Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta'lim vazirligi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/72
Sana11.08.2021
Hajmi0,52 Mb.
#145261
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72
Bog'liq
Тубан усимликлар 2017

Sinov savollari 

 

1. 


Zamburuq„larning tirik organizmlar orasidagi tutgan o`rni. 

2. 


Zamburug„larning hujayralarini  tuzilishi. 

3. 


Zamburug„larning  tallomini  tuzilishi  va  miseliylarining  shakl 

o„zgarishi. 

4. 

Zamburug„larning ko„payishi. 



5. 

Zamburug„larning  sistematik  guruhlarga  bo„linish  asoslari  va 

sinflari. 



31 

 

 



  

XITRIDIYALAR SINFI - CHYTRIDIOMYCETES 

 

 

     Tallomi  ko„pinchalik  bir  hujayrali,  ayrimlari  hujayra  qobig„isiz  yoki 



kuchsiz  rivojlangan  miseliyga  ega,  jinssiz  ko„payganda  orqa  tomonida 

joylashgan qamchinsimon xivchinli zoosporalar hosil qiladi, jinsiy ko„payishi 

gametogamiya yoki xologamiya, hujayra  qobig„ida xitin-glukan bo„ladi. 

    Ushbu  sinfga  kiruvchi  zamburug„lar  suv  muhiti  bilan  bog„liq  bo„lib, 

ozroq qismi suvdagi o„simlik va hayvon qoldiqlarida saprofit holda, ko„pchilik 

qismi esa yuksak o„simliklarda, umurtqasiz hayvonlarda va nihoyat ayrimlari 

quruqlikdagi  yuksak  o„simliklarning  ildizida  parazit  holda  hayot  kechiradi. 

Xitridiyalar  sinfi  vakillari  ichida  hayvonlarning  xitin  qoplamini  substrat 

sifatida ishlatib hayot kechiruvchilari ham bor. 

    Parazit  holda  yashovchi  vakillarining  ko„pchiligi  tirik  organizmlarning 

hujayrasi  ichida  shilimshiqlarning  plazmodiysi  singari  joylashgan  bo„lib, 

butun yuzasi bilan ozuqa  moddalarni so„rib oladi (osmotrof oziqlanish). 

    Parazit vakillariga tipik misol qilib Xitridiyalar tartibiga (Chytridiales) 

mansub, no„xat ildizining hujayralari ichida hayot kechiruvchi Olpidium vika 

(Olpidium  viciae)  turini  ko„rib  chiqamiz.  Ushbu  zamburug„ning  yuqorida 

ko„rsatilganidek  bir  xivchinli  zoosporalari  o„simlik  ildizi  yuzasiga  yopishib 

xivchinlarini  yo„qotadi  va  epidermis  hujayrasining  ichiga  kiradi.  Hujayra 

ichidagi ozuqa moddalarni o„zlashtirish hisobiga tallomi kattalashib, yadrolari 

ko„payib  ketadi  va  qobiqqa  o„ralib  butun  borlig„i  (xolokarpik  shaklda)  ko„p 

miqdordagi  zoosporalarni  hosil  qiladi.  Zoosporalari  epiderms  hujayrasi 

qobig„ini  teshib,  hosil  bo„lgan  ingichka  bo„yincha  orqali  ildizdan  tashqariga 

chiqadi.  Har  bir  zoospora  tuproqdagi  suvda    suzib,  yangi  ildiz  hujayralarini 

topishi va uni qayta zararlashi mumkin. Ushbu rivojlanish sikli taxminan 5-10 

kun  davomida  amalga  oshadi  va  yoz  davomida  bir  necha  marta  qaytarilishi 

mumkin.  Har  xil  sabablar  bilan  zoosporangiyada  turib  qolgan  zoosporalar 

tashqariga chiqqach xuddi gametalarga o„xshash rivojlanadi, ya‟ni juftlashib 2 

xivchinli  planozigotalarni  hosil  qiladi  va    biroz  suzib  yurgach,  yana  xuddi 

zoosporalar  singari  epidermis  hujayrasiga  kiradi.  Lekin  ikki  yadrolik  holatini 

saqlab  qolgan  holda  sistaga  aylanadi.  Sista  esa  kelasi  bahorgacha  saqlanib, 

yadrolari qo„shiladi va yana reduksion bo„linib zoosporani hosil qiladi. Ushbu 

zamburug„ning  boshqa  turi  Olpidium  brassika  (Olpidium  brassicae)  ham 

xuddi  yuqorida  bayon  etilganidek  rivojlanish  sikliga  ega  bo„lib,  u  karam 

ildizida  "qora  oyoq"  kasalligini  tug„diradi.  Xitridiyalar  tartibiga  mansub 


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish