bo„linadi. Tuban zamburug„larga vegetativ tanasi hujayralarga bo„linmagan,
ayrim vakillaridan tashqari ko„pchiligida hujayra qobig„i bilan o„ralgan.
selluloza, xitin, xitozan va glukan bo`lishi mumkin. Zamburug„larni yirik
sistematik guruhlarga bo„lishda hujayra qobig„ining tarkibi ham asos qilib
olinadi. Hujayra qobig„i ostida sitoplazmatik membrana joylashgan bo„lib,
ulardagi maxsus tirqishchalar (poralar) orqali hujayralar o„zaro bog„langan
sitoplazma bilan qoplangan bo„ladi va sitoplazmaning harakatini mikroskop
29
ostida bemalol kuzatish mumkin. Hujayra qarigan sari undagi vakuolalarning
miqdori va hajmi kattalashib boradi. Vakuolaning tarkibini suvda erigan qand,
organik kislotalar, tuzlar, oksillar, yog„ tomchilari, glikogen va pigmentlar
tashkil etadi. Ushbu moddalarning ayrimlari sitoplazmada ham bo„ladi.
Zamburug„larning hujayrasidagi organoidlarining tuzilishi va funksiyasi
jihatidan boshqa eukariotik organizmlardan deyarli farq qilmaydi. Lekin
ko„pchilik zamburug`larning hujayrasidagi yadrolari anchagina mayda bo„ladi.
Shuningdek ko„pchilik zamburug„larning sitoplazmasida unchalik katta
bo„lmagan tanachalar bo„lib, ularni lomosomalar deb ataladi. Lomosomalar
sitoplazmatik membrana bilan bog„langan, aftidan u membrananing tashkiliy
faoliyatida aktiv qatnashsa kerak.
Tuban zamburug„larning yaxshi rivojlangan, hujayralarga bo„linmagan
miseliylari sifonal suvo„tlariga o„xshash ko„p yadroli bo„ladi. Yuksak
zamburug„larning ayrimlarini hujayralari ham (ayniqsa xaltachali
zamburug„lar) ko„p yadroli bo„ladi (ko„pinchalik eski hujayralar).
Xaltachali va bazidiyali zamburug„larning jinsiy kupayish jarayonidan
so„ng yadrolari o„ziga xos qo„sh yadrolarni (dikarion) hosil qiladi. Bunda har
xil jins xususiyatiga ega bo„lgan yadrolar bir-biri bilan yaqin joylashib,
baravar va bir xil bo„linadi. Odatda dikariotik faza jinsiy a‟zolar qo„shilishidan
boshlab xaltacha sporalar hosil bo„lguncha davom etadi. Lekin bazidiyali
zamburuglarning ayrimlarida (qalpoqchali, po„kak va bosh. zamburug„larda)
vegetativ hayoti davomida dikariotik faza saqlanib, bazidiya sporalar hosil
bo„lish oldidan, qisqa muddat davomida diploid faza yuzaga keladi.
Umuman, zamburug„larda ham boshqa tuban o„simliklarning ko„pchilik
vakillari singari jinssiz, jinsiy va vegetativ ko„payish usullari mavjud bo„lib, u
har xil sistematik guruhlarda o„ziga xos amalga oshadi.
Vegetativ kopayishning asosiy xillari miseliylarning bo„laklanishi,
kurtaklanish (masalan, achitqi zamburug„larda) artrosporalar yordamida
(miseliy uchlarida hosil bo„luvchi yupqa qobiqli hujayralar) xlamidosporalar
(noqulay sharoitlarda miseliylardan hosil bo„luvchi yupqa qobiqli hujayralar )
shaklida amalga oshadi.
Jinssiz ko„payishda zamburug„lar ko„pinchalik endogen eki ekzogen
sporalar hosil qiladi. Endogen sporalar nisbatan tuban tuzilgan zamburug„larda
yuzaga keladi va sporangiylar ichida hosil bo„lib, odatda miseliylardan to„siq
bilan ajraladi. Aksariyati ko„pchilik paytda endosporalarni "spora" nomi bilan
yuritiladi. Ekzosporalar esa yuksak zamburug„larning jinssiz ko„payish
hosilasi bo„lib, ko„pinchalik maxsus o„simtalar (konidiya bandlari) ustida
joylashgan bo„ladi. Ekzosporalarni odatda "konidiya" deb ataladi. Tuban
zamburug„larning ayrim vakillarida jinssiz ko„payish hosilasi bir yoki ikki
xivchinli zoosporalar bo„lishi mumkin.
Kupayishning xilma-xil shakllari zamburug„larning jinsiy ko„payishida
mujassamlangan bo„lib, tuban vakillarida xologamiya (ayrim individlarning
o„zaro qo„shilishi), izogamiya (bir xil gametalarning qo„shilishi),
geterogamiya (har xil gametalarning qo„shilishi) va oogamiya (xarakatchan
30
spermatozoid va yirik harakatsiz tuxum hujayraning qo„shilishi) usullarda
o„tadi. Shuningdek ayrim tuban zamburug„lar (Zigomitsetlar sinfi vakillari)
suvo„tlarining konyugatsiyasiga o„xshash zigogamiya usulida amalga oshadi.
Ushbu usullarda hosil bo„lgan zigota ko„pinchalik tinim davrini o„tgach o„sib
chiqadi. O„sishdan oldin esa ko„pchilik zamburug„larda reduksion bo„linish
ketib sistematik guruhlariga qarab zoosporalar, sporalar yoki to„g„ridan-to`g`ri
miseliylar, ayrimlarida esa konidial hayoti gaploid stadiyada o„tib, faqat
zigotalarigina diploid bo„ladi.
Yuksak zamburug„larning jinsiy ko„payishida yuzaga keladigan jinsiy
jarayon biroz murakkab bo„ladi. Bunda jinsiy a‟zolar yoki tuban
zamburug„larnikiga o„xshash maxsus gametalar, ayrimlarida esa vegetativ
hujayralarning qo„shilishi kuzatiladi. Ko„pinchalik yuksak zamburug„larda
hosil bo„luvchi zigota tuban zamburug„lardan farqli o„laroq tinchlik davrini
o„tmasdan rivojlanishni davom ettiradi. Aksariyati ko„pchiligida qo„shiluvchi
yadrolar bir-biriga yaqinlashib dikarionlarni (qo„sh yadrolarni) hosil qiladi.
Yuqorida kursatilganidek qo„sh yadrolar sinxron holda bir necha marta
bo„linib, so„ngra yana qo„shiladi. Natijada hosil bo„ladigan jinsiy ko„payish
mahsuloti bir necha yuz va ming martalab oshib ketadi.
Ko„pchilik zamburug„larda pleomorfizm hodisasi kuzatiladi (bir
individda jinssiz ko„payishning bir necha turi uchrashi). Shuning uchun
zamburug„larni morfologik va sistematik guruhlarini aniqlash uchun ularning
ontogenezdagi rivojlanish siklini kuzatish maqsadga muvofiq bolib
hisoblanadi.
Hozirgi paytda zamburug„lar hujayra qobig„ining tarkibi, tallomining
tuzilishi va ko„payishidagi o„ziga xos xususiyatlariga qarab quyidagi sinflarga
bo„lib o„rganiladi:
1. Xitridiyalar (Chytridiomycetes) sinfi
2. Gifoxitridiyalar (Hyphochytridiomycetes) sinfi
3. Oomisetlar (Oomycetes) sinfi
4. Zigomisetlar (Zygomicetes) sinfi
5. Xaltachali zamburug„lar (Ascomycetes) sinfi
6. Bazidiyali zamburug„lar (Basidiomycetes) sinfi
7. Notakomil zamburug„lar (Deuteromysetes) sinfi
Do'stlaringiz bilan baham: