“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
13
www.academiascience.uz
Zulfiyaxonim adabiy meroslarini keng targ‘ib qilish, she‘rlaridagi ezgu niyatlarini
yosh avlodga yetkazish alohida takidlandi, shu maqsadda Jizzax shaxrida xiyobon
barpo etildi va haykallari o‘rnatildi. Ho‘ja Nuriddin madrasasi qayta rekanstruksiya
qilinib Hamid Olimjon va Zulfiyaxoni muzeylari joylashtirildi va 2017-yil 3-
noyabrdan o‘z faoliyatini boshladi.
Xulosa:
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki Zulfiyaxonim o‘zbek she‘riyatida
o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan shoiramiz. Zulfiyaxonim ijodiga chuqurroq nazar
solish bilan yana bir karra amin bo‘ldimki, Zulfiyaxonim hayoti va ijodi bacha xotin-
qizlar uchun ibrat. Shoiramizni erishgan yutuqlari har qanaqa qiz yoki ayolni qalbida
havas uyg‘otadi.
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
14
www.academiascience.uz
BOLALAR PSIXIKASIGA OAV TA‟SIRI VA O‟Z-O‟ZINI HIMOYA
QILISH VOSITALARI
Rahimova Saida,
Abdurahmonova Farida,
Abdullayeva Malohat
Namangan viloyat, Uychi tumani 1-IDUM o`qituvchilari
Dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi zamonda, xalqimizning
ma‘naviy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlariga mutlaqo zid bo‘lgan, yot va
buzg‘unchi g‘oyalarni jamiyatimiz hayotiga turli yo‘llar bilan singdirishga qaratilgan
urinishlar kuchaygan, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini egallash uchun keskin
kurash ketayotgan bir sharoitda, Vatan himoyasiga shay turgan yoshlarimizni
vatanparvarlik ruxida tarbiyalash va ularning ma‘naviy-ruhiy tayyorgarligini oshirish
borasidagi ishlarimizni hamkorlikda amalga oshirishimiz barchamizdan talab etiladi
O‘zligini anglagan, tarixiy xotirasi butun, mustaqil fikrlaydigan inson o‘z
Vataniga sotqinlik qilmaydi, balki Vatan manfaatini hamma narsadan ulug‘ tutib,
uning uchun jon berishga tayyor bo‘ladi. Ana shunday oilasi va mahallasiga mehrli,
buyuk ajdodlariga hurmati cheksiz va kindik qoni to‘kilgan yurtiga sadoqatli
yoshlariga ega yurtning xavfsizligi kafolatlangan, kelajagi esa buyuk bo‘ladi.
Ta‘kidlash joizki, globallashayotgan dunyoda yurtimizga sog‘lom avlod, kuchli
va bilimli, o‘z kasbini to‘liq egallagan, zamonaviy fan va texnika yutuqlarini nafaqat
o‘zlashtirgan, hatto xorijiy tillarda ham foydalana oladigan, hech kimdan kam
bo‘lmagan vatanparvar kadrlar kerak.
Biz bundan buyon ham ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni chuqur o‘qitish
masalasiga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Shu bilan birga, biz uchun zarur bo‘lgan
mutaxassisliklar bo‘yicha ta‘lim olish va kadrlar malakasini oshirish ishlarini keng
ko‘lamda yo‘lga qo‘yamiz
1
‖.
«Biz bugungi kunda ta‘lim-tarbiya sohasidan boshlab, matbuot, televidenie,
internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa,
rassomlik va haykaltaroshlik san‘atigacha, bir so‘z bilan aytganda, insonning qalbi va
tafakkuriga bevosita ta‘sir o‘tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning
ma‘naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi
bosqichga ko‘tarishimiz zarur
2
. Endilikda, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari
dunyoning turli hududlarda yuz berayotgan muhim yangilik va axborotlarni tezlik
bilan yetkazish imkoniga ega.
1
Шавкат Мирзиёев 2017 йилда амалга оширилган асосий ишлар якуни ва Фзбекистон Республикасини 2018 йилда ижтимоий-иқтисодий
ривожлантиришнинг энг устувор йўналишларига бағишланган МУРОЖААТНОМАСИ 2017 йил 22 декабрь
2
И. А Каримов Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., 2008. – Б.129.
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |