Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta'lim vazirligi


Saprolegniyalar  tartibi  –  Saprolegniales



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/72
Sana11.08.2021
Hajmi0,52 Mb.
#145261
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72
Bog'liq
Тубан усимликлар 2017

     Saprolegniyalar  tartibi  –  Saprolegniales.  Tartibning  ko„pchilik 

vakillari  saprofit  holda  hayot  kechirib,  suvda  va  tuproqda  yashaydi.  Ayrim 

vakillari  esa  o„simlik  va  hayvonlarda  parazitlik  qilib  hayot  kechirishga 

moslashgan.  

    Suvdagi  o„lik  hayvonlarni  parchalovchi,  ayrim  paytlarda  esa 

kuchsizlanib  qolgan  baliqlarda,  ularning  uvildiriqlarida  oppoq  momiqqa 

o„xshash  miseliy  hosil  qiluvchi  Saprolegniya  (Saprolegnia)  turkumining  bir 

qator  turlari  organik  qoldiqqa  boy  suv  havzalarida  keng  tarqalgan.  Ularning 

ingichka miseliylari substratga kirib ozuqa moddalarini so„rib oladi. Kamdan-

kam  shoxlanuvchi  miseliylarning  uchki  qismi  to„siq  bilan  ajralib, 

to„qmoqsimon  zoosporangiylarga  aylanadi.  Zoosporangiydan  chiqqan 

noksimon,  oldingi  tomonida  ikki  xivchinli  zoosporalar  biroz  harakatlanib 

yurgach, qobiqqa  o„ralib tinim davrini  o„tqazadi. So„ngra ulardan xivchinlari

 

yon tomonida o„rnashgan, buyraksimon zoosporalar hosil bo„ladi. Bunday ikki 



xil  zoosporalar  hosil  bo„lishini  diplantizm  hodisasi  deyiladi.  Ushbu 

buyraksimon zoosporalar substratga yopishib miseliyni yuzaga keltiradi. Jinsiy 

ko„payish  a‟zolari  substrat  ustidagi  miseliylarda  hosil  bo„lib,  ayrim  turlarida 

oogoniy  va  antirediylar  har  xil  miseliylarda  (geterotallizm  formalar), 

ko„pchilik turlarida esa bir miseliyning o„zida yonma-yon joylashgan bo„ladi. 

Saprolegniyaning  anteridiysi  gametalar  hosil  qilmasdan,  oogoniy  qobig„iga 

uchi  bilan  yopishadi  va  uning  ichidagi  birnecha  tuxum  hujayralariga  bittadan 

yadrosini va sitoplazmatik suyuqligini quyadi. Otalangan tuxum hujayra qalin 

qobiqqa o„raladi va oosporaga aylanadi. Oospora tinim davrini o„tqazib, uchki 

qismi zoosporangiyaga aylanuvchi kalta gifa hosil qiladi. 

      Peronosporalar  tartibi  –  Peronosporales.  Peronosporalarning 

miseliylari  yaxshi  rivojlangan.  Ko„pchilik  vakillari  oval,  noksimon  yoki 

limonsimon zoosporangiya hosil qiladi. Zoosporalari esa buyraksimon bo„ladi. 

Oogoniylari  Saprolegniyalar  tartibinikiga  nisbatan  bittagina  tuhum  hujayrasi 

bo„lishi bilan farq qiladi. Peronosporalarning ko„pchiligi quruqlikda yashovchi 

o„simliklarda  parazitlik  qilib  hayot  kechiradi.  Shuning  uchun  ularning 

ko„pchilik  vakillarida  zoosporalar  o„rnida  konidiyalar  hosil  bo„lishi  yoki 

havoning  namligiga  qarab  jinssiz  ko„payishning  u  yoki  bu  shakli  yuzaga 

kelishi  mumkin.  Lekin  saprolegniyalarning  suv  muhitida  yashovchi  saprofit 

vakillari ham bor. 

    Ushbu  tartibga  mansub  zamburug„larning  tipik  vakillaridan  biri 


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish