Bremiya (Bremia) Sklerospora (Sclerospora) va Albugo (Albugo) kabi bir
qator vakillari mavjud. Ushbu turkumlarga kiruvchi turlarning rivojlanish sikli
ham Fitoftoranikiga o„xshash bo„lsa-da sporangiya (konidiya) bandlarining va
konidiyalarining
tuzilishi,
shuningdek
parazitlik
qilib
yashovchi
o„simliklarining xillari bilan farq qiladi. Yuqorida keltirilgan vakillarning
barchasi ham jinsiy ko„payishida o„simlik to„qimalari ichida oospora (qalin
qobiqli, uzoq muddat saqlanib qolaoladigan, otalangan tuxum hujayra) hosil
qiladi. Umuman Peronosporalar tartibiga mansub bunday obligat (faqat tirik
organizmlarda
yashayoladigan)
parazitlarni
"soxta
unshudring"
zamburug„lari deb ataladi. Bunga sabab barglarning ustida xuddi
unshudringga o„xshash gard hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |