Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta'lim vazirligi


ASKOMISETLAR (XALTACHALI ZAMBURUG‘LAR) SINFI -



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/72
Sana11.08.2021
Hajmi0,52 Mb.
#145261
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72
Bog'liq
Тубан усимликлар 2017

ASKOMISETLAR (XALTACHALI ZAMBURUG‘LAR) SINFI - 

ASCOMYCETES 

 

     Askomisetlar  haqiqiy  yuksak  zamburug„lar  hisoblanib  30  mingdan 



ortiq turlarni qamrab oladi. Ular uchun umumiy bo„lgan belgilarning asosiysi 

jinsiy ko„payish natijasida xaltacha va xaltacha sporalarining hosil bo„lishidir. 

Miseliylari  yaxshi  rivojlangan  va  to„siqlar  hosil  qilib  hujayralarga  bo„lingan. 

Jinssiz  ko„payishida  konidiya  bandlari  va  konidiyalar  hosil  qiladi.  Hujayra 

qobig„ida  xitin  va  glukan  sintezlaydi.  Jinsiy  ko„payishi    gametangiyagamiya 

bo„lib,  anchagina  murakkab  jarayonlar  natijasida  oxirgi  maxsulot  sifatida 

xaltacha  va  xaltacha  sporalar  yuzaga  keladi.    Xaltachasi  yopiq  qopchaga 

o„xshash  bir  hujayrali  uyachadan  iborat,  odatda  uning  ichida  4  ta  yoki  8  ta  

xaltacha  sporalar  hosil  bo„ladi.  Umuman  xaltachali  zamburug„larning  jinsiy 

a‟zolari  har  xil  tuzilgan  bo„lib,  tuban  vakillarida  (mas.:  Gemiaskomitsetlar 

kenja  sinfi  vakillarida)  Zigomisetlarning  matashishiga  o„xshash  fiziologik 

jihatidan  har  xil  bo„lgan  miseliylardan  yoki  ayrim  hujayralardan  (achitqi 

zamburug„larda)  o„simta  hosil  bo„lib  qo„shiladi.  So„ngra  yadrolar  ham 

qo„shilib,  dikariotik  (qo„sh  yadroli)  fazasiz  zigotaga  aylanadi.  Lekin  zigota 

tinim  davriga  o„tmasdan,  ketma-ket  bo„linib,  xaltacha  sporalarni  yuzaga 

keltiradi.  

   Xaltachali  zamburug„larning  yuksak  tuzilgan  vakillarida  ushbu  jarayon 

gametangiogamiya usulida amalga oshib, xuddi qizil suvo„tlarining murakkab 

tuzilgan vakillarini jinsiy ko„payishiga o„xshab ketadi. Bunda ham tallomning 

ustki  qismida  bir  hujayrali  uzunchoq  anteridiy  va  uning  yonida  esa  arxikarp 

hosil  bo„ladi.  Arxikarpning  pastki  qismi  kengaygan  ko„zachasimon  bo„lib, 

uni  askogon  deyiladi  (qizil  suvo„tlarida  karpogon  edi).  Askogonning  ustki 

qismida  esa  trixogina  deb  ataluvchi  uzunchoq  o„simtasi  bo„ladi.  Anteridiy 

trixogina  bilan  qo„shilib,  uning  ko„p  miqdordagi  yadrolari  askogonga  o„tadi. 

Lekin askogon yadrolari bilan qo„shilmasdan, dikarionlarni hosil qiladi va bu 

dikarionlar  askogonning  chetki  qismida  joylashadi.  Aynan  ana  shu  chetki 

qismlarda  asta-sekin  askogon  gifalari  ham  yuzaga  kelib,  dikarionlar  ularga 

o„tadi.  Askogon  gifalarining  dikarion  joylashgan  qismida  bukilish  paydo 

bo„lib,  ilgakka  o„xshash  shaklga  kiradi.  Bukilish  nuqtasida  turgan  qo„sh 

yadrolar sinxron holda bo„linadi va hosil bo„lgan 4 ta yadroning 2 tasi askogen 

gifasi  asosiga  surilib  tushadi.  Yuqorida  qolgan  2  ta  yadro  esa  o„zaro 

qo`shiladi, ya‟ni kariogamiya yuzaga keladi. Qo„shilgan yadro tinim davrisiz 

yana  ketma-ket  bo„linib,  odatda  8  ta  askosporani  yuzaga  keltiradi.  Yadrolar 

qushilgan  joy  esa  asta-sekin  cho„zilib,  xaltachani  hosil  qiladi.  Asos  qismiga 

tushib  ketgan  yadrolar  xaltachadan  to„siq  bilan  ajralib,  xuddi  yuqorida 

ko„rsatilgan  jarayon    yana  bir  necha  o;nlab  va  yuzlab  marta  qaytarilishi  va 

xaltacha  hamda  xaltacha  sporalarni  hosil  qilishi  mumkin.  Yadrolar 

qo„shilgandan keyingi birinchi bo„linish meyoz yo„li bilan amalga oshganligi 

sababli hosil bo„lgan sporalar gaploid bo„ladi. 



38 

 

    Ko„pinchalik  askomisetlarda  jinsiy  jarayonning  reduksiyaga  uchrashi 



kuzatiladi.  Ayrimlarining  anteridiylari  mutlaqo  hosil  bo„lmasligi  yoki  hosil 

bo„lgan  taqdirda  ham  o„z  faoliyatini  amalga  oshirmasligi  mumkin.  Bunday 

hollarda askogon oddiy miseliylarning yoki miseliylarda hosil bo„lgan mayda 

spermasiylarning trixogina orqali askogonga o„tishi natijasida otalanadi.    

      Tuban  askomisetlarning  xaltachalari  to„g„ridan  to„g„ri  miseliylarning 

ustki qismida joylashgan bo„lib,  ochiq holda,  yuksak  tuzilgan  vakillarida esa 

maxsus  meva  tanalar  bilan  o„ralgan  bo„ladi.  Meva  tanalar  miseliylarning 

zichlashishidan yuzaga kelib, uch xil ko„rinishda bo„ladi:  

     1.Yopiq  meva  tana  (kleystotesiy)  -  xaltachalari  hamma  tomonidan 

miseliy  bilan  o„ralgan,  xaltacha  sporalari  meva  tana  devori  yemirilgach 

tarqaladii.  

     2.Yarim  ochiq  meva  tana  (peritesiy)  -  miseliy  o„rami  ko„zachasimon 

joylashgan  bo„lib,  xaltacha  sporalar  ustki  qismdagi  og„izchadan  otilib  chiqib 

tarqaladi;  

     3.Ochiq meva tana (apotesiy) - miseliy qoplami  likopchasimon bo„lib, 

xaltacha sporalar erkin  otilib tarqaladi. 

     Meva  tananing  o„ziga  xos  4  chi  xili  ham  bo„lib,  uni  askostroma  deb 

ataladi.    Bunda  oldin  askostroma,  ya‟ni  meva  tana  hosil  bo„lib,  keyin  esa 

xaltachalari  vujudga  keladi.  Ularning  askogen  gifalari  stroma  miseliylarini 

surib,  o„ziga  bo„shliq,  ya‟ni  “lokula”  ajratadi  va  usha  joyda  xaltachalari 

joylashadi. 

 

 




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish