardan jinssiz
ko„payish a‟zolari, ya‟ni sporangiya bandi o„sib chiqadi. Sporangiya bandlari
miseliylardan biroz yo„g„onroq bo„lib, uchki qismida dumaloq sporangiya
hosil qiladi. Sporangiyasi ichiga kirib borgan band ustuncha hosil qilib
tugallanadi. Odatda mukorning sporangiyasida ozuqa modda shaklida
glikogen to„planadi. Sporalar pishib yetilgach, glikogen qandga aylanadi va
sporangiyaning ichida bosim yuzaga keladi. Bosim ta„sirida yorilgan
sporangiyaning ichidagi sporalari atrof-muhitga otilib tarqaladi. Mukorning
jinsiy ko„payishi ko„rsatib o„tilganidek tipik zigogamiyadir.
Tuzilishi va yashash sharoiti jihatidan Mukorga o„xshash bo„lgan
vakillardan yana biri Rizopus (Rizopus) bo„lib hisoblanadi. Mukordan farqli
ravishda Rizopus kuchli rizoidlar va miseliydan yo„g„onligi bilan biroz farq
qiluvchi, funksiyasi jihatidan qulupnayning mo„ylovlariga o„xshash "stalon"
deb ataluvchi miseliyning shakl o„zgargan ko„rinishini hosil qiladi.
Shuningdek, Rizopusning sporangiyasi va uning bandlari ham Mukornikidan
biroz yirikroq bo„ladi.
Rizopuslarning bir qator turlari (Rizopus nigrikans , R. oruzae, R.
stolonifer va bosh.) spirt, organik kislotalar va boshqa birikmalarni ishlab
chiqarishda ishlatiladi.
Chiroyli va qiziq tuzilishga ega bo„lgan turlar qatoriga Pilobolus
(Pilobolus) turkumi misol bo„la oladi. Uning ko„pchilik turlari go„ngda hayot
kechiradi. Miseliysidagi shishga o„xshash, kengaygan joyidan sporangiya
bandi o„sib chiqadi. Sporangiya bandining ustki qismida pufakcha hosil bo„lib,
uning ustida esa shilimshiq aylanaga yopishib, sporangiyasi joylashadi.
Pufakchada kuchli (5 atmosferadan ortiq) bosim yuzaga keladi va shilimshiq
aylana qismidan uzilib, sporangiyasi bilan birga 2 metr atrofiga uchib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |