“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
20
www.academiascience.uz
O„QUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARIGA
TAYYORLASHDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH
YO`LLARI
Ibragimova Nafisa Gʻiyosiddinovna,
Kozimjonova Nargiza Abdumalikovna,
Oʻralova Nigora Aqrabjonovna
Namangan viloyat, Norin tumani 33-maktab o`qituvchilari
Umumta‘lim maktablarida so‗nggi yillarda o‗z-o‗zidan o‗quvchilarimizning
darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‗qituvchilarning har tomonlama ta‘lim-
tarbiyaga e‘tiborni kuchaytirish yanada talab etib kelinmoqda.
Yuqoridagi talablarning ta‘lim tizimi uchun juda muhim ekanligi,
aksariyat
xorijiy davlatlardagi kabi ta‘lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring
qilish orqali ta‘lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‗or tajribalarni sohaga jalb qilish
kerakligini anglatadi. Ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish yo‗lida xorijiy ilg‗or
tajribalarni o‗rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim
ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi ―Xalq
taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi qarori asosida PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro
tadqiqotlarini Oʻzbekistonda joriy etilishi belgilab qoʻyilgan boʻlib,
mazkur
tadqiqotlarni joriy etish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
huzurida Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish
milliy markazi tashkil etilgan bo‗lib, bizni o‗quvchilarimizni qatnashishidan maqsad
testlarni o‗tkazish yoki testga tayyorlash emas, o‗quvchilarimizda
XXI asr
ko‗nikmalarini shakllantirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun mustahkam
zamin yaratish hisoblanadi.
Mazkur xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish uchun nafaqat intellekt
jihatdan, balki o‗quvchilarni psixologik jihatdan tayyorlash ham muhim ahamiyatga
ega. Boshlang‗ich sinf matematika darslari o‗quvchilarni divergent tafakkurini
rivojlantirishda asosiy o‗rin egallaydi.
Matematika darslarida o‗quvchilarni
tanqidiy, kreativ, mantiqiy fikrlash
jarayonlarini rivojlantirishda misol va masalalarning o‗rni katta. Qachonki o‗qituvchi
tomonidan faqat darslikda emas, balki turli xil qiziqarli misol va masalalarni har xil
usulda yechish yo‗llarini tushuntirib borishlari ham o‗quvchilarda
tafakkur
jarayonlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Biz quyida shunday misol va masalalarni ko‗rib chiqamiz.
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: